Asosiy mavzular
12 yanvar 2018

Markaziy bankni Ishmetov boshqarayaptimi?

«Eltuz» pochtasiga O‘zbekiston Markaziy banki xodimlari nomidan ekani aytilgan maktub keldi.

Maktub mualliflari bank rahbariyatini korruptsiyada ayblagan. Maktubga Markaziy bank raxbariyatidagi o‘zgarishlarga oid hujjat ilova qilingan.

Xat tahrirsiz nashr qilinmoqda.

Maktub matni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston rivoji uchun xalqimizga barcha imkoniyatlarni to‘la-to‘kis yaratib bermoqda.

Maktubga ilova qilingan hujjat nusxasi

Atigi bir yil davomida yurtimiz iqtisodiyotida misli ko‘rilmagan natijalar yuz bermoqda.

Boshqa vazirliklar singari banklarga ham katta ko‘mak berib resurs mablag‘larini mustahkamlab bermoqda. Ming afsuski, bunday ko‘makdan Markaziy bankning ayrim mulozimlari «mening davrim keldi» qabilida ish tutgan.

Gapning indallosi shuki, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov lavozimiga o‘tirgandan so‘ng, birinchi ishini o‘zi bilan birga faoliyat yuritgan Botir Zaxidovni Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlashdan boshlagan.

Albatta daromadlarni legallashtirishda yaqin ucharlar asqotishini bilib, ilgari Valyutani tartibga solish va nazorat kilish departamentida ishlagan Abror Turdialievni Kredit tashkilotlarini nazorat kilish departamentiga raxbar kilib tayinlagan.

Albatta ushbu mulozimni raxbar kilib tayinlashdan asosiy maqsad ham kelajakda Ishmetovga tegishli bo‘ladigan mikrokredit tashkilotlari, lombardlarni ochib, ularni pul aylanmalarini boshqarish eng asosiy maqsad bo‘lgan. Shuning uchun ham ushbu departament nazorati Rais o‘rinbosari Sh. Atabaevni nazoratni susaytirganlikda ayblab, aynan Ishmetov o‘z zimmasiga olgan.

Keyingi bosqichda, Markaziy bankning strukturalarini o‘zgarishi Ishmetovga yanada asqotdi. Sababi aynan sobiq Valyutani tartibga solish va nazorat qilish departamentining uchar xodimlarini o‘zi turli xil strukturalar tashkil etib, departament direktorlari lavozimiga tayinlagan.

Misol uchun B. Abubakirov, S.Valiev, A.Turdialiev, D. Abdug‘anieva, Ya.Babajanov, Pak Gennadiy Yenxibovich va boshqa xodimlarni misol keltirsa bo‘ladi.

Markaziy bankda malakali mutaxassislarni raxbarlik lavozimidan ozod etib, ularni faoliyatidan chetlashtirgan.

T. Ishmetovnigsh navbatdagi hujumi qaysi ma'nodaki, banklarni qo‘lga olish bo‘lgan. Birinchi o‘lja Asakabankdan boshlangan. Ushbu bank bo‘yicha 10 ta departament direktori va rais o‘rinbosarlarini lavozimidan chetlashtirish bo‘yicha Markaziy bankning qarorini chiqargan. Asakabank raxbari Qahramon Mullajonov ushbu tuzoqni yaxshi tushungan xolda 10 ta departament direktorini rotatsiya shaklida boshka deparamentlar bilan almashtirgan. Lekin o‘rinbosarlari joyida qolgan.

Bunga ham qanoat qilmasdan, Markaziy bankning revizor xodimlarini Asakabank faoliyatini tubdan tekshiruvga yuboradi. Har bir revizor xodimlariga «kamchiliksiz kelsang ishdan haydayman, bilasanlar yaqinda struktura o‘zgaradi, shundan xulosa qilinglar» deb qattiq do‘q po‘pisa qiladi.

