«Eltuz»ga maktub: Chiroqchida bolalar mehnati saqlanib qolmoqda
Kun o‘tmoqda, sana o‘zgarmoqda, lekin ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermayapti. Men Odil Elmurod, ”Ezgulik» inson huquqlari jamiyati faoli, Chiroqchi tumanidan (Qashqadaryo viloyati) yozyapman.
Tumanning er maydoni qo‘shni tumanlarnikidan katta hisoblanadi. Shu boismi, tuman mutasaddilari aholining ijtimoiy ahvolini ijobiy tomonga o‘zgartirishga ulgurishmayapti.
Natijada ishsizlik, o‘z joniga qasd qilish, jinoyatga qo‘l urish, chet elga ishga ketish, yo‘llarning abgorligi, ta'lim sohasining sustligi, bolalarni bog‘chaga va maktabga jalb etishga e'tibor qaratilmayotganligi, maktablarning ta'mirtalabligi, chekka hududlarda bog‘chalarning yo‘qligi, eng yomoni, tumanda bolalar mehnati hamon saqlanib qolinayotgani kuzatilmoqda.
Ushbu hududga yuqori tashkilotlarning e'tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz! Bizning taklifimiz bu hududni ikki yoki undan ko‘proq tumanga bo‘lish! Shunda mutasaddilar aholining ijtimoiy ahvolini ijobiy tomonga o‘nglashiga ishonamiz.
Odil Elmurod
“Ezgulik” jamiyati faoli