Ko‘zqarash
7 oktyabr 2019

Mahmud Rajab: Men Nafosatga qayg‘udoshman

Men 10 kunlik qamoqdan uyga kelgan zahotim intervyu berganimda Shabnamning taqdiridan mutlaqo bexabar edim.

Mening Shabnam haqida shu kungacha jimligim iztirobdan, chorasizlikdan. Bu hayotda hech birimiz farishta emasmiz. Hozir mening Shabnamdan ham, IIB xodimlaridan ham xato axtarish istagim yo‘q, faqat o‘z xatolarim haqida gapirishga haqliman.

Men ehtirosga berildim. Kim yutdi, kim yutqazdi, degan savol o‘rinsiz. Aql bilan ish qilinsa, ikkala tomon ham foyda ko‘radi, ehtiroslarga berilib, xatoga yo‘l qo‘yilsa, ikkala tomonga ham zarar.

10 kunlik hibs menga 100 yillik saboq bo‘ldi. Men vijdonimga qarshi bormagan holda murosa yo‘lini tanladim. Kema teshilganida qarama-qarshi manfaatlar birlashadi.

Qariyalardan eshitganim bir voqea esimga tushdi. Xiva xonligi navkari bir mahbusning qo‘llarini bog‘lab Amudaryodan olib o‘tayotganida qayiq teshilib, ichiga suv kira boshlabdi.

Navkar mahbusning qo‘llarini yechibdi. Ulardan biri eshkak eshib, ikkinchisi lagan bilan qayiq ichidagi suvni daryoga to‘kib turgani oqibatida cho‘kishdan qutulib qolibdi. Saroyga kelib bu voqeani xonga aytib berishgan ekan, hammalari murosaga kelib, bundan buyon tinch-totuv, ahil yashashga ahd qilishibdi.

Hozirgi vaziyatda biz kemadagi mahbus bilan navkar ahvolidamiz, bir-birimizga ishonmasak, bir-birimizga quloq solmasak, hammamiz birga cho‘kib nobud bo‘lish arafasida turibmiz.

Hozir men Shabnamga qanday yordam berishni o‘ylab qiynalyapman. Shabnamga ko‘rsatilajak yordam xalqimizning, davlatimizning, huquq-tartibot idoralarida ishlovchi barcha vijdonli xodimlarning manfaatlariga mos bo‘lishi kerak.

Men o‘z ishim yuzasidan IIB bilan qonun doirasida bir qarorga keldim. Hozir mening atrofimda “melisaga ishonma” deguvchilar ko‘p. Men Allohga tavakkal qilib, ularning va'dalarini qabul qildim. Agar yanglishgan bo‘lsam, peshonamdan ko‘raman.

To‘rt devor ichida o‘tirgan odam o‘zini o‘zi qutqarmasa, uni tashqaridan turib qutqarish amri mahol. Hozirgi hibsxona avvalgi davrdagidan keskin farq qilar ekan. Hech kimni sotmasdan ham ozodlikka chiqish mumkin. Buni men o‘z hayotim bilan tasdiqlayman. Ammo oldimda hali sud jarayoni turibdi. Agar ana shu sud nisbiy darajada bo‘lsa ham odil hukm chiqarsa, butun dunyoga jar solaman. Buyog‘ini endi kelajak ko‘rsatadi.

Shabnam singlimga va uning yaqinlariga chin dildan qayg‘udoshman. Neki xatosi bo‘lsa, Alloh ham, qonun ham kechirsin! Tez kunlarda murosa yo‘li bilan ozodlikka chiqib, kutayotganlari bilan diydorlashish nasib etsin!

Mahmud Rajab,
2019 yil 7 oktyabr.

Tag‘in o‘qing
21 iyul 2017
Joriy yil boshida Turkiyadagi Reina tungi klubiga hujum qilib 39 kishini o‘ldirgan Abduqodir Masharipovga ko‘mak berganlikda gumonlangan 42 yosh, ...
7 iyul 2019
“Ozodlik ohanglari” audiokitobi o‘zbek modern she'riyatining asoschisi Rauf Parfi she'rlari bilan ochiladi. “Eltuz” nashri bu kitobdan o‘rin olgan she'rlarni ...
6 yanvar 2016
Aramays Avakyan va uning do‘stlari ustidan sud bugun soat 11 da, kutilmaganda boshlandi. Sudlanuvchilarning yaqinlari sud boshlanishi haqida tasodifan ...
29 avgust 2016
“XXI asr” gazetasida (25.08.2016) O‘zLiDeP partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining “istiqlol bergan ulkan imkoniyatlar, erishilgan bemisl yutuqlar”ga bag‘ishlangan ...
Bloglar
28 may 2020
Bosh prokuratura koronavirus tarqalishi silsilasini aniqlash oson bo‘lishi uchun fuqarolardan kundalik tutishni so‘raganida ba'zilar buni ...
25 may 2020
“Bi-Bi-Si” radiosi o‘zbek xizmati jurnalisti Muhammad Solihga: “Koronavirus pandemiyasi payti shunday chiqish qilishingiz o‘rinlimi? Buning ...
18 may 2020
1914 yilning 18 mayi deya tarix yozilgan bu surat markazida turgan Abdullabekning evarasi, shu kunlarda ...