Ko‘zqarash
28 yanvar 2021

Otajonov O‘zbekistonning uchinchi prezidenti bo‘lmoqchimi?

Jahongir Otajonov va putincha siyosiy texnologiyalar. Otajonov partiyasini registratsiyadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga bordi.

Partiyasining nomi «Xalq manfaati», xuddi boshqa muxolif partiyaning nomini eslatadi. Aynan shunda sabab: Partiya – spoyler degan tushuncha Rossiyada bor. Putinga qarshi partiya paydo bo‘lsa, uni omma, saylovchi oldida, rus tilida aytsak razmыt qilish, ommani chalg‘itish uchun xuddi shunaqa nomli soxta muxolif partiya paydo bo‘ladi.

Jahongirning bu ishlardagi maqsadlari bugun bir qancha – ommani haqiqiy muxolif doiralardan o‘z tomoniga og‘dirish, haqiqiy muxolif qatlamni parchalash, saylovni o‘yinga aylantirib, demokratiya, erkinlik tushunchalarini omma oldida obro‘sizlantirish, ommaning e'tiborini jiddiy muammolar muhokamasidan yasama mavzuga tortish.

Oxirgi sabab oldin ham uchragan. Masalan, biror jiddiy muammo ommaning e'tiboriga tushib qolsa, birdan yasama FB guruhlarda boshqa mavzu chiqib qoladi, asosan, tafakkurni emas, hissiyotni ishga soladigan. Ko‘pincha, misol, diniy omil bilan bog‘liq. Chunki din mavzusi doim bizda ko‘pchilikning e'tiborini tortadi, ko‘pincha dinga aloqasiz bo‘lsa ham aslida. Bunaqa «mavzularni» eslatib o‘tirmayman, buni mendan yaxshi bilasizlar.

Jahongirning yaratilishi ham siyosatchi sifatida murakkab masala edi. Shu bois, ko‘pchilikning nazari tushsin uchun «musiqa harom» degan salafiycha demagogiya oldinga tashlandi, ayrim dinchi doiralar bunga tortildi.

Dinni suiiste'mol qilish, aynan iste'mol so‘zi bu yerda o‘rinli, tizimning eski uslubi. Albatta, bunaqa iste'molning mualliflari hamma narsaga tupurgan, dinga ham. Ammo Leninning podani boshqarish uchun har uslub ishga yaraydi, degan siyosiy texnologiyasini bularning bobolari va otalari yaxshilab anglab olishgan.

Bir vaqt bunaqa iste'molchilik absurd darajasiga ham yetdi Esingizdami, HRW rahbari Stiv Sverdlovni omma oldida obro‘sizlantiraman, trolling qilaman deganlar? Buni orqasida MXXning 2-3 generali turgan.

Sayyod degan bir nusxa, hatto din so‘zidan ishlari va qiziqishlari uzoq, Allamjonovga yaqin nusxa bu ishni amalga oshirdi, rol o‘ynadi. Inson huquqlarini himoya etuvchi xalqaro tashkilotlar uchun O‘zbekistonda ishlash xavfli, bu yerda vakolatxonalarini ochmasin, degan maqsad turgan o‘shanda. Chunki xalqaro tashkilotlar bunaqa ommabop fitnalardan qochishadi har doim.

Esingizdami, shu Sayyod nima degani Stiv Sverdlovga? )) Bu Sayyod degani o‘zi bilan bir qizni yetaklab bordi shu yasama tomoshaga. S.Sverdlov bularni birdan ko‘rib hammasi bilan ko‘rishib, o‘sha qizga qo‘lini bersa, «biz musulmon davlat, bizda ayollarga qo‘l berilmaydi» deb do‘q qildi S.Sverdlovga. Eng kuladigani bu qizning kiyinishi edi, e'tiqod mavzusidan uzoqligi shunday bilinib turardi. ))

Bugun ham amalda shu texnologiya, dinni iste'mol qilib, Jahongir raketa singari o‘zbek siyosiy jamoatchilikning ichiga kirib keldi. Ko‘pchilik e'tibor beradigan, aniq aytsam, sodda mavzu, chunki din «siyosatchiga» tezkor reytingni ta'minlab beradi bizda.

Bu loyihani fosh etish albatta oson, Otajonovni mutlaq e'tiborsiz qoldirish, mutlaq! Yakka o‘zi qolsin. Ammo o‘zbek ommasi, afsus, bunaqa emas, shuning uchun bu loyiha hali buyurtmachisiga ko‘p foyda olib keladi.

Foyda esa haqiqiy partiyalardan e'tiborni maksimal qochirish, saylovni, demokratiyani mayda-chuyda o‘yinlarga o‘xshatib omma ko‘zida obro‘sizlantirish, jiddiy mavzulardan omma e'tiborini chalg‘itish.

Bundan kim yutadi? O‘zingiz buni bilasiz. ))). Buyurtmachining rejasi bo‘yicha ommada, asosan, mana bunaqa fikr paydo bo‘lishi kerak: «Bularning hammasi masxarabozlarga o‘xshaydi va baribir bularning hammasi jiddiy emas, ha, mayli, o‘zi qolaversin, chunki ko‘ryapmiz, tanlov yo‘q».

Bu masxarabozliklarda haqiqiy tanqid, haqiqiy muxolif fikrlar cho‘kib, ommaning e'tiborisiz qolib ketishi zarur – bu ham buyurtmachi uchun yana bir global maqsad.

Anvar Nazir,
o‘zbekistonlik tahlilchi

Tag‘in o‘qing
20 iyul 2017
1 avgustda O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun imtihon o‘tadigan joylarga bu yil videokameralar o‘rnatiladi, abiturientlardan barmoq izlari olinadi. ...
12 yanvar 2017
Kun.uz sayti garchi mayda-chuyda bo‘lsa-da, muammolarni ko‘tarib chiqishda davom etmoqda. Bu muammolarning yechimlari va sabablari chuqur ochib berilmayotganiga qaramay, ...
23 mart 2017
Keyingi kunlarda Andijon bozorlarida sabzavotlarning narxi ko‘tarilib ketdi. Hammadan ko‘ra kartoshkaning narxi oshgani odamlarning noroziliklariga sabab bo‘lmoqda. Chunki, aholining ...
13 yanvar 2016
O‘zbekistonda qalbaki dorilar bozori, ayniqsa, keyingi yillarda rivojlandi, deydi Eltuz.Com bilan suhbatlashgan o‘zbekistonlik shifokor Sabohat Ahmedova. Vaziyat shunday tus ...
Bloglar
23 noyabr 2021
Yangi milliy kutubxona qurilishi (yangi milliy teatr qurilishi ham) yangi va yap-yangi O‘zbekistondagi eng keraksiz ...
21 noyabr 2021
Siyosatchi bo‘lish¸ siyosatga kirish bugungi O‘zbekistonda boshni kundaga qo‘yish bilan barobar. Bu haqda Jahongirga yozuvdim ...
11 noyabr 2021
Xalqaro jurnalist «Agneshkaxon voqeasi» ko‘p savollarga javoblarni ochib berdi. Kelinglar, jonajon akkreditatsiyadan boshlaymiz. Aynan ularni ...