Catira
2 noyabr 2018

Buxoroda rasmiylar Jirinovskiyni quchoq ochib kutib olishdi

Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 2 noyabr kuni Buxoroga keldi.

Rossiya Davlat dumasi deputatlaridan iborat delegatsiyani, O‘zA xabariga ko‘ra, Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston parlamenti raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoevlar kutib olishdi.

Jirinovskiy Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyaga qo‘shilishi tarafdori ekanini o‘z bayonotlarida ochiq shaklda bildirib kelgan rus millatchisi sifatida tanilgan.

Uning O‘zbekistonga kelishi ochiqlangach, «Erk» demokratik partiyasi bayonot tarqatib, Prezident Shavkat Mirziyoevdan Jirinovskiyning O‘zbekistonga «qilishi mumkin bo‘lgan har qanday safarini» taqiqlashga chaqirgan edi.

Ayni paytda Jirinovskiyning O‘zbekistonga kelishi boshqa o‘zbek faollari g‘azabini ham kuchaytirdi. 

«Jirinovskiy doim o‘zbeklarni, turkiylarni, musulmonlarni haqoratlab, nizo va fitna keltiradigan bir radikalchi bo‘lsa, unga qanaqasiga, yurtimizga kelishiga ruxsat berildi?» deya yozdi o‘z murojaatida o‘zbek tahlilchisi Anvar Nazir.

Tarmoqda Jirinovskiyni «norozilik namoyishi bilan kutib olish» chaqiriqlari yangradi.

«Qani Buxoro, Samarqand, Toshkent, Anjon, mard o‘g‘lonlar bormi? Jirik kelishiga qarshi tinch namoyishga chiqishga duxi yetadigan o‘zbek bormi 33 million xalq ichida?» deya yozdi Elsevar O’zbek niki ostidagi feysbuk yuzeri.

«Qiziq, bizning qancha mulozimlarimiz, Jirinovskiyning yumshoq va iliq qo‘llarini olishga chiqisharkan))) jurnalistlardanch fotolarini kutamiz)» deya yozdi feysbuk blogeri Nailya Rahman‎.

Vladimir Jirinovskiyning Buxoroga safari LDPR liderining O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifidir.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2017
25 sentyabr kuni «Eltuz» muxbirining Andijondan xabar berishiga ko‘ra, o‘qituvchilarning terimdan qaytarilishi ortidan paxta uchun pul yig‘ib olinmoqda. Andijon ...
26 yanvar 2016
O‘zbek rasmiy ruxoniylarini tamsil qilgan nashr har bir fuqaro o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yhatini belgiladi. “Har bir o‘zbek o‘qishi ...
26 may 2017
Respublika telekanallarining «Axborot», «Tahlilnoma», «Poytaxt», «Davr» informatsion dasturlari yopiladi. Shu yilning aprelida «Eltuz» tanqidi ortidan, «Axborot» dasturi diktori Navbahor Karimova ...
11 mart 2016
7 va 8 mart kunlari jaxonning ko‘zga ko‘ringan paxta sanoati korxonalari vakillari, olimlar, siyosatchilar, taniqli xuquqbonlar va jurnalistlar ishtirokida ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...