Ko‘zqarash
1 may 2019

Toshkent hokimining «samosud» qilishga haqqi bormi?

Toshkent shahri hokimining tadbirkor bilan yovvoyi «samosud»ini ko‘rib, bir-ikki fikr aytishni joiz deb bildik.

Kimga qanaqa bilmadig-u, lekin juda xunuk va yovvoyi yo‘l bilan tadbirkorning po‘stagi qoqilgan. Bu birinchidan. Asosiy masala – sud qarorisiz mulkning buzilishi qolib, «erkak» bo‘lsang…» bo‘lib ketibdi. Bu vazn toifasidagi teng raqiblar jangi emas.

Ikkinchidan, hokimning xatti-harakatlari yana va yana O‘zbekistonga mustaqil sud hokimiyati kerakligini ko‘rsatyapti. Prokuratura va ijro organlari aytganini emas, balki qonun nomi bilan ishlaydigan chinakam mustaqil sud hokimiyati bo‘lmas ekan, kunimiz, taqdirimiz mana shunaqa qo‘pol, tsinik rahbarlarga qolaveradi. Adliya vazirligi yaqinda yozg‘irganidek, sud tartibida hal qilinishi kerak edi aslida.

Uchinchidan, bu O‘zbekiston tarixidagi yana bir muhim pretsedent. Hokimlar erkin va demokratik saylovlarda xalq tomonidan saylanmas ekan, xalq bilan, tadbirkor bilan (soliq to‘lovchi) bilan gaplashishni bilmaydigan rahbarlar hokimiyatga kelaveradi.

To‘rtinchidan, O‘zbekistonga kirmoqchi bo‘lgan investor uchun aniq-ravshan signal bu: O‘zbekistonda biznes qilmoqchimisan, po umolchaniyu aybdorligingni bil. Investorlarni jurnalistlar emas, balki mana shunaqa «xolis, adolatli debatlar» cho‘chitadi va cho‘chitdi ham.

Beshinchidan, mustaqil O‘zbekistonning 28 yillik tarixi bizni bitta achchiq haqiqatga o‘rgatdi. Har qanday tadbirkorni, kim bo‘lishidan qat'i nazar, o‘nlab moddalarda ayblab, javobgarlikka tortish mumkin. Buning uchun qaerdadir «xohish» bo‘lsa, bas. Agar xohlanilsa, «Artel»gayam, «Akfa»gayam «qahramon» tadbirkorga ilgari suril(ayot)gan ayblovlarni to‘liq qo‘llash mumkin. Vaqt oliy hakam.

Albatta, bularning barchasi IMHO.

Telegramdagi «davletov.uz» kanali blogeri

Tag‘in o‘qing
12 yanvar 2017
Prezident Sog‘liqni saqlash vaziri Adham Ikromovga uch oy ichida chet elga ishga ketgan 50 ta o‘zbekistonlik medikni qaytarishni buyurdi. ...
29 yanvar 2020
O‘zbekistonlik olima Gulsara Shermatova ijtimoiy tarmoqda qoldirgan 28 yanvar kungi postida «chet ellardagi yuqori malakali PhD unvoniga ega kadrlarning» ...
1 aprel 2021
(Rassom Tuz audiohikoyasi matnining davomi) O‘quvchida Qo‘yliga xiyonat qilgan Ullibiyining keyingi hayoti nima bo‘ldi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu ...
10 mart 2020
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...