Catira
10 noyabr 2018

O‘gay hukumatni odamlar nega sevishi kerak?

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan 1991 yildan to shu bugunchaga bu mamlakat hukumati chet elda boshiga ish tushgan birorta vatandoshini himoya qilmadi.

O‘zbek vatandoshlarini taqirbosh irqchilar o‘ldirsa ham, haqorat qilinsa ham O‘zbekiston hukumati uning tarafini olib bir og‘iz so‘z aytmadi. Millionlab o‘zbek o‘z mamlakati elchixonasi xodimlari tomonidan muttasil talandi, xo‘rlandi va kamsitildi.

O‘zbekiston o‘z vatandoshlari pasportiga chiqish vizasini qo‘yadigan yagona, moxov davlat sifatida qolmoqda. Go‘yoki O‘zbekiston ochiq osmon ostidagi qamoqxona. O‘zbekistonni boshqargan bir guruh sobiq kommunistlar esa uning boyligini imkon qadar ko‘proq o‘g‘irlash uchun kunu tun tirishishdi.

Odamlar gaz va elektr bemalol bo‘lgan sovet davrini sog‘ina boshlashdi. Xalq uchun tabiat ato qilgan gazni ko‘tarasiga Xitoyga sotgan oz sonli korruptsioner mulozimlar katta «otkat»lar olib boyigandir-u, ammo butun bir millat sovuqda dirdirashga mahkum qilindi. Mustaqillik oddiy odamlar nazdida faqat azobu uqubat va yo‘qsillikni tamsil qildi.

O‘zbekistonni boshqarganlarning oltin zakarli bolalari esa bu mamlakatni o‘marishni o‘ylashdi-yu, laoqal tilini ham o‘rganishmadi. Mamlakat boshida 27 yil turgan Karimovning ikki qizi, bir o‘g‘li va nabiralari o‘zbek tilida gapirmaydi.

Boshqa mulozimlar pushti kamaridan bo‘lganlar ham rusiyzabonlikni oliy martaba sifatida ko‘rishdi va ularni boyitgan el tilidan oshkora hazar qilishdi. Zotan, boshqaruv elitasidagilar o‘zbek tilidan va fe'lan mamlakat mustaqilligidan hazar qilgan kriminal to‘da edi, xolos.

Bugun Safoevu Barnoev kabi mulozimlar rus millatchisini non va tuz bilan qarshilamoqda. Bu vaziyatda oddiy xalqdan ne ta'ma? Nima ko‘rdi u mustaqillikdan?

Bu hukumat, bu davlat uni himoya qildimi? Unga odam kabi yashash, erkin harakat qilish huquqini ham ravo ko‘rmaydigan o‘gay hukumatni oddiy odamlar nega sevishi kerak?

Otabek Usmon,
mustaqil bloger

Tag‘in o‘qing
19 dekabr 2017
Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumani ustalari «Ferrari» avtomobilining nusxasini yaratishdi. Eng qizig‘i, unga «Zaporojets» avtomobili motori o‘rnatilgan. «Eltuz» nashrining Urganchdagi ...
25 fevral 2016
Agar Navoiy tirik bo‘lganida bugungi o‘zbek kinolari haqida nima der edi. Har holda tasanno aytmagan bo‘lar edi. Masalan O‘zbekistonlik ...
13 dekabr 2023
O‘zbekistonda jinoyat doiralarida tanilgan tadbirkor G‘afur Rahimovga nisbatan jinoyat ish ochilgan emas. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh ...
1 dekabr 2022
Dastlabki shikoyat Qashqadaryodan: Boyqo‘rg‘onning omonat ko‘prigi Qashqadaryodagi ko‘prik ibtidoiy qurilishning noyob namunasi kabi sayyohlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Ammo ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...