Ko‘zqarash
6 mart 2018

Bobomurodning sudi kechiktirilishi sababi nimada? (video)

Jurnalist Bobomurod Abdullaev sudining 7 martga qoldirilishi sababi haqida ijtimoiy tarmoqda turli fikrlar bildirilmoqda.

“Sudning qoldirilganiga ikkita sabab bo‘lishi mumkin, deb o‘ylayman. Birinchisi, Sur'at Ikromov aytganidek, qiynoqlar va yolg‘on ko‘rsatma haqidagi ma'lumotning Abdullaev advokati orqali tashqariga chiqarilishi.

Bu vaziyatda kuchishlatar tizim tepasida o‘tirganlar uchun masala uning qiynoqqa tutilgani emas, balki ba'zi ismlarga qarshi ko‘rsatma berilganligi haqidagi ma'lumotni tekshirib ko‘rish muhimroq. Ikkinchi taxmin esa prokuror kelmagani tufayli sud majlisini qoldirib, jamoatchilik diqqat markazida bo‘lgan ishning ahamiyatini biroz pasaytirishga qaratilgan tadbir bo‘lishi ham mumkin.

Agar 7 mart kuni ham qandaydir arzimas sabablar bilan sud yana qoldirilsa, ikkinchi taxmin kuchliroq kelishi mumkin. Yomon tomoni esa MXXning B.Abdullaevni qamoqqa tashlash niyati o‘ta jiddiyligini anglatadi”, deya o‘z fikrini bildirdi Sulton Burxonov ismli feysbuk yuzeri.

Ayni paytda faollar Bobomurod ustidan chiqariladigan hukm O‘zbekistondagi erkinliklar darajasining ko‘rsatkichi bo‘lishini aytishmoqda.

«Eltuz» nashri bildirganidek, 5 mart kuni mahalliy faollar, jurnalistlar, xorijiy diplomatik korpus vakillari, sudlanuvchilarning yaqinlaridan iborat 50 tacha odam Toshkent shahri sudi binosiga kelishgandi.

Shuningdek, dunyoda eng uzoq qamoqda o‘tirgan jurnalist Muhammad Bekjon ham sudda ishtirok etish uchun Xorazmdan yetib keldi.

“Sud qoldirilgani bois, 80-yillarda chiqarilgan eski bir “Jiguli” mashinasini kira qilib kuni bo‘yi shaharni aylandim”, dedi, jumladan, Muhammad Bekjon 6 mart kuni “Eltuz”ga bergan intervyusida.

Bobomurod Abdullaev Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan shu yilning 27 sentyabrida o‘g‘irlab ketilgan.

Oradan uch kun o‘tib, uning hokimiyatni ag‘darishga urinishda ayblanayotgani ma'lum bo‘lgan edi.

«Eltuz» nashri Abdullaevning sudi bilan bog‘liq jarayonni kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 iyul 2019
1 avgust kuni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test imtihonlari boshlanadi. Bu hashaki shpargalkalar davri tugab, ular o‘rniga ...
19 iyul 2016
Nafaqat vodiyning barcha tuman xalq ta'limi va tibbiyot xodimlari, balki poliklinika,tug‘ruqxona, maktab va bog‘cha xodimlari ham ko‘sak qurtini qo‘lda ...
3 noyabr 2019
1906 yilning 3 noyabrida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tgan Xalqaro radiotelegrafiya anjumanida SOS signali halokatni bildiruvchi mujda sifatida qabul qilindi. ...
9 oktyabr 2020
3 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Namozgoh mahallasida istiqomat qiluvchi 41 yoshli eri Ikrom Qayumovdan kaltak yegan 32 yoshli Nigora ...
Bloglar
22 oktyabr 2020
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish degan bahona, niqob yordamida monopollarimiz qonimizni so‘rib yotibdi. Tashqaridan iste'mol mollari ...
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...