• Minbar.uz saytidan olib tashlangan maqola sahifasia
Dayjest
13 may 2019

«Yo o‘zimiz o‘chirganmiz, yoki «tepadan» o‘chirtirishgan»

Boya saytda firibgarlik aybi bilan qo‘lga olingan mansabdor haqida bir maqola paydo bo‘ldi. Keyin kirib qarasam, maqola o‘chirtirilgan. Va mana bunday istehzoli yozuv turibdi: – «Maqolani topa olmadingizmi. Yo texnik xato sabab o‘zimiz o‘chirtirganmiz yoki «tepadan» o‘chirtirishgan»).

Minbar, mayli, kulgu orqali tsenzura haqida xabar qilyapti, lekin so‘nggi paytlar OAVga ta'sir o‘tkazish kuchaymoqda. Kuni kecha bir qator OAV va blogerlarning telegram kanalidan bir umumiy mavzudagi maqolalari o‘chirildi. Keyin esa ularga bosim o‘tkazib majburan o‘chirtirilgani haqida tarmoqda ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Bir nimalar bo‘lyapti ishqilib.

Buning fonida blokdan chiqarilgan saytlar haqidagi xabar ham tatimadi. Chunki hammasi ham blokdan chiqmadi. Tanlab-tanlab blokdan chiqarishdi.

O‘zi ikki yil deganda OAV erkinligi bo‘yicha indeksda zo‘rg‘a vaziyatni yaxshilagan edik. Yana orqaga qaytishlar bo‘lyapti. Yoki so‘z erkinligini imitatsiya qilayotganimizni tan olaylikda, avvalgiday tinch, ovoz chiqarmay yashaylik yoki haqiqatda erkin bo‘laylik. Tepadan qo‘ng‘iroqlar kabi eski rejimning usullarini qo‘llamasdan.

Vakolatlilarga insof va idrok tilab qolaman.

Nozim Safarov
bloger-shoumen

Tag‘in o‘qing
17 dekabr 2020
Rassom Elsevar karikaturasi
1 sentyabr 2016
Miyasiga qon quyulgani aytilgan Islom Karimovning tug‘ilgan uyidan 100 metr naridagi Chorraxa masjidi bo‘ladigan muhim tadbir – dafn marosimi ...
10 fevral 2017
Deputatlar ham kutib turgan ekan shekilli, prezidentning faol bo‘ling, degan topshirig‘idan keyin bel bog‘lab xalq bilan ham tillashishga tushib ...
7 iyun 2018
Uchko‘prik tumani hokimligi majlislar zalida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Svetlana Yegorova ishtirokida majburiy mehnatning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...