Catira
17 aprel 2018

O‘zbekistonda Putin tashviqotini tarqatuvchi TV kanal ochiladi

Rossiyaning «Birinchi» telekanali O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda mamlakat ichkarisida alohida telekanal ochmoqchi. Bu haqda Axborot va kommunikatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu masala O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vaziri Azim Ahmadxo‘jaev hamda Rossiya aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin o‘rtasida kelishilgan.

Gap nafaqat Rossiyaning bitta kanali, balki VGTRK, «Rossiya Segodnya», «Rossiya 24» kanallari dasturlari rejissyorlarining O‘zbekiston axborot maydonida faoliyat boshlashi haqida bormoqda.

«Yuqoridagilar an'anaviy jurnalistika vakillari, oddiy OAV emas. Bular axborot urushida qatnashayotgan RF infoqo‘shinlari. Toshkent darvozalarining kalitini o‘z qo‘limiz bilan topshirib qo‘ymayapmizmi?» deya yozdi bu haqda feysbuk blogeri Sardor Salim.

Ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarda bugungi kunda eng ko‘p o‘zbekistonliklar yashayotgan Rossiyada o‘zbek kanali ochish to‘g‘risida gap ham yo‘qligi bitimning biryoqlamaligini anglatadi. Biroq bu xabar O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘sh qo‘llab tutqazish g‘oyasi tarafdorlari tegirmoniga ham suv quymoqda.

«Aytaylik, O‘zbekistonning Rossiyaga qo‘shilishidan davlat zarar ko‘rar, lekin oddiy xalq, oddiy aholiga bo‘ladigan foyda va zararni bir taroziga qo‘yib chiqsak nima deysiz? Shu mavzuni ham o‘rtaga tashlab ko‘ring», deya yozdi Sardor Salimga javoban Salim Ustaxonov ismli feysbuk yuzeri.

Ayni paytda bu xabar shusiz ham Rossiyaning Yaqin Sharqda va Ukrainada olib borayotgan urushidan norozi ijtimoiy tarmoqdagi ayrim o‘zbekistonliklarning jiddiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

«Hech kim sezmadi shekilli. Anneksiya qilingan Qrimga borishi mumkin ekan faxriylarimiz. Butun dunyo qarshi chiqayotgan baloga bosh suqish kimning xayoliga keldi ekan?»

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2016
Yangi hamkorimiz bizga jo‘natgan ilk hajviy surat «Karimovning amal kursisi» deb nomlanadi. Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan ...
22 iyun 2021
Yaqinda BMT ishchi guruhi 2018 yil oxirida qamalgan sobiq o‘zbek diplomati Qodir Yusupovning hibsga olinishi o‘zboshimchalikdir, degan xulosaga keldi. ...
27 noyabr 2017
Toshkentda ashaddiy qish boshlanishidan darak beruvchi davomli yomg‘ir narx-navo keskin oshishiga ishorat o‘laroq yog‘moqda. O‘tgan yakshanbada Toshkent bozorlarida narx-navo ...
2 mart 2020
Mansur Mirovalev AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Markaziy Osiyo rahbarlarini qatag‘onlarni qoralashga chaqirgan bo‘lsa-da, ekspertlarning ta'kidlashicha, Pekinning mintaqadagi ta'siri ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...