Asosiy mavzular
7 oktyabr 2019

Blogerning otasi: Egizak go‘daklari Nafosatni sog‘indi…

Majburan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan xorazmlik bloger Nafosat (Shabnam) Olloshukurovaning otasi Boltaboy Olloshukurov qizining sog‘lom ekani, ikki egizak qizalog‘i onasini sog‘inganini aytmoqda.

“Mening qizim oliy ma'lumotli jurnalist. IIB xodimlari uni jinniga chiqarib, ruhiy shifoxonaga qamashdi. Qizimni u yerda yo haqiqatan ham ruhiy kasal qilishlari, yoki o‘ldirib yuborishlari mumkin”, dedi Boltaboy Olloshukurov.

Shoir Mahmud Rajabning “Toshkentga yurishi”ni yoritgani uchun 10 kun qamoqqa tashlangan bloger Nafosat Olloshukurovaga 4 oktyabr kuni jazo psixiatriyasi qo‘llanilgan edi.

Biroq Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdig‘iga ko‘ra, Nafosat Ollashukurova qamoq muddatining uchinchi kuni – 26 sentyabrdayoq «ruhiyatida o‘zgarishlar sezilganligi uchun tez tibbiy yordam chaqirtirilib, psixiatrning tavsiyasi bilan viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketilgan».

IIB xodimlariga tayanib berilgan boshqa xabarlarda esa 3 oktyabr kuni qamoq muddati tugashi bilanoq Bog‘ot tumani IIB xodimlari Olloshukurovani majburan to‘g‘ri ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib ketishgani, 4 oktyabr kuni tushdan keyin Xorazm viloyati ruhiy va asab kasalliklari dispanseriga rasmiylashtirilgani bildirilgan edi.

Curatda: Nafosatning otasi va ikki egizak qizi (blogerning oilaviy arxividan)

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 dekabr 2017
22 dekabr kuni Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etarkan, to‘rt soatlik uzluksiz nutqida, jumladan, deputatlarning o‘ta passivligini kesatib ...
20 mart 2017
18 mart kuni Turkiyaning turli shaharlarida 76 ta yashirin fohishaxona ochgan O‘zbekiston vatandoshi 36 yashar Madina Shukurova Istanbul Ota-Turk ...
10 may 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov klasterlar tizimi mamlakat qishloq xo‘jaligi ...
16 yanvar 2017
O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning Toshkentda uy qamog‘ida saqlanayotgan katta qizi yaqinda Shveytsariya prokuraturasi tomonidan pul yuvish ayblovi bo‘yicha ...
Bloglar
25 may 2021
O‘zbekistonda yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma respondentlarning 10 foizdan ko‘prog‘i oiladagi zo‘ravonlikka qarshi emasligini ko‘rsatdi. Bu mamlakatdagi gender munosabatlardagi tashvishga soladigan holatdir. Bu haqda Eurasianet nashri yozdi. 15 may kuni BMTning ...
19 may 2021
Toshkent shahrida bunyod etilgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar 9 may ...
18 may 2021
1914 yilning 18 mayi deya tarix yozilgan bu surat markazida turgan Abdullabekning evarasi, shu kunlarda ...