Revizorlar bir oydan ko‘proq Asakabank faoliyatini puxta tekshiradi. Barcha tekshiruvlar tugaganidan so‘ng, e'tibor bering, Asakabank raisini qamatish maqsadida tekshiruv ma'lumotlarini Bosh prokuraturaga yuboradi. (Bank tizimi tarixida Markaziy bank banklarni umuman bosh prokuraturaga bermagan.) Bosh prokuraturada tartib intizom oldingidan ko‘ra kuchli bo‘lganligi sababli, birovga yomonlik kilmasdan, ushbu ma'lumotlarni nima uchun yuborganligiga tushunmaydi. Natijada tekshiruvga borgan revizorlardan tushuntirish xati oladi. Bosh prokuratura Asakabankka nisbatan adolatli ish tutadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Asakabank raxbari T. Ishmetovga tutqich bermayapti.

Uning navbatdagi xiylasi

Asakabank raxbari Qahramon Mullajonovni T.Ishmetov yoniga chakirib 170 mlrd so‘m mablag‘ni Markaziy bank zaxirasiga qo‘yishni, Asakabankni 2017 yilda zarar bilan yakunlandi deb matbuotda e'lon kilasan deb tazyiq o‘tkazgan.

Lekin Asakabank raxbari aqlli xulosa qilgan, ya'ni Asakabank zarar bilan yakunlansa Asakabank raxbari albatta ishdan ketishini bilgan xolda bolnichniyga chiqib olgan. Keyingi o‘lja Ipotekabank va Qishloqqurilishbank raxbarlari ogohlantirilgan. Ushbu banklarga uning qo‘l ostida ishlayotgan Bobur Abubakirov va Pak Gennadiy Yenxibovichni raxbarlikka tayinlashni ko‘zda tutgan.

Bundan asosiy maqsad, Asakabankka Botir Zaxidovni raxbar kilishdan iborat bo‘lgan. T.Ishmetovning asosiy maqsadi ham bank tizimini butkul qo‘lga olish bo‘lgan. Shu sababli o‘zi tasdiqlagan har bir departament direktorini nufuzli tijorat banklari raxbari lavozimiga tayinlash bo‘lgan.

Chunki T.Ishmetovni aytgani aytgan degani degan. Uning konvertatsiyani men qildim, menga katta vakolat berilgan, konvertatsiya niqobi ostida ana shunday korruptsiya ishlarini amalga oshirishini rejalashtirgan.

Vaxolanki erkin konvertatsiyaga Markaziy bankning biror bir mulozimi xissa qo‘shmagan. Chunki erkin konvertatsiya Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoev shaxsan o‘zi va tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

O‘ylaymizki, ushbu maqoladan so‘ng Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi ushbu struktura bo‘yicha tayinlangan yuqoridagi mulozimlar masalasini qayta ko‘rib chiqib, adolatli xulosa chiqaradi.

(Maktub matni tugadi)

Tag‘in o‘qing
12 may 2017
11 may kuni BMT inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zeyd Raad Al-Xuseynning tashrifi yakunlandi. Tashrifning bosh natijasi 15 yillik ...
26 avgust 2021
Afg‘onistonda toliblar o‘zbek tilini maktab dasturidan chiqarib tashladi. Bu haqdagi xabar va dars jadvali 24 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda ...
1 fevral 2019
Gurlan tumanida bedarak yo‘qolgan 21 yashar Murodjon Boboxonovning jasadi 31 yanvar kuni bug‘doy dalasidan topildi. Shu kuni tushdan keyin ...
20 may 2016
Mashhur faollardan biri va O‘zbekiston huquq himoyachilari alyansi yetakchisi Ye.Urlaeva ko‘p bora og‘ir voqealarni boshdan kechirgandan keyin 9 mart ...
Bloglar
10 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solix bilan may oyida o‘tkazilgan bu suhbat bevosita Eltuz ...
20 iyul 2022
O‘zbek xalqi kimga, qaysi rejimga qaram bo‘lib kelgan ediki, endi u o‘zini ozod, erkin millat ...
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat ...