Asosiy mavzular
3 may 2020

Cardoba to‘g‘oni falokati haqida mulohaza

Sardobadagi to‘g‘onning urib ketishi, pastdagi qishloqlarning suv olishi bu – isitma yoki ta'bir joiz bo‘lsa, aysbergning uchi, xolos. Keling, shu isitmaning yoki aysbergning ostiga tushishga harakat qilib ko‘raylik.

Yo‘q, masalaga prokuror kabi yondashmaymiz, balki bir tadqiqotchi singari umumiy yondashamiz. Bunday yondashuvda hech kim jazolanmasa-da, kelajakda bu kabi falokatlarning oldi olinishi mumkin. Albatta, natijalarga quloq solinsa. Jamoatchilik fikrlarini elakdan o‘tkazib, saragini ishlatgan jamiyatlar yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Shunday qilib, nega bu hodisa ro‘y berdi?

To‘g‘on qurish haqiqiy mutaxassislarning qo‘liga topshirilmagan. Haqiqiy mutaxassis kim? U o‘z ishining ustasi va halol odam. Shunday odam qurmagan to‘g‘onni. Yoki shunday odamga imkon berilmagan. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin: korruptsiyadan tortib, tizimdagi uquvsizlikkacha!..

Endi bu bittagina misol.

Shu bittagina misoldan ko‘plab boshqa misollarga, muammolarga borish mumkin. Ular ham mo‘rt to‘g‘on kabi jamiyatda madda bog‘lab yotibdi. Ularni ham shu ko‘yga solayotganlar turli yo‘llar bilan sohalar boshiga kelib qolgan tasodifiy kaslar – chala mutaxassisu chala odamlardir!

Xulosa shuki, har bir soha jilovini o‘z odamiga, o‘z mutaxassisiga topshirish kerak, nihoyat!.. Afsuski, hespublikaning ko‘p joylarida jilovlar tasodifiy rahbarlar qo‘lida. Bunday rahbarlar odatda sohaga emas, o‘zidan bir pog‘ona tepadagi kattaroq amaldorga xizmat qiladi. Bunday holda to‘rtta-beshta rahbaru rahbarchalarning shaxsiy tomorqasi gullab ketishi mumkin-u, lekin ular bosh bo‘lib turgan sohalar qurib bitishi aniq.

Nega tasodifiy odamlar rahbar bo‘lib qolmoqda?

Chunki ulardan-da kattaroq rahbarlar shuni xohlashmoqda. Ular tanqidni ko‘tara olishmaydi. Ishning haqiqiy mutaxassisi esa u bilan soha bo‘yicha tortishib qolishi, unday emas, bunday deya, o‘z professional qarashlarini ilgari surishi mumkin. Katta rahbarlar odatda shundan qochadi, qo‘rqadi va yon-atrofiga labbaychi-maddohlarni, qulluqchi-xizmatkorlarni yig‘ib oladi. Chunki ularda bilim yo‘q, tajriba yo‘q, bas, katta rahbarlar nima desa, kichiklari robot kabi shuni bajaradi. Topshiriqning real vaziyatga qay darajada to‘g‘ri kelib-kelmasligi haqida esa o‘ylab ham o‘tirmaydi. Natijada ular qurgan to‘g‘onni suv uradi, ular tayyorlagan futbolchilarni raqiblar suradi va hokazo…

Qisqasi, rivojlanmoqchi bo‘lsak, sohalar boshqaruvini haqiqiy mutaxassislariga berish kerak! Hamda yeng shimarib astoydil ishlashlariga qo‘yib beraylik. Yo‘qsa, hali ko‘p “to‘g‘on”lardan xavfsirab yashashga to‘g‘ri keladi…

Ulug‘bek Hamdam

2020 yil 2-may

Tag‘in o‘qing
15 iyul 2022
Och kishi nima deydir? Kecha hali zaptrak qimasdan binnasalar yozuvdim¸ yaxshi muhokama bo‘ldi. Bugun ham yugur-yugur bilan bo‘lib ozongi ...
9 aprel 2015
Bugungi kunda ahborot qatlamida Rossiya amalga oshirayotgan ishlarni, nafratni qo‘zg‘ashdan boshqa narsa deya atab bo‘lmaydi, deydi jurnalist Qudrat Bobojonov.  ...
2 noyabr 2021
2016 yildan buyon minglab odam ozod qilinganiga qaramay, O‘zbekistonda yana ikki mingga yaqin kishi siyosiy va diniy sabablarga ko‘ra ...
5 oktyabr 2018
Rossiya telekanaliga berilgan intervyu mazmuni USM Holdings asoschisi, Rossiyaning eng boy o‘ntaligiga kiruvchi Alisher Usmonov Rossiya kanalining «Deystvuyuщie litsa» ...
Bloglar
21 mart 2023
Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko‘rstuvimizga o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillaridan buyon AQShda yashayotgan ...
13 mart 2023
«Yeltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan AQShda yashayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov aprel ...
2 mart 2023
Bugun men uchun va men mansub bo‘lgan millat uchun aziz inson – Sovet Ittifoqining ilk ...