Asosiy mavzular
16 dekabr 2016

Karimov o‘limidan keyin ham o‘zgarmagan zehniyat

Konstitutsiyada prezident faqat ikki marta saylanish huquqiga ega ekani belgilanganiga qaramay, O‘zbekistonning marhum rahbari 25 yil davomida lavozimidan ketmay, faqat mansabidan o‘lib qutulgani ortidan ham bir an'ana o‘zgarmadi.

O‘zbekiston nashrlari xalqaro protokol talabiga ko‘ra, dunyo mamlakatlari va yirik kompaniyalar rahbarlari nomidan yangi saylagan prezident nomiga yo‘llangan tabriklarni sahifalab chop etishni davom ettirmoqda.

Tuzum mafkurachilari hisob-kitobni to‘g‘ri olgan. Matbuotda bu tabriklarni o‘qigan 10 ta odamdan to‘qqiztasi, albatta, dunyo rahbarlari O‘zbekistonning yangi yetakchisi hurmatiga shunday noma yo‘llagan, deb ishonadi. Chunki ular yillar davomida siyosatga aralashtirilmagan. Faqat mafkura ta'sirida fikri shakllangan, xolos.

«Xalq so‘zi» (14.12) ham ana shunday o‘nlab tabriklarni deyarli bir sahifaga joylab, mafkuraboshilarning talablarini qondirdi.

Shuningdek, gazetada deputat va senatorning Senatning kuni-kecha bo‘lib o‘tgan majlisida ko‘rilgan masalalarga oid fikr-mulohazalari e'lon qilindi.

Qanday masalalar ko‘rib chiqilgani haqida gapirish ortiqcha bizningcha. Chunki fikr bildiruvchilar ularning barchasi to‘g‘risida faqat ijobiy gapirgan. Zero, O‘zbekiston sharoitida boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas.

Xususan, «Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun yuzasidan fikr bildirgan deputat uning qanchalik olamshumulligini aytgan, ammo mamlakatdagi butun tuzum shu illat botqog‘iga botgani, undan oson chiqish mumkin emasligi haqida gapirishni «esdan chiqarib qo‘ygan».

Senatorlar esa saylangan prezidentning Konstitutsiya kunidagi ma'ruzasini «kontseptual» deya baholab, uning inson huquqlari, demokratiyani qaror toptirishdagi ahamiyati haqida og‘iz ko‘pirtirib gapirgan.

Mushtariylarimizga bir boshqotirmani yechishni tavsiya etmoqchimiz: shu kunlarda aytilayotgan fikrlarning marhum prezident davrida va bugungi davlat rahbari amalga kirishgan kunlardagi mulohazalardan farqi nimada?

Bahodir Sharif

O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 sentyabr 2016
Vafot etgan prezident Karimovga sajda qilish amaliyoti tobora kuch olayotir. Internetning o‘zbek segmentida xizmat ko‘rsatgan artistlar, taniqli jurnalistlar va ...
9 iyun 2023
Rassom Tuz
24 noyabr 2020
Videoda Andijon shahri bozori maydoni, Qosimov ko‘chasidagi ahvol aks etgan. Siz video tomosha qilayotgan paytda, 24 noyabr kuni toza ...
28 avgust 2020
Yer Quyosh atrofida aylanishda davom etarkan, yetti kechayu kunduz kechdi. Hafta aylanib yana siz bilan yuzma-yuz bo‘ldim. Dard to‘kib ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...