Ko‘zqarash
10 noyabr 2017

«Barsa»ning sobiq yetakchisi o‘zbek futbolini nimadan qutqarmoqchi?

9 noyabr kuni Toshkentga Puyol keldi, bilasiz-a? Karles Puyol «Barselona»ning sobiq himoyachisi. Jamoa tarixidagi eng zo‘r himoyachi. 2007 yil ham kelgan edi u Toshkentga. «Bunyodkor» olib kelgan edi o‘shanda uni.

«O‘zbek futbol termasi darvozasi hamisha ochiq…». Rassom Tuz

U paytda futbolchi edi. Puyol «Paxtakor» o‘yiniga tushdi. Stadionga talabalar majburiy olib borildi. Go‘yoki Puyolni «bizda futbol stadionlariga shuncha muxlis tushadi», deb ishontirishmoqchi bo‘lishdi. Puyol ham ahmoq emas-ku, faqat talabalarni ko‘rsa, majburiy olib kelinganini biladi-ku:)

Odil «Zeromaks»ining ishlarini takrorlashyapti. Ya'nikim, muammolarni shunaqa ishlar bilan xaspo‘shlab yopish…

«Paxtakor»ga hakamlarning yon bosishi ochiqcha bo‘lib ketdi. Sharmandasi chiqdi hammasining. Endi shunaqa yo‘llar bilan e'tiborni boshqa tomonga qaratishyapti.

Mag‘lubiyatlar ortidan trener Babayan iste'foga chiqarilgandi

Shodievdan katta pul olib qo‘yishgan, «Paxtakor» chempionlar ligasida o‘ynaydi, deb va'da berishgan. Lekin oldingi rahbariyati «Paxtakor»ni jazolab, mavsum avvalida rosa ochkosiz qoldirishgan. Keyingi rahbariyat jamoani pastki o‘rinlarga tushirib topshirishgan. Endi ikkinchi o‘rinni olish uchun hakamlarni «Paxtakor»ga yordam berishga shu qadar ochiqcha majburlashmoqdaki, hatto hakamlarning o‘zi noliyapti.

O‘FF «O‘zreport» telekanali bilan hamkorlikni boshladi. Chunki ushbu telekanal rahbari Ravshan Jo‘raev mafiozlarning hayotiga qiziqadi, ular bilan hamkor bo‘lgisi keladi. Hamkorlik boshlanishi bilan O‘FF matbuot kotibi Sanjar Rizaev o‘rniga «O‘zreport» xodimi Yoqubjon Bobojonov ishga olindi. Ilmiliq bola, tanqiddan uzoq. Xullas, «Sport» kanali nuqul tanqid qilishini hisobga olib, «O‘zreport» telekanali orqali o‘zbek futbolining «yorqin» taraflarini ko‘rsatish boshlandi. Bu jarayonda ishtirok etayotgan Davron Fayziev ko‘p holatda hamkasblariga bo‘layotgan ishlardan norizoligini aytgan. Lekin baribir o‘z rahbarining buyruqlarini bajarib, PFL rahbari bilan suhbat uyushtirib, muammoli masalalarni chetlab o‘tgan.

Jurnalistik xiyonat

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda Mirabror Usmonov davrini qumsab yozayotganlar ko‘paygan. Chunki yangi rahbariyatning oyog‘i xayrli kelmadi. O‘smirlarimiz, yoshlarimiz hatto Osiyo chempionatiga ham yo‘llanmani qo‘lga kirita olishmadi. Avvallari-ku, asosan, yoshlar futboli bilan faxrlanardik. Endi shuyam yo‘q.

Futbol g‘irromliklarini fosh qilgan jurnalistlar O‘zTVdan haydalishgandi

Hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Noil Lutfulin o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi. Manbaning keltirishicha, sobiq hakam bu adolatsizliklarga chidayolmagan…

Xullas, eskisi ketib, yangisi yaxshi bo‘lmas ekan. O‘zbek muxlislarining fikri shu…

Mamlakatning eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov 24 noyabr kungi «Nasaf» – «Paxtakor» o‘yiniga qo‘yilmasligidan ham bilsak bo‘ladiki, Ravshanga nisbatan O‘FF bosim o‘tkaza olmaydi. Ermatov oxirgi marta «Paxtakor» ishtirokidagi Samarqanddagi o‘yinni halol boshqargan va toshkentliklar g‘alaba qozona olishmagan. Qarshidagi o‘yinda yana shunday boshqarsa, «Paxtakor» chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi 2-o‘rindan mosuvo bo‘ladi.

«Paxtakor»ning ijtimoiy tarmoqdagi muxlislari hatto «bizga bunaqa g‘irrom «Paxtakor» kerakmas», deb chiqishlar qilishmoqda. Muxlislarning-da asabini o‘ynayotgan masalalarga mutasaddilarning ko‘z yumayotgani achinarli holat. Lekin ularning pul olgan manbasi bu jihatlarni hisobga olmaydilar. Nima qilsang qil, shuncha pul sarflangan «Paxtakor»ga g‘alabalar olib ber, deyishyapti. Bunaqa sharmandagarchilik o‘tgan asr oxirlaridan beri endi kuzatilmoqda.

Zayniddin Bozorov
Toshkentlik muallif taxallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 iyun 2021
O‘z joniga qasd qilganlikda gumonlanayotgan 26 yoshli Maftuna Azimova 30 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani shifoxonasida vafot etdi. ...
5 sentyabr 2019
Mustaqillik bayrami nishonlangan 1 sentyabr kechasi, Toshkent rasmiylariga ko‘ra, shahar ko‘chalariga o‘rnatilgan bayroqlardan 2000 tadan ortig‘i o‘g‘irlangan. Yetkazilgan zarar ...
9 aprel 2020
Pandemiya tezda o‘tib ketadi, men hech narsa qilishim shart emas, deb xayol qilayotganlar bo‘lsa, quyidagi ma'lumotlar ularga tahlil uchun ...
6 avgust 2021
rassom Kirpi
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...