Ko‘zqarash
27 noyabr 2019

«Prokuraturaning bayonoti so‘z erkinligiga qarshi zarba bo‘ldi»

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning ijtimoiy tarmoqda tarqalgani audioyozuvidagi holatlarni tekshirish yuzasidan bayonot  berdi. Jurnalistlar sha'niga haqorat va tahdid mazmunidagi bu audioyozuv joriy yilning 16 noyabr kuni Internet nashrlarda tarqalgan edi.

Bosh prokuratura bayonotida mazkur holatga huquqiy baho berish maqsadida JPKning 329-moddasiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazganini bildirgan.

Jurnalistlarga tahdid qilgan hokim oqlanmoqda

“Tergovoldi tekshiruvida aniqlanishicha, J.Artikxodjaev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi bo‘la turib, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalariga rioya qilmasdan, haqoratli va qo‘pol so‘zlarni ishlatgan.

Biroq uning nojo‘ya so‘zlari umumiy tarzda aytilgani, muayyan shaxsga qaratilmaganligi, real tahdid yo‘qligi bois, J.Artikxodjaevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas.

Shu sababli JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi”, deyiladi prokuratura bayonotida.

Jurnalistlar esa kasb axloqini buzishda qoralanmoqda

Bosh prokuratura bayonoti yuzasidan fikrlarini feysbuk sahifasida qoldirgan Bi Bi Si jurnalisti Ibrat Safo undagi bir qancha xato va noaniqliklarga e'tibor qaratdi:

“Umumiyla, prokuratura so‘z erkinligini ta'minlash emas, balki ijrochi organ xodimini himoya qilishga ko‘proq tirishayotgani ko‘rinib turibdi”.

Bosh prokuratura bayonotida, jumladan, «Kun.o‘z» jurnalistlari kasb etikasini buzganlikda ayblanadi:

“Ushbu jarayonni “Kun.uz” muxbiri B.Ahmedov “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ravishda, uchrashuv ishtirokchilarini ogohlantirmasdan telefoniga xufyona yozib olgan va tahririyatga taqdim etgan.

O‘z navbatida, tahririyat tomonidan noqonuniy yo‘l bilan olingan axborot yo‘q qilinmagan”.

Ibrat Safo o‘z izohida ayni audioyozuv noqonuniy yo‘l bilan olinmagani bildiradi.

“Birinchidan, tilga olingan qonunda xufyona yozib olish bo‘yicha modda yo‘q. Buning ustiga, agar ogohlantirilsa, u xufyona bo‘lmay qoladi

Ikkinchidan, qonunda bunday deyilgan:

“Jurnalist o‘z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz JISMONIY shaxsning ShAXSIY hayotiga taalluqli ma'lumotlarni e'lon qilishi, shuningdek, audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emas”.

Toshkent hokimi jismoniy shaxs emas. Uning, ayniqsa, hukumat idorasi devorlari ichida aytgan gapining shaxsiy hayotiga aloqasi yo‘q”, deya asoslaydi o‘z fikrini jurnalist.

Shuningdek, u Bosh prokuratura bayonotidagi hokim tahdidini xaspo‘shlashga urinishdagi mavhumliklarga e'tibor qaratadi:

“… uning nojo‘ya so‘zlari umumiy tarzda aytilgani, muayyan shaxsga qaratilmaganligi, real tahdid yo‘qligi bois, J.Artikxodjaevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas”.

Bu yerda ham mavhumlik bor. Olmazor tumani hokimi muovini bilan aynan jurnalist Rahmatilla Isroilov to‘qnashgan. Bu uning jurnalistik tekshiruvi bo‘lgan. Ortiqxo‘jaev qarshisida ham Isroilov turgan. Demak, cho‘ktirib yuborish, yo‘qotib yuborish va gey qilib e'lon qilish kabi tahdidlar bevosita jurnalist Isroilovga qarata qilingan, deyish mumkin. Isroilov katta bosim va qo‘rquv ostida bo‘lishi hisobga olinsa, uning shaxsan o‘zi prokuraturaga murojaat qilmayotganini tushunsa bo‘ladi.

Prokuraturaning bu bayonoti O‘zbekistondagi so‘z erkinligiga qattiq zarba bo‘ldi, deyish mumkin”, deya yozadi Ibrat Safo.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 noyabr 2018
Italiyaning Bari shahrida 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan maxsus marosimda «Eltuz» nashri direktori Umida Niyazovaga «Tinchlik muxbiri» (Reporter for ...
5 yanvar 2023
Qadrli muxlislar. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 2023 yilgi ilk sonini taqdim etadi.+++2022 yilda eng ko‘p tilga olingan o‘zbek vatandoshi ...
26 dekabr 2016
Tabiiy gaz va svet berilishini talab qilib, magistral yo‘lni to‘sib piket qilgan jizzaxlik ayollar militsiya bo‘limlariga chaqirilib tushuntirish xati ...
5 avgust 2018
Rassom Elsevar O‘zbekistonning yo‘lovchi-mijozlarga xirapashshaday yopishuvchi taksichilarini hajv qiladi. Rassom Elsevar 6 yanvar 2016 yil Eltuz.com
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...