Catira
10 noyabr 2018

O‘gay hukumatni odamlar nega sevishi kerak?

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan 1991 yildan to shu bugunchaga bu mamlakat hukumati chet elda boshiga ish tushgan birorta vatandoshini himoya qilmadi.

O‘zbek vatandoshlarini taqirbosh irqchilar o‘ldirsa ham, haqorat qilinsa ham O‘zbekiston hukumati uning tarafini olib bir og‘iz so‘z aytmadi. Millionlab o‘zbek o‘z mamlakati elchixonasi xodimlari tomonidan muttasil talandi, xo‘rlandi va kamsitildi.

O‘zbekiston o‘z vatandoshlari pasportiga chiqish vizasini qo‘yadigan yagona, moxov davlat sifatida qolmoqda. Go‘yoki O‘zbekiston ochiq osmon ostidagi qamoqxona. O‘zbekistonni boshqargan bir guruh sobiq kommunistlar esa uning boyligini imkon qadar ko‘proq o‘g‘irlash uchun kunu tun tirishishdi.

Odamlar gaz va elektr bemalol bo‘lgan sovet davrini sog‘ina boshlashdi. Xalq uchun tabiat ato qilgan gazni ko‘tarasiga Xitoyga sotgan oz sonli korruptsioner mulozimlar katta «otkat»lar olib boyigandir-u, ammo butun bir millat sovuqda dirdirashga mahkum qilindi. Mustaqillik oddiy odamlar nazdida faqat azobu uqubat va yo‘qsillikni tamsil qildi.

O‘zbekistonni boshqarganlarning oltin zakarli bolalari esa bu mamlakatni o‘marishni o‘ylashdi-yu, laoqal tilini ham o‘rganishmadi. Mamlakat boshida 27 yil turgan Karimovning ikki qizi, bir o‘g‘li va nabiralari o‘zbek tilida gapirmaydi.

Boshqa mulozimlar pushti kamaridan bo‘lganlar ham rusiyzabonlikni oliy martaba sifatida ko‘rishdi va ularni boyitgan el tilidan oshkora hazar qilishdi. Zotan, boshqaruv elitasidagilar o‘zbek tilidan va fe'lan mamlakat mustaqilligidan hazar qilgan kriminal to‘da edi, xolos.

Bugun Safoevu Barnoev kabi mulozimlar rus millatchisini non va tuz bilan qarshilamoqda. Bu vaziyatda oddiy xalqdan ne ta'ma? Nima ko‘rdi u mustaqillikdan?

Bu hukumat, bu davlat uni himoya qildimi? Unga odam kabi yashash, erkin harakat qilish huquqini ham ravo ko‘rmaydigan o‘gay hukumatni oddiy odamlar nega sevishi kerak?

Otabek Usmon,
mustaqil bloger

Tag‘in o‘qing
23 mart 2016
Sudga olib kelingan Aramais Avakyan va uning 3 nafar sherigi kutilmagan bayonotlar bilan chiqishdi. Aramais Avakyan: «Men qo‘poruvchi emasman! ...
23 mart 2018
Sarlavhaga chiqarilgan bu gap buyuk aktyor Shukur Burxonov ijrosidagi Yusuf Yalangto‘sh haqidagi filmda aytilgan. Ne tongki, “payg‘ambar” darajasiga ko‘tarilgan ...
15 dekabr 2021
Xorazm viloyati Yangibozor tumani hokimi O‘ktam Qurbonovning bug‘doy rejasini bajarmagan hududiy rahbarlarni uyat gaplar bilan so‘kkani haqidagi maqola e'lon ...
3 noyabr 2024
Toshkent dehqon bozorlaridagi korruptsion jinoyatlarni guvohlar tasdiqlamoqda. Toshkent shahrida jami 20 ta bozor mavjud. Bozorlar shahar hokimligi tasarrufidagi Munitsipal ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...