Asosiy mavzular
16 yanvar 2019

Alisher Ilhomov: Yomon va juda yomondan birini tanlash kerak

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov feysbuk sahifasida Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni
Bahodir Toshmatovga general-polkovnik unvonini bergani haqidagi xabarni bunday sharhladi:

«Mudofaa vaziriga general-leytenant unvoni berilishi kabi ko‘rinishidan arzimasdek bir xabarni o‘zaro raqobatdagi ikki guruh, bir tomondan Mirziyoev, boshqa tomondan Inoyatov-Abdullaev boshqarayotgan to‘dalar o‘rtasidagi keskinlashayotgan kurash fonida ko‘rish kerak. «Miromonich» oilasiga qarshi kompromat to‘plagan DXX raisi birinchi o‘rinbosari Jahongir Egamovning yaqinda hibsga olinishiga ham ayni kontekstda ko‘rib chiqish qarash talab etiladi.

Kurash natijasini ehtimol armiyaning kimning tarafiga og‘ishi hal qilishi mumkin. Shu bois, Mirziyoev tezlikda harbiylar sadoqatiga erishish choralarini ko‘rmoqda. Xullas, unvon tarqatishdan tashqari shu kunlarda u harbiylarga minglab kvartiralar berish va ularning farzandlari OO‘Yulariga kirishi uchun 700 ta grant ajratish to‘g‘risidagi ikkita farmonni ham imzoladi. Askarlar orasidan obro‘ izlash uchun yaqqol harakat. Bu yordam beradimi? Axir vazirni uning o‘zi tayinlagandi-ku? O‘ziga sadoqatlisini tanlamaganmidi? Buning hammasi shunchaki emas. Misr va Chilini unutmaylik, ayni davlatlarda yuqori mansablarga ko‘tarilgan generallar o‘zlarini tayinlaganlarga qarshi fitna uyushtirishgan edi.

Ko‘rinadiki, har ikkala tomon ham o‘ta korruptsiyalashgan. Biroq muayyan farqlar mavjud: agar hokimiyatni Inoyatov-Abdullaev to‘dasi qo‘lga olsa, u holda yangi “jasliq”larni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Agar Mirziyoev g‘alaba qozonsa, garchi mamlakat mafiyalashganicha qolsa-da, liberallashuv tomon ayrim o‘zgarishlarga yo‘l ochiladi. Ya'ni yomon va juda yomonni – “gulag+mafiyalashgan rejim” va shunchaki “mafiyalashgan rejim”dan birini tanlashga to‘g‘ri keladi».

Alisher Ilhomov
Feysbukdagi sahifasidan

Tag‘in o‘qing
4 may 2020
Yigirma bir yilni qamoqda o‘tkazgan buxorolik 43 yashar Jamshid Vosiev bugun, 4 may kuni ozod etildi. Bu haqda uning ...
24 noyabr 2021
Rassom Kirpi
30 may 2023
Samarqand Davlat Universteti Rus tili filologiyasi fakulteti talabasi  Shodiyona Rahmonova o‘z guruhdosh va kursdoshlariga telegram nomasi yo‘llab, 300 ming ...
16 may 2018
Mirziyoevning AQShga safari boshlangan 16 mayda Rossiya nashrlari IShIDning 5000 jangarisi O‘zbekistonga hujum qilishga tayyorligi haqida feyk xabarlarni tarqatdi. ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...