Intervyu
6 fevral 2018

Umida Niyozova: Bobomurodga qo‘yilgan ayb Stalin davridagi kabi absurddir

Bobomurod Abdullaevning onasi o‘g‘li, uch oydan ortiq vaqtdan buyon O‘zbekiston MXX yerto‘lasida saqlanayotgan jurnalist qiynoqlarga tutilganiga iqror bo‘lgani haqida bildirdi.

Bobomurod onasi va xotini bilan 10 yanvar kuni uchrashgan va shu kundan buyon ularning ikkalasi ham uning bundan-da ko‘proq jabrlanmasligi uchun qiynoqlar haqida gapirishga jur'at qila olishmagan edi. Qiynoqlar haqida gapirish kerakmi yoki yo‘q? Bu dahshatli tanlov mahbuslarning har bir qarindoshi oldida ko‘ndalang bo‘ladi, chunki o‘zbek huquq tizimida qamalganlarning hech bir himoyasi yo‘q.

Hatto Bobomurod butun tergov davomida qiynoqlarga tutilgani haqida gapirmaganida ham bu uning Toshkentdagi eng yaxshi advokatlaridan biri bo‘lgan Sergey Mayorov himoyasidan “ko‘ngilli” tarzda voz kechishidan ayon bo‘ladi.

«Uchrashuv paytida u devorga tiralib zo‘rg‘a turardi», deydi Bobomurodning xotini. Bobomurodga sudda iqrorlik ko‘rsatmasi berishi kerakligini aytishgan, chunki u “tag‘in MXX yerto‘lasiga qaytib keladi”. Bundan kelib chiqib, Bobomurod sudda nimaga iqror bo‘lmasin, mutlaqo muhim emas, balki tergovchilar keltiradigan dalillar muhimroq bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Yana shuni ta'kidlash joizki, Bobomurodning jinoyat ishi tergovchilari aslida qiynoqlarga sanktsiya bergan Aleksandr Veselev va Nodir To‘raqulovdir.

Bobomurod Abdullaevning jinoyat ishi Stalin qatag‘onlari paytida to‘qilgan ayblovlar kabi absurd va dahshatlidir. O‘sha paytda KGB barcha odamlarni qo‘rquvda ushlash uchun hech surishtirib o‘tirmasdan odamlarni ushlar va ularga qarshi yolg‘on ayblovlar qo‘yar edi. Masalan, hamma joydan sovet hukumati dushmanlari qidirilarkan, umrida qishlog‘ini tark etmagan dehqonlar Yaponiya foydasiga josuslikda ayblanishi mumkin edi, muhandislar sabotaj qilishda, shifokorlar zarar yetkazishda ayblanardi. Aksariyat odamlar, qanchalik mantiqsiz bo‘lishiga qaramay, qiynoqlar ostida bu ayblarga iqror bo‘lishardi. Bu ommaviy qatag‘onlar davrini hozirgi kunda katta terror davri deb atashadi. Biroq bu uzoq o‘tmishda, 85 yil burun bo‘lib o‘tgan.

Bobomurodga qarshi ilgari surilayotgan ayblovlardan u hokimiyatni bosib olish uchun allaqanday “Jatva” (O‘rim) dasturini tayyorlagani, bunga ko‘ra, go‘yoki Bobomurod “O‘zbekistonning to‘rtta yirik shahrida davlat to‘ntarishi uchun keng omma”ni tayyorlagani anglashiladi.

Bobomurodga qarshi bu ayblovlar bizning shu bugungi kunimizda 85 yil ilgari foydalanilgan til bilan yozilgan. Agar bu ayblovlarga jiddiy yondashilsa, u holda O‘zbekiston MXXdan biz real dalil, isbotlarni kutamiz. Qanday qilib bir oddiy, bechora odam kuchishlatar tizimlari mutlaq hokimiyatga ega bo‘lgan davlatda to‘ntarish uyushtirishi mumkin? Biz MXXdan davlat to‘ntarishi uchun Bobomurodning qancha odami bo‘lgani haqidagi tafsilotlarni kutamiz. Ularning qancha quroli bor edi? Go‘yoki u isyon ko‘tarmoqchi bo‘lgan Toshkentda va boshqa shaharlarda kimlar uni qo‘llab-quvvatlagan?

Ishonchim komilki, hech bir isbot yo‘q, chunki bu uydirma ish. Ya'ni feyk. Bu faqat MXX xodimlarining kasal kallasidagina mavjud. Biroq MXX tergovchilari hech narsani isbotlab o‘tirmaslik uchun Bobomurodni yaxshi advokatdan voz kechishga majburlashdi, uning irodasini sindirish va aybini bo‘yniga olishi uchun mutlaq izolyatsiyada ushlashdi.

Ikki kun avval liberal qadriyatlarni sevuvchi juda ko‘p insonlar ijtimoiy tarmoqda MXX raisi Rustam Inoyatovning iste'fosidan xursand bo‘lishdi. Men umid qilamanki, bu iste'fo Bobomurodga yordam beradi va u ozod etiladi. So‘zim yakunida shuni ta'kidlardimki, MXXning bugungi kundagi shakli yo‘q qilinishi hamda uning o‘rnida terrorizmga va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi yangi tuzilma yaratilishi har birimiz uchun muhimdir. Bu idorada mutlaqo boshqa odamlar ishlashi kerak.

Yotube kanalida: https://youtu.be/5GYimmQU26Y

Umida Niyozova
O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi rahbari
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 yanvar 2019
Olmaliqdagi “Ammofos-Maksam” shirkati ishchisi, 2018 yilgi paxta mavsumida majburiy terimga olib chiqilgan  24 yoshli Sohibjon Mutalibov Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani ...
13 avgust 2020
“Qirg‘iziston rasmiylari o‘zbek jurnalisti Bobomurod Abdullaevni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish haqidagi so‘rovni rad etib, uning o‘rniga uni ozod qilishlari kerak”, ...
24 oktyabr 2016
Paxta terishga odamlarning majbur qilinmasligi yolg‘on ekanini, bugun yosh bola ham biladi. Garchi ko‘chalarda “Paxta terimida majburiy mehnat holatlariga ...
21 yanvar 2019
16 yanvar kuni Shveytsariyaning «Tages-Anzeiger» gazetasi amerikalik biznesmen va Gulnora Karimovaning sobiq eri Mansur Maqsudiy Karimovaning Shveytsariyada muzlatilgan aktivlaridan ...
Bloglar
13 aprel 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni ...
11 aprel 2021
«From Me to You» (Mendan senga) — Lennon va Makkartni dueti ijro qilgan zarif bir ...
8 aprel 2021
2010 yil 7 aprel kuni o‘z qarorlari bilan oziq-ovqat va kommunal xizmatlar uchun narx-navoni mislsiz ...