Asosiy mavzular
14 mart 2017

Toshkent propiskasi yulg‘ichlikka yo‘l ochmoqda

O‘zbekistonda shu kunlarda ham notaruislarning oshig‘i olchi. Mamlakatdagi eng daromadli kasblardan biri notarius.

Shu paytgacha ularning qirg‘irliklari haqida deyarli ochiq aytilmas edi. Bu qing‘irliklarni ularga ishi tushganlar, davlat idoralari, hamma bilardi, lekin hech kim oshkora bu haqda gap ochmas edi.

Shavkat Mirziyoevning «xalq bilan muloqot» diplomatiyasi bahona o‘zbek gazetalari bu sohaga ham nazar tashlay boshladi.

«Jamiyat» gazetasi (10.03)da notariatlardagi yulg‘ichliklar haqida «Notarial idoradagi nayranglar» sarlavhali maqola e'lon qildi.

Garchi O‘zbekiston poytaxtida «doimiy propiska» masalasi mamlakatning bosh qonuniga zid bo‘lsa-da, mana shu mavzu bilan boshlangan maqolada mazkur inson huquqlari buzilishi mavjud qonunchilik talabi ekani eslatib o‘tiladi.

Shundan so‘ng muallif «ayrim notariuslar yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda qonuniylikni ta'minlash o‘rniga davlat ishonib topshirgan vakolatlarini daromad manbaiga aylanib olgani»dan hikoya qiladi.

Bugun Toshkentda doimiy ro‘yxatda turmaydigan, lekin poytaxtda ishlaydigan fuqaroga qiyin. U turgan joyi uchun ijara yoki tekin foydalanish shartnomasi tuzishi kerak. Muallif ana shu shartnoma bahona duch kelgan yulg‘ichlar to‘g‘risida so‘z yuritadi.

Uning yozishicha, bunday shartnomani rasmiylashtirgani uchun notariusda undan 160 ming so‘m talab qilingan. Holbuki, bu xizmatning narxi ayni paytda 29955 so‘mni tashkil etadi.

Muallif tortishishni boshlagandan keyin narx 100 ming so‘mga tushgan. Shundan so‘ng u 80 ming to‘lashga ko‘nib, plastik karta bilan hisob-kitob qilmoqchi bo‘lgan.

Oxir-oqibat muallif kassaga 30 ming so‘m, kadastr xizmati uchun naqd 15 ming so‘m olishganini yozgan.

«Ajablanarli jihati shundaki, shartnomada mazkur notarial harakat uchun 14977,5 so‘m miqdorida davlat boji, texnik turdagi xizmat uchun 7488,75 so‘m, jami 22466,25 so‘m undirilgani qayd etilgan», deyiladi maqolada.

Muallif naqd tushumlarni o‘zaro bo‘lib olishda notarial idora xodimlari o‘rtasida mojaro chiqqaniga guvoh bo‘lganini ham bildirgan.

Xulosa o‘rnida esa u mazkur masala yuzasidan boshqalarning fikrlarini ham o‘rgangani, boshqalar bunday xizmat uchun qancha pul to‘laganini aniqlaganini aytar ekan: «Fuqarolar manfaatini himoya qiladigan idora tomonidan talanganlar oz emas ekan», deya yakunlagan maqolani.

Haqiqatan ham notarial idoralardagi yulg‘ichliklar yangilik emas. Masalan, 20 minglik xizmat uchun ham 100 ming so‘rashadi. Odamlar ham haqini talab qilmaydi. Chunki shuncha vaqt sarflab, yana haqini talab qilsa, notarius uni qabul qilmay, ortiga qaytarishi hech gap emas.

Har holda bu idoralardagi yulg‘ichlik masalasining gazetada ko‘tarilishi sohada o‘zgarishlarga sabab bo‘ladimi?

Agar bu yerda aylanadigan noqonuniy mablag‘ning salmog‘i e'tibor olinsa, bunday o‘zgarishlar tez orada yuz berishiga ishonish qiyin.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 oktyabr 2018
Ijtimoiy tarmoqda Jurnalistika universiteti rektori, Xalqaro press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jaevning paxta terayotgani aks etgan fotosuratlar paydo bo‘ldi. Birinchi rasmda ...
19 sentyabr 2017
18 sentyabr kuni Toshkent markazidagi Navoiy nomidagi Milliy bog‘ni buzish va qurilishga hozirlash ishlari boshlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil ...
11 yanvar 2016
Bugun soat 16.00 da boshlangan mahkama bor yo‘g‘i bir kun davom etdi va kutilmaganda huquq himoyachisining ozod etilishi bilan ...
11 iyun 2016
Garchi bu ish to‘g‘risida matbuotda kam gapirilgan bo‘lsa-da, 2013 yil oxirida xalqaro arbitraj sud Karimov hukumatidagi korruptsiya to‘g‘risida kutilmagan ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...