Ko‘zqarash
19 mart 2019

Aqllilik balosi

Nazarboev maxsus texnika bilim yurtini tugatgan. Oliy partiya maktabini bitirganini aytmasa, oliy ma'lumoti yo‘q. Ammo butun kamchiliklariga qaramasdan, Qozog‘istonni iqtisodi rivojlangan elliktalikka olib chiqdi, poytaxtni ko‘chirdi, mamlakatni to‘laqonli kosmik davlatga aylantirish jarayonini boshlab berdi.

O‘zi yaqinda aytganidek, qozoqlarni mardikorlikdan asrab qoldi. (Men talaba bo‘lgan 1990-yillar boshida Toshkent qog‘oz fabrikasi (UzBUM) ishchilarining yarmini chimkentliklar tashkil qilgan. Chimkentning yarmi Toshkentga qatnab ishlagan bo‘lsa, ajablanmayman).

Karimov bir emas, ikkita oliy ma'lumotga ega edi, Toshkent aviatsiya zavodining bosh konstruktori bo‘lgan. Koreys mashina zavodining filialini ochdi, bir nechta ko‘priklar qurdirdi…

Ammo aviatsiya va mashinasozlik zavodlarini tugatdi, O‘zbekistonni Osiyodagi yagona samolyotsozlik davlati maqomidan mahrum qildi, Kosmonavtika (aeronavtika) va yadro dasturlarini to‘xtatdi. SSSRdagi birinchi kompyuter ishlab chiqarilgan «Algoritm» va Markaziy Osiyodagi yetakchi «Foton» elektrotexnika ishlab chiqarish birlashmalari rivojlanmay qolib ketdi. O‘zbekistonni dunyoda mardikor va fohisha eksport qiluvchi hamda zamonaviy quldorlik amalda bo‘lgan davlatlardan biriga aylantirdi (rasman).

Qama-qamalar, qiynoqlar va siyosiy qatag‘onlar ham Qozog‘istondagidan kamida ikki hissa ko‘p edi.

Bir davlatning iqtisodi va bir millatning genofondi qasddan yo‘q qilinsa, shunchalik natijaga erishish mumkinmi-yo‘qmi, men bilmayman.

Nazarboev ham diktator, ammo diktaturalar farqli.

Menimcha, Mirziyoev tanlagan iqtisodiy va siyosiy model Nazarboevnikiga yaqinroq.

Pahlavon Sodiq
J
urnalistning feysbuk sahifasidan

Tag‘in o‘qing
19 dekabr 2022
(Nullum crimen, nulla poena sine lege) Davlatning kuch ishlatar tizimlari qarshisida shaxsning qadr qadr-qimmatini muhofaza qilishning eng muhim vositasi ...
31 mart 2016
Unda chop etilgan bitta lavhachaga ko‘zimiz tushib, gazetaning saviyasi qanchalik ekani to‘g‘risida o‘zingiz xulosa chiqaring, degan ma'noda uni deyarli ...
8 fevral 2018
Prezident Mirziyoev chet ellik sayyohlarga mamlakat hududida fotosurat olishga ruxsat beruvchi qaror chiqardi. 6 fevral kuni imzolangan bu qarorga ...
23 fevral 2018
«Ular mahalliy tadbirkorlarni adolatsiz ravishda turmaga tiqqanini bilaman. Menda hatto qiynoqlar qo‘llanilganiga oid fotosuratlar ham bor. Men bu yovuzlikni ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...