Asosiy mavzular
5 sentyabr 2017

Masjidda burni qonaganning barchasi Mahdiymi?

Samarqandlik ikki aka-uka haqida eshitgandim. Hujra ko‘rgan, islomiy da'vosi kuchli yigitlar edi. Taqdir taqozosi bilan ular Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilib bir biriga qarab o‘q otishdi.

Aka IShID safiga, uka esa Al Qaeda tarmog‘ining bo‘lagi bo‘lgan Jabhatul Nusraga borib qo‘shildi. Bu aka-ukalar hozir tirikmi yo yo‘qmi, bilmayman. Bilganim shuki, minglab o‘zbeklar tentirab, Suriya va Iroq hududlariga borib qolishgan. Zambarak yemi bo‘lgan vatandoshlar taqdirini o‘ylab mana bularni yozdim.

1979-yilning noyabrida 500 kishilik salafiylar guruhi o‘zini «Mahdiy» deb atagan salafiy Muxammad Al Qaxtani ismli shayx boshchiligida Makkadagi «Masjid Al Haram» masjidini qurolli hujum bilan bosib olib, 6 mingga yaqin kishini garovga oldi.

Jangarilar o‘zlarini «Mahdiyning askarlarimiz» deb atadilar. Saudiya hukumatidan «Mahdiy»ga bosh egishni, Amerika va Yevropa davlatlariga neft sotmaslikni talab qilishdi.

Hukumat buni bajarmadi. Salafiylar va Saud askarlari o‘rtasida 10 kun davomida qaqshatgich janglar davom etdi. So‘ng Saud xukumati Frantsiyadan yordam so‘radi.

Frantsuz spetsnazi 4 kunda Masjid Al Haramni terrorchilardan tozalab tashladi, 50-60 ga yaqin jangari tiriklayin qo‘lga tushdi. Osmondan biror yordam kelmadi. Muhammad Al Qaxtaniyning so‘zlari yolg‘on ekani ayon bo‘ldi.

500dan ortiq kishi (jangarilar va askarlar) xalok bo‘ldi. Tirik qolgan jangarilar keyinroq katta maydonda chopildi.

Men o‘z yo‘lboshchisini «Mahdiy ekani»ga ishonib, ko‘kdan mo‘'jiza kutgan salafiylarning o‘shandagi ahvolini tasavvur qilyapman…

Bugun ham «Allohning shariatini tiklaymiz, Halifalik quramiz» degan xomhayol bilan Iroqqa ketgan minglab o‘zbek jangarilarining Tal Afar shahri yerto‘lalarida o‘z o‘limini kutib yashayotgan oilalari ham bugun 1979 yili katta maydonda chopilgan jangarilarning ahvolida.

Na ko‘kdan, Abrahaning askarini yo‘q qilgan qushlar, tosh tashlab, Iroq askarlarini yo‘q qildi, na osmondan farishtalar oq otlarda keldi…

Bugun o‘lim kutayotgan o‘zbeklarni oilalari bilan Iroqqa, – «Islomiy go‘zal hayotga» chaqirgan arablar tashlab qochishdi. Ortga yo‘l yo‘q, jangarilar qatl etilishi aniq, lekin ularning bolalarida nima ayb?

Jangarilarning bizga keragi yo‘qdir, lekin otasining ahmoqligi tufayli Iroq yerto‘lasida yotgan o‘zbek bolalarini saqlab qolishning iloji bormikan?

Baxrom Raxmon
O‘sh. Qirg‘iziston
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 fevral 2020
Xalq banki Surxondaryo viloyati filiali Termizdagi yangi binoga ko‘chirilgach, uning amaliyot bo‘limidagi jami 45 nafar xodim yoppasiga ishsiz qoldi. ...
16 fevral 2019
Pul hamma narsani hal qiladi, deyishadi. Menimcha, siyosat hamma narsani hal qiladi. Vaqtida berilgan va'da va odamlarni ishontirish san'ati. ...
14 noyabr 2018
O‘zbek hukumati Rossiya bilan hamkorlikda o‘zining kosmik dasturini ishlab chiqqani haqida 12 noyabr kuni «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi. «O‘zbekistonga ...
8 may 2017
3 may – Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlab “Oltin qalam” mukofotlarini topshirish marosimi jurnalistlar va ayrim nashrlar e'tiroziga sabab ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...