UzPoster
23 fevral 2019

Poytaxtni ko‘chirish – ma'qul taklif

​​Evril Turonning poytaxtni Jizzaxga ko‘chirish haqidagi taklifini ko‘pchilik kulgi ostiga oldi, kimdir paxta qo‘yish sifatida baholadi. Menga esa taklif ancha jo‘yali tuyuldi.

Poytaxt ko‘chirish fenomeni katta yangilik emas — boshqa davlatlar tarixida kuzatilgan holatdir. Uzoqqa bormaylik, Qozog‘iston eski Oqmo‘la shaharchasi o‘rniga yangi Ostona shahrini qurib, poytaxtni unga ko‘chirdi. Turkiyada ham poytaxt Anqaraga olib o‘tilgan edi o‘z vaqtida. Uzoqroq o‘tmishga qaraydigan bo‘lsak, Pyotr I Sankt-Peterburgni bunyod etib, unga poytaxtni olib o‘tganini eslash mumkin.

Poytaxt ko‘chirilishi bizga nima beradi?

1) Yirik shaharlar sonining ko‘payishiga olib keladi. Taraqqiyot asosi yirik shaharlar ekanligini inobatga olsak, shuning o‘ziyoq katta yutuq.

2) Toshkent madaniyat markazi bo‘lib qolsa, siyosat yangi tashkil etiladigan yoki qayta quriladigan birorta shaharga ko‘chirilsa, bu yashash sharoiti yuqori bo‘lgan shaharlar soni bitta emas, ikkita bo‘ladi degani. Ya'ni chiroq-gaz o‘chmaydigan, internet uzilib qolmaydigan, millionlab odamlarni sig‘diradigan ikkita birlik bo‘ladi, katta-kichik kompaniyalar mahsulot va xizmat sotishi uchun ikkita katta bozor bo‘ladi.

3) Toshkentga migratsiya bosimi kamayadi, ya'ni chekka hududlardan ko‘chib keladigan fuqarolar bitta emas, ikkita shaharga ko‘chadi, hukumat qo‘rqadigan xayoliy kollaps ehtimoli yo‘qqa chiqadi.

4) Davlat bir yangilanib oladi — jiddiy o‘zgarishlardan keyin omadsizliklarni unutib, yangi yutuqlarga intilishga sabab bo‘ladi.

Albatta, balki bu natijalarga erishishning osonroq yo‘llari bordir, masalan, aholining ko‘pchiligini poytaxtga ko‘chirish yoki bo‘lmasa, bir-ikkita yirik shaharni yanada yiriklashtirish. Endi uyog‘ini iqtisodchilarga qo‘yib beraman, yuqoridagi havaskorona fikrlarim bilan cheklanaman va har doimgiday absolyut haqiqatga da'vo qilmayman.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
20 oktyabr 2021
O‘zbekiston prezidenti saylovi arafasida mustaqil jurnalistlar va blogerlarga bosimlar kuchaydi. Xususan, 16 oktyabr kuni “Ozodlik”ning telegram kanaliga jurnalistlarga o‘lim ...
27 dekabr 2016
Telegramda tarqalgan videoda Toshkentning TTZ bozorida kallai saharlab tuxum olish uchun navbatda turgan tumonot odamni ko‘rish mumkin. Izoxlarga ko‘ra, ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki shiki madam shiki va ...
28 noyabr 2019
Turkiyada yashayotgan taniqli adib va siyosatchi Muhammad Solih shu yilning 20 dekabrida 70 yoshga to‘ladi. Muhammad Solih hayoti haqidagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...