Asosiy mavzular
11 dekabr 2017

Gazsiz qolgan oshxonalar

9 dekabrdan Toshkent shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tabiiy gaz tarmog‘idan butunlay uzish boshlandi.

Gaz idorasi nazoratchilari kafema-kafe yurib, ularning egalariga mavjud vaziyatni tushuntirmoqda va darhol gazdan uzib ketmoqda.

Mazkur tadbirdan maqsad poytaxt aholisining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mahallalarda gaz bosimi pasayishi oldini olishdir.

Bu haqda ma'lum qilgan «Transgaz» mas'ulining bildirishicha, umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tabiiy gazdan uzish to‘g‘risidagi qaror tegishli idoralar, jumladan, Toshkent shahri hokimligi va «Transgaz» aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan qabul qilingan.

«Kunlar soviyapti. Toshkentning ba'zi mahallalarida gaz pasayib ketdi. Bu esa aholi noroziligini keltirib chiqaryapti. Shuning uchun tegishli idoralar shunday qarorga kelishga majbur bo‘ldi», dedi «Transgaz» vakili.

Sir emas, Toshkentda umumiy ovqatlanish shoxobchalarining oddiylaridan tashqari nufuzli shaxslarga tegishlilari ham juda ko‘p.

Hatto shunday restoran va kafelarni ham gazdan uzish boshlangan.

«Egalari darrov «krisha»lariga telefon qilyapti. Lekin «krisha»larning kuchi ham yetmay qolayotgan paytlar bo‘lyapti. Chunki bittasi ishlasa, yonidagisi gazdan uzib qo‘yilsa, darrov yozib yuboradi. Nazoratchilar shunday qo‘rqib, iloji boricha qattiq turibdi. «Krisha»lar ham hushyor tortib qolgan», deydi «Eltuz» manbasi.

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari gaz o‘rnida o‘tin ishlatishni boshlasa, bu narx-navo keskin ko‘tarilishiga olib keladi. Chunki o‘tin falon pul turadi.

Mavjud ovqat tayyorlash uskunalarini elektr jihozlarga almashtirish ham katta xarajatlarga sabab bo‘ladi.

Shuning uchun umumovqatlanish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarning noroziligi kuchli.

«Bunday vaziyat uzoq davom etishi mumkin emas. Chunki hozirdanoq gaz idoralari xodimlariga tazyiq kuchaygan. Tadbirkorlar norozi. Shu sababli bu qarorning umri uzoqqa bormasa kerak», dedi «Transgaz» mas'uli.

Eltuz

Tag‘in o‘qing
28 sentyabr 2017
Andijon shahrida, mahalla faollari gaz ballon berish va'dasi bilan odamlarni paxta terimiga jalb qilishmoqda. «Eltuz» muxbiriga ko‘ra, Andijon shahridagi ...
20 oktyabr 2017
18 oktyabr kungi sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida prezident Mirziyoev tibbiyot xodimlarini tag‘in jiddiy tanqid qildi. President.uz saytiga ...
13 sentyabr 2018
«Bi Bi Si»ning O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatidan iqtibos keltirib yozishicha, sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlangani ...
6 dekabr 2019
Bugun atrofga qarab va'z uchun belgilaganim barcha mavzularning boshi s bilan kelar ekan. Sovuq. Saylov. Safsata.  Ham yana bir ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...