Catira
3 aprel 2018

DXX raisining bayonoti dindorlarni hurkitdi

Oliy Majlis Senatida 29 mart kuni Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Ixtiyor Abdullaev O‘zbekistonga havf solayotgan islomiy tahdid haqida gapirdi.

«Dinga berilgan erkinliklarni ayrimlar noto‘g‘ri tushunishi oqibatida diniy aqidaparastlikning kuchayib borayotgani namoyon bo‘lmoqda”, dedi DXX raisi Ixtiyor Abdullaev.

DXX raisining ilk chiqishi diniy erkinliklarni cheklash deya baholanmoqda. Ayni paytda, o‘tgan oyda ijtimoiy tarmoqni junbushga keltirgan toshkentlik imomlarning chiqishlari ancha pasaygani sezilmoqda.

«Tug‘ilmagan chaqaloq ayrimlarni halitdan qo‘rqita boshlabdi… Bosh almashdi deb xursand bo‘lgan edik, kepka almashibdi, bosh o‘sha-o‘sha qolibdi, shekilli…», deb yozdi feysbukda taniqli o‘zbek yozuvchisi Nurulloh Muhammad Raufxon.

Ixtiyor Abdullaev nutqidan keyingi holatni rassom Tuz ko‘zadan chiqqan jinning qaytib u yerga kirishi taraddudi bilan qiyoslaydi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 mart 2020
Gorbachyov davri yetishtirgan eng taniqli rus-sovet jurnalisti Vladislav Listev 1995 yilning 1 martida Moskvada otib o‘ldirilgan edi. O‘sha paytda ...
21 mart 2018
O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevning tovuqlarni nega sevishi 20 mart kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumaniga borganida aniq bo‘ldi. Prezident matbuot xizmati ...
7 dekabr 2017
Karimov rejimi hosilasi bo‘lgan “jurnalist” Sherzod Qudratxo‘jaev matbuotdagi chiqishida o‘zbeklarni “benzin qimmatlasa, dod-voy soladigan arzon odamlar”, deb atadi. U ...
6 yanvar 2016
Aramays Avakyan va uning do‘stlari ustidan sud bugun soat 11 da, kutilmaganda boshlandi. Sudlanuvchilarning yaqinlari sud boshlanishi haqida tasodifan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...