Asosiy mavzular
7 dekabr 2017

Sobiq voizning arzon aljirashi

Karimov rejimi hosilasi bo‘lgan “jurnalist” Sherzod Qudratxo‘jaev matbuotdagi chiqishida o‘zbeklarni “benzin qimmatlasa, dod-voy soladigan arzon odamlar”, deb atadi.

U nega o‘zbeklar katta-katta xarj qilmaydi, qimmat narsalarni og‘rinmay olmaydi, degan ma'nodagi gaplarni aytib taajublanadi.

Oydan tushdimi bu odam? O‘qituvchi va shifokor 100 dollarga yetar-etmas oylik olsa, u qanday qilib ming-ming xarajat qilsin.

Bir paytlar Qudratxo‘jaev sig‘ingan diktator Karimov Moskvada ko‘cha supurayotgan o‘zbeklardan ijirg‘anishini ta'kidlab, ularni “dangasalar”, deb atagan edi.

Qudratxo‘jaev ham bu ritorikani davom ettirib, “xitoylik va koreys tirishqoq”, o‘zbek esa tanbal, shu bois uning cho‘ntagida puli yo‘q, deya yozg‘iradi.

Bundan ilgari Qudratxo‘jaev «yoshlar hidi» haqidagi prezident iborasini takrorlab, «bu hid Qozog‘iston yoki Xitoyniki kabi bo‘lishi kerak«ligini ta'kidlagandi.

Tilingni tiy, tirrancha, deydigan odam yo‘qmi atrofda?

Frantsiya qirolichasi Mariya Antuanettaga mulozimlar kelib, “xalqning yeyishga noni yo‘q” deyishgan.

Antuanetta esa o‘ylab o‘tirmasdan, “Noni yo‘q bo‘lsa, tort yeyaqolishsin” (Let them eat cake!), degan edi.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2022
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Jumasafar Dadaboevni boshqa davlatlarda ishlash uchun josuslikka yollashga uringan Qoraqalpog‘istondagi turkman qishlog‘ida tug‘ilgan faol va ...
3 aprel 2017
Rossiya millionlab o‘zbek muhojirlarining ikkinchi uyiga aylandi. Ular yillar davomida shu mamlakatda ishlashmoqda va yashashmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi bahslarga ko‘z ...
11 sentyabr 2018
Toshkent shahrining Yunusobod tumani hokimi, 42 yashar Baxtiyor Abdusamatov o‘z ish kabinetida 7 sentyabr kuni 400 ming AQSh dollari ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...