Catira
31 dekabr 2018

Yil so‘nggida tovuq, limon, echkiga fotiha o‘qildi

Prezident Mirziyoevning tovuq, echki boqib, limon ekib daromad topish populistik iqtisodiy-siyosati 2019 yil arafasiga kelib butunlay yo‘qqa chiqdi.

Oxirgi marta Shavkat Mirziyoev nega tovuq boqishni sevishiga 2018 yilning mart oyida izoh bergan edi

U o‘zining 110 ta tovug‘i borligi, ularning 50 tadan tuxum qilishi haqida, tovuqlarning tagini kuyovlari bilan tozalashi haqida gapirgandi.

U «Har bir oila 100 tadan tovuq boqsin!», degan formulani prezidentlikka saylanganidan bir oy o‘tmay 2017 yilning 14 yanvarida o‘rtaga tashlagan edi.

Biroq, o‘sha yilning martdayoq ferma sharoitida boqiladigan tovuqlar, aholiga tarqatilgach birin ketin nobud bo‘la boshladi.

Tovuqlar ortidan echkilar o‘ldi. Limonlar quridi. Kredit liniyasi to‘xtatildi. Populistik qarsaklar tindi.

Biroq kredit olganlar qarzlarini yana uch yil davomida uzishlari kerak.

Rassom Kirpi
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 may 2018
Andijon shahrining so‘kong‘ich hokimi Dilmurod Rahmatullaevning tilini tushovlashning umuman imkoni bo‘lmayapti. O‘tgan yili shunday fe'li sababli u sud qarori ...
5 fevral 2022
29 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) @Eltuz telegram-kanalida bir kun ilgari (28 yanvar kuni) chiqqan xabarga raddiya ...
30 mart 2018
Ijtimoiy tarmoqda 30 mart kuni bog‘cha bolalarini urayotgan o‘zbek tarbiyachisi aks etgan navbatdagi video tarqaldi. «Eltuz» nashrining o‘rganishicha, bu muassasa ...
3 dekabr 2023
Davlat Xavfsizlik Xizmati xodimlari Toshkent shahar IIV uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlarini hibsga olganlar. Eltuz insayderiga ko‘ra, 1 ...
Bloglar
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib ...
23 noyabr 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan yozadiganlar va pul berib, birovning ustidan yozdiradiganlarga. ...
15 noyabr 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. ...