Catira
14 iyul 2017

O‘zbekistonliklarga ikkinchi horijiy pasport nimaga kerak?

11 iyulda prezident Shavkat Mirzieev chiqish stikerlari o‘rniga horijiy pasport joriy qilish qarorini imzoladi.

Hujjatda, ayni masalani ko‘rib chiqish uchun maxsus idoralararo guruh tuzilgani, u bir oy ichida takliflarini kiritishi lozimligi aytiladi. Yangi horijiy pasportlar 2019 yildan berib boshlanishi mumkin, demak shungacha chiqish viza tizimi saqlanadi.

Biroq? o‘zbekistonliklarga horijiy safarlar uchun ikkinchi pasport zarurmi?

Rasmiy nashr Gazeta.uz, ayni kunda mavjud biometrik pasportlar amalda horijiy pasport hisoblanishini yozdi, demak, ikkinchi maxsus pasportga hech bir zarurat yo‘q. Ya'ni, har bir o‘zbekistonlikning istagan sayohatida foydalana oladigan pasporti bor. Savol tug‘iladi: «Nimaga byudjet pullari, vaqt va insoniy resurslar ikkinchi pasportning kiritilishiga sarflanishi kerak?».

Nimaga shunchaki chiqish stikerlarini bekor qilish mumkin emas?

O‘zbekistondagi «chiqish viza» tizimi vatandoshlarning mamlakatdan chiqish huquqini cheklaydi. Qonunda, chiqishiga cheklov qo‘yilgan shaxslar toifasi belgilangan. Ular, davlat sirlariga aloqasi bo‘lgan, jinoiy ish ochilgan yoki sud tomonidan chiqishi taqiqlangan shaxslar bo‘lishi mumkin. Militsiya nazorati ostidagi yoki harbiy xizmatga chaqiriqda bo‘lganlar ham chiqishi mumkin emas. Bu qonuniy cheklovlar.

Biroq, har bir shaxs uchun alohida chiqish ruhsatini talab qilish o‘zini oqlamaydi.

O‘zbekiston IIV va MXX amaldorlari uchun bu chiqish ruhsatiga muhtoj har bir odamni nazoratda tutishdan tashqari, ulardan pul tama qilish uchun bir imkoniyatdir.

Yana bir muhim jihatni ta'kidlash joiz. O‘zbekiston hukumati chiqish vizasini oqlarkan, boshqa mamlakatlarda ham horijiy pasportlar borligini misol keltiradi. Chindan ham, har qanday shaxsning, mamlakatdan chiqishi uchun pasporti bo‘lishi kerak, biroq pasport olish jarayoni ruxsat olish ma'nosini anglatmaydi. Normal mamlakatlarda, «biz sizga pasport bermaymiz, chunki sizning «sizning safaringiz maqsadga muvofiq emas» deyilmaydi.

O‘zbek rassomi Vecheslav Axunovga, 2011 yildan buyon chiqish vizasi berish rad etib kelinadi

Aynan shu yerda, har bir odamni dushman ko‘radigan O‘zbekistondagi chiqish viza tizimining chirkin mohiyati ko‘zga tashlanadi.

Yana bir pasportni joriy etish, vatandoshlarning chetga chiqishini cheklash vakolatiini hukumat o‘zida saqlab qolganini anglatadi, uning mohiyati o‘zgarmaydi.

Shaxsni tasdiqlovchi asosiy hujjatni bermaslik yetarli darajada mushkul bir ish. Biroq ikkinchi pasportning joriy etilishi kuchishlatarlarga ayni shu imkoniyatni beradi.

May ohirida BMT Oliy Komissari Zeyd Raad al-Xuseyn prezident Mirziyoevga maktub yo‘lladi va unga «sud-huquq islohotlarini o‘tgazgani, shuningdek chiqish viza jarayonlarini bekor qilgani» uchun minnatdorlik bildirdi.

Mening nazdimda, Oliy komissar minnatdorlik bildirishga ancha shoshilgan ko‘rinadi.

Umida Niyazova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2023
Kecha Eltuz bosh redaktori Qudrat Bobojon bilan gaplashsam¸ «kultur-multur mavzularga avom qiziqmaydi. prosmotri oz bo‘ladi,” dedi. Bugun Bolt taksi ...
12 dekabr 2016
Samarqandda kelasi yili uch yo‘nalishda shahar ko‘chalarini bog‘laydigan tramvay yo‘llari ishga tushirilishi haqida xabar beradi O‘zA nashri. Biroq shu ...
28 iyun 2022
28 iyun Eltuz portaliga kelayotgan shikoyatlar oqimini kuzatamiz. Ular odatdagidek turli mavzularda. Hullas, tashqarida yoz. Shofirkonda daydi itlar qo‘ylarni ...
23 sentyabr 2019
Adolat izlab Xorazmdan Toshkentga yo‘lga chiqqan “Erk” demokratik partiyasi a'zosi, shoir va jurnalist Mahmud Rajabning bu aktsiyasi O‘zbekistonda Islom ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...