• Foto: Vladimir Jirinovskiyning telegram sahifasidan
Asosiy mavzular
6 fevral 2020

Jirinovskiy markaziy osiyoliklardan xavotirda

Markaziy Osiyo davlatlariga past nazar bilan qarashini yashirmaydigan Rossiya liberal demokratik partiyasi lideri Vladimir Jirinovskiy o‘zining telegram kanali orqali dunyoga koronavirus keng tarqalayotgan sharoitda Xitoydan emas, ko‘proq Markaziy Osiyo davlatlaridan qo‘rqish kerakligi bildirdi.

Rus siyosatchisining aytishicha, Markaziy Osiyo xalqlari muntazam ravishda Xitoyga va Rossiyaga qatnaydi. Shu bois, ular uchun Rossiya chegaralarini yopish, bu o‘lkalardan migratsiyani to‘xtatish kerak.

“Chunki Xitoyda tartib-qoida bor, mazkur mamlakatga kirganlar ham, chiqqanlar ham qattiq tekshiriladi. Markaziy Osiyo davlatlarida esa tibbiyot ham, nazorat ham yaxshi emas”, deydi Jirinovskiy.

Vladimir Putinning minbarorti mikrofoni deya e'tirof etiladigan Jirinovskiy koronavirus tarqalgan bir paytda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqa ӯrnatishda davom etish yaxshi ish emasligini ta'kidlaydi. Bemorlar go‘yoki Rossiyada bo‘lib turgani uchun omon qolishi mumkinligini, biroq Rossiya iqtisodiyotiga zarar keltirishini urg‘ulaydi.

Bir-ikki yil muqaddam o‘zbek amaldorlari tomonidan Buxoro shahrida yetti bukilib kutib olingan Vladimir Jirinovskiy bundan 3 oy oldin markaziy osiyolik migrantlar Rossiyada tibbiyot sohasida shifokor lavozimida ishlayotganidan xavotirda ekanini ham aytgan edi.

Ӯzbek amaldorlari bizga past nazar bilan qarab kelayotgan, bizni faqat qora ishchi sifatida ko‘rishni afzal bilguvchi Jirinovskiy kabilarning xatti-harakatlarini inobatga olgan holda, Rossiya tomonidan bosimlar ostida ilgari surilayotgan YeOIIga a'zolikka oid takliflarni uzil-kesil rad etsa ham yomon bo‘lmaydi.

Eltuz.com muxbiri

Tag‘in o‘qing
14 aprel 2016
Maqola muallifining yozg‘irishicha, global tarmoqdagi turli ma'lumotlar yoshlar ongiga salbiy ta'sir o‘tkazishi, ularning axloqiy jihatdan tubanlashuviga, zararli g‘oyalar ta'siriga ...
1 yanvar 2021
Mana, o‘lmagan qul siz bilan 2021 yilning ilk kunida diydorlashib o‘tiribman. 364 kunlik kitob turibdi oldimda. Bir-bir varaqlayman. Ko‘chada ...
16 avgust 2023
14 avgust kuni Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan Zo‘r.TV jurnalistlari Nurzodbek Vohidov va Sardorbek Yo‘ldoshevlarni kaltaklagan qurilish boshqaruvchisiga chora ko‘rildi. ...
21 mart 2016
«Toshkent shahar hokimining 18 mart kuni imzonlagan 244-sonli qaroriga ko‘ra, “Navro‘z” umumxalq bayrami o‘tkazish vaqtida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta'minlash ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...