UzPoster
23 fevral 2019

Poytaxtni ko‘chirish – ma'qul taklif

​​Evril Turonning poytaxtni Jizzaxga ko‘chirish haqidagi taklifini ko‘pchilik kulgi ostiga oldi, kimdir paxta qo‘yish sifatida baholadi. Menga esa taklif ancha jo‘yali tuyuldi.

Poytaxt ko‘chirish fenomeni katta yangilik emas — boshqa davlatlar tarixida kuzatilgan holatdir. Uzoqqa bormaylik, Qozog‘iston eski Oqmo‘la shaharchasi o‘rniga yangi Ostona shahrini qurib, poytaxtni unga ko‘chirdi. Turkiyada ham poytaxt Anqaraga olib o‘tilgan edi o‘z vaqtida. Uzoqroq o‘tmishga qaraydigan bo‘lsak, Pyotr I Sankt-Peterburgni bunyod etib, unga poytaxtni olib o‘tganini eslash mumkin.

Poytaxt ko‘chirilishi bizga nima beradi?

1) Yirik shaharlar sonining ko‘payishiga olib keladi. Taraqqiyot asosi yirik shaharlar ekanligini inobatga olsak, shuning o‘ziyoq katta yutuq.

2) Toshkent madaniyat markazi bo‘lib qolsa, siyosat yangi tashkil etiladigan yoki qayta quriladigan birorta shaharga ko‘chirilsa, bu yashash sharoiti yuqori bo‘lgan shaharlar soni bitta emas, ikkita bo‘ladi degani. Ya'ni chiroq-gaz o‘chmaydigan, internet uzilib qolmaydigan, millionlab odamlarni sig‘diradigan ikkita birlik bo‘ladi, katta-kichik kompaniyalar mahsulot va xizmat sotishi uchun ikkita katta bozor bo‘ladi.

3) Toshkentga migratsiya bosimi kamayadi, ya'ni chekka hududlardan ko‘chib keladigan fuqarolar bitta emas, ikkita shaharga ko‘chadi, hukumat qo‘rqadigan xayoliy kollaps ehtimoli yo‘qqa chiqadi.

4) Davlat bir yangilanib oladi — jiddiy o‘zgarishlardan keyin omadsizliklarni unutib, yangi yutuqlarga intilishga sabab bo‘ladi.

Albatta, balki bu natijalarga erishishning osonroq yo‘llari bordir, masalan, aholining ko‘pchiligini poytaxtga ko‘chirish yoki bo‘lmasa, bir-ikkita yirik shaharni yanada yiriklashtirish. Endi uyog‘ini iqtisodchilarga qo‘yib beraman, yuqoridagi havaskorona fikrlarim bilan cheklanaman va har doimgiday absolyut haqiqatga da'vo qilmayman.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
23 yanvar 2019
O‘zbekistonda majburiy obunaning taqiqlanishi ko‘plab mahalliy gazeta va jurnallarning yopilishiga olib kelishi mumkin. 11 yanvar kuni «Normativ-huquqiy hujjatlar» portalida ...
2 iyun 2017
Qoidalar Rossiya prezidentining «2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari» haqidagi 202-son farmoni bilan bog‘liq. Havfsizlik choralariga ...
29 yanvar 2024
Xatirchida klasterchi 10 nafar ruda qazuvchi tushgan tashlandiq kon to‘lasini ko‘mib tashladi Yeltuzga yetib kelgan videolarda shu yilning 8 yanvarida sodir ...
6 avgust 2020
Los-Anjelesda juda qimmatga baholangan uchta investitsiya ob'ekti bir vaqtning o‘zida sotuvga qo‘yildi. Hashamdor ko‘rinishdagi ushbu villalar 5,995 milliondan 6,495 ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...