Asosiy mavzular
7 may 2020

Barmoqlar

Qadimgi Rim arenalaridagi hayot-mamot janglarini eslaysiz-a? O‘qigandirsiz, kinosini ko‘rgandirsiz…

Tepada hayqirayotgan, to‘lqinlanayotgan tomoshabinlarni-chi?

Hozir hayot sahnasida ro‘y berayotgan voqea-hodisalar ana shu omonsiz janglarga o‘xshasa, ularga OAVning turli shakllarida munosabat bildirayotganlar tomoshabinlardir, ya'ni sizu bizdirmiz.

Yaxshi bilasiz, jangda g‘olib bor, mag‘lub bor.
G‘olib mag‘lubni yer tishlatib, tepaga – tomoshabinga ko‘z tikadi. Tomoshabin esa bosh barmog‘ini ko‘kka yo yerga qaratib, mag‘lub taqdirini hal qiladi.

Ko‘pincha tomosha yanada qiziqarliroq, yanada esda qolarliroq bo‘lishi uchun tomoshabin bosh barmog‘ini yerga tikadi va bu harakati bilan mag‘lubga o‘lim hukmini o‘qiydi. G‘olib oyog‘i ostida yerparchin bo‘lib yotgan mag‘lubning bo‘g‘ziga tig‘ tortib, ko‘ksiga nayza suqib, qonini oqizadi. Sharillab oqayotgan qonni ko‘rib tomoshabin junbishga keladi…

Ko‘rinishidan arzimagan bir harakat qilindi: bitta barmoq shundoq pastga qaratildi. Bo‘ldi, tamom! Lekin shu bitta barmoq bilan bir inson qismatiga yakun yasaldi. Ammo u barmoq insonga hayot bag‘ishlashi ham mumkin edi…

Nazarimda, hozir ham deyarli hech nima o‘zgargani yo‘q: barmoqlarimiz klaviatura ustida tinmay harakatlanmoqda. Harakatlanib, kimgadir hayot, kimgadir esa o‘lim hukmini chiqarmoqda: chiq, chiq, chiq…

Biz esa tomoshaga o‘chmiz! Oh, naqadar o‘chmiz biz tomoshaga!..

Ulug‘bek Hamdam

(2020 yil 7 may)

Tag‘in o‘qing
14 mart 2020
Shu paytgacha oshkora tazyiqlarga uchrayotgan o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachilari va jurnalistlar endilikda virtual hujumlarga ham duch kelmoqda. Ularga elektron ...
3 yanvar 2019
Shvetsiya poytaxti Ctokgolmning Solna tumani sudida terrorchilikni moliyalash va teraktlar tayyorlashda gumon qilinib hibsga olingan 6 nafar o‘zbek ustidan ...
18 yanvar 2019
Turk yozuvchisi Aziz Nesin va rus yozuvchisi Anton Chexovga taqlidan va bo‘lgan voqeaga asoslanib yozilgan «hikoya» Bu hikoya yana ...
31 yanvar 2018
Stokgolm markazida terror hujumi uyushtirganlikda ayblanayotgan 39 yoshli Rahmat Oqilovga shved prokurori umrbod qamoq jazosi berilishini so‘radi. Eltuz.com
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...