ART-DURBIN
4 iyul 2016

Toshkentdagi Nizomiy nomidagi peduniversitet binosi vayron qilinmoqda

Ayni kunlarda Nizomiy nomidagi peduniversitetning 1940-yillarda mashhur arxitektor Ye.Jmuyda loyihasi asosida qurilgan binosi ta'mirlash bahonasida vayron qilinmoqda. Bino madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, sovet davri me'morligining omon qolgan kam sonli ob'ektlaridan hisoblanadi.

rasm1623
Restavratsiyagacha
rasm1624
Restavratsiyadan keyin

Markaziy Osiyoning birinchi haykaltaroshlari Olga Manuylova va Olga Korjinskaya tomonidan yaratilgan va peduniversitet binosiga ko‘rk bag‘ishlab turgan mahobatli haykallar vahshiylarcha yo‘q qilindi. Bu haykallar sovet monumental san'ati timsoli bo‘lib, «Ishchi va kolxozchi qiz» kabi mashhur asar bilan bir qatorda turadi.

Shuningdek, Olga Manuylova 1937 yilda VDNX (Butunittifoq xalq xo‘jaligi yutuqlari) birinchi butunittifoq ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston paviloni uchun yaratilgan skulpturalar muallifi ham hisoblanadi.
Shoshma-shosharlik bilan amalga oshirilayotgan qurilishlar va shahardagi diqqatga sazovor inshootlar qiyofasini o‘zgartirish ishlari bir daqiqa bo‘lsa-da, tingani yo‘q. Mahalliy «kelajakning buyuk quruvchilari» diqqati madaniy va tarixiy ahamiyatga molik ob'ektlarga qaratilgan.

Noma'lum sabablarga ko‘ra, hokimiyat vakillari sobiq ToshMIning ko‘pchilik uchun qadrli bo‘lgan binosini buzib tashladi. «Toshkent kolizeyi» (sovet davrida Sverdlov nomidagi kontsert zali)ning 1911 yilda qurilgan binosi savdo birjasiga aylantirildi. Bu ro‘yxatga Toshkent amaldorlari tomonidan yo‘q qilingan yana o‘nlab madaniy ob'ektlarni kiritish mumkin.

rasm1614

Qo‘zichoqlar sukuti

O‘z kasbi va lavozimi nuqtai nazaridan yodgorlik muhofazasi uchun javobgar mansabdor shaxslar va arxitektorlar sukut saqlamoqda. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tarixiy yodgorliklarning yo‘q qilinishiga qarshi bir og‘iz ham e'tiroz bildirgani yo‘q.

Endi faqat oddiy haqiqatni qayd etib qo‘yish qoldi – Toshkent shahri butunlay buzuvchi quruvchi «pir»lar tanloviga berilgan qiyofasiz va tarixsiz shaharga aylanib bormoqda.

Akmal Rizaev
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 aprel 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (12.04) prezidentning pensionerlarga metroda yurishni (10.00 dan 16.00 gacha) tekin qilib qo‘yganidan «minnatdor» keksalarning «katta ...
29 aprel 2020
Hikoyani Absattorning o‘z tilidan eshitamiz. – Ko‘zimni ochsam, kimdir boshini parashaga egib o‘qchib -o‘qchib qusyapti. Qusiqlari ustimga sachradi. (So‘kinadi) ...
11 may 2017
Davr taqozosi bilan O‘zbekistonda sovchilik an'analari o‘zgarmoqda. Asta sekin o‘g‘illardan ham ko‘ra, qizlarga tuzukroq joylardan er qidirish, sovchi jo‘natish ...
19 sentyabr 2015
Agar chindan ham yurtni sevsangiz nega yurtda bo‘layotgan adolatsizliklarga qarshi turmaysiz? Yoki sizningcha yoshu-qarini majburan paxta dalalariga haydash adolatdanmi? ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...