Venesuelada bo‘ron!
TIVning sobiq mulozimi Alisher Taksanov yanvar oxirida Venesuelada boshlangan voqealarni O‘zbekistonga qiyoslab yozgan she'rini feysbukda e'lon qildi. «Eltuz» tahririyati muallif izni bilan she'rni o‘zbekchalashtirdi.
Venesuelada bo‘ron,
Xalq tag‘in ko‘kragin kermish.
Ularga Madura non
o‘rnida mushuk yemi bermish.
O‘zbekistonda esa tinchlik,
Byudjetni qilishar arra.
Osoyishta osmon ostida,
Dollarlarga cho‘milishar.
G‘azabga minar Karakas:
«Bo‘shatgin o‘rningni, to‘nka!
Bo‘ynimizga mingan nokas,
Sening joying temir shkonka!»
Toshkent esnaydi, mudraydi,
Qo‘rqadi hukmdor turqidan.
Xalq faqat osh haqda o‘ylaydi,
Podaday yaylovga tarqagan.
Venesuelaliklar talab qilishar,
Maduroning iste'fosini.
Davlatni boshqarish – bir hashar,
Yiqitishar shahanshohini.
O‘zbeklar jimgina kavshab non,
Otkatu porani eltishar.
Hukmdorga ta'zim qilibon,
Vazir nima so‘rasa berishar.
Maduro g‘azabnok, qichqirar,
Biroq hech tinglamas olomon.
Toshkentda korruptsiya burqirar,
Quyishar, ichishar samogon.
Ikki dunyo – ikki xalqdir,
Xalqningki ori bor, kurashar.
Bunisi qo‘rquvdan titraydir,
Najotsiz qayishar, burishar.
Venesuelada esa bo‘ron
Burqirar, xalq tag‘in qistaydi.
It yemi bermoqchi bo‘lgan Maduroni
sazoyi etmoqni istaydi.
Alisher Taksanov
Eltuz.com