Vaqt mashinasi
3 noyabr 2022

3 noyabr – SOS – halokat signali tasdiqlangan kun

1906 yilning 3 noyabrida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tgan Xalqaro radiotelegrafiya anjumanida SOS signali halokatni bildiruvchi mujda sifatida qabul qilindi.

Morze alifbosida “uchta nuqta, uchta tire va yana uchta nuqta”dan iborat bu signalni bundan avvalroq dengiz aloqasida foydalanilgan CQD signali va quruqlikda foydalanilgan CQ signali bilan adashtirmaslik kerak.

Ko‘pincha SOS signalini turli xato abbreviaturalarga yo‘yib adashtirishadi, masalan, Save Our Souls/Save Our Spirits (bizning jonimizni saqlang), Save Our Ship (bizning kemamizni qutqaring), Swim Or Sink (suzing, bo‘lmasa cho‘kamiz), Stop Other Signals (boshqa signallarni to‘xtating), shuningdek, ruscha «Spasite Ot Smerti» (o‘limdan qutqaring) va hokazo.

Ularning bari SOS xalqaro signal sifatida qabul qilinganidan keyin paydo bo‘lgan talqinlardir. Vikipediyaga ko‘ra, ushbu signal uchun oson va tez anglashiladigan morze harflari tanlangan.

1999 yilning 1 fevralida SOS signali Xalqaro dengiz tashkiloti tomonidan avtomatlashtirilgan GMDSS tizimi bilan almashtirildi, biroq halokat va ofatni bildirish uchun haligacha SOS signalidan foydalanish mumkin.

SOS cignali tovushi mana bunday eshitiladi:


Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 avgust 2017
Shoir Maqsud Bekjon 1961 yil Xorazmda tug‘ilgan. Moskvadagi Maksim Gorkiy nomli Adabiyot institutini tamomlagan. Uchta she'riy kitob va ikkita ...
17 dekabr 2023
Rassom Tuz
10 sentyabr 2019
«Azizbek tepki zarbidan va og‘riqdan polga qulaydi. Quturgan Toshpo‘latov uning ustiga chiqib sakray boshlaydi. 3-4 marta tovoni bilan uning ...
5 may 2020
2016 yil 29 dekabr kuni uchinchi otryad boshlig‘i oldimga kelib: – Sizga “muassasa ichki tartib qoidasini buzdi”, deb hujjat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...