Asosiy mavzular
2 fevral 2021

Piyoz bozoridagi universitet

“Eltuz” qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi film yozuvchi Rahimjon Rahmat matni asosida tayyorlandi.

Muallif Qo‘qonning Kapponbozorida piyoz sotayotgan o‘quvchini uchratib qoladi. «Hozirgi yoshlar anchayin tadbirkor, bitta o‘q bilan ikkita quyonni uradi», deydi u kinoya bilan.

–  Qaerda ishlayapsan?  

–  Kopponbozordaman. Piëz sotaman.

– Ŭqishga kirmadingmi? 

– Farg‘onada ŭqiĭman.

–  Farg‘onada ŭqisang,  qanaqa qilib Qŭqonning Kopponbozorida piëz sotasan?  Yo sirtdan o‘qiysanmi?

– Yo‘q. Kunduzi o‘qiyman.

– Hmmm… Tushunarli. Piyoz daromadining yarmi Farg‘onadagi domlalarga pora sifatida  ketarkan-da. Shundaymi?

– Shunaqa.

– Darsga qatnamasang, miyang bo‘m-bo‘sh qoladi-ku.

  – O‘qishni bitirib, melisaga ishga kiraman.

– Unaqada darsga bormasang ham bo‘laveradi, sotaver Kopponbozorda piyozingni. Melisada sensiz ham savodsiz yetarli.

(Kulgi. Tasvir: o‘q yegan quënlar tirilib, ikki tarafga qochib ketadi)

Bilagi kuchli birni, bilimi kuchli mingni yengadi. O‘qing. Ammo haqiqiy o‘qing..

Tag‘in o‘qing
28 may 2016
«Xalq so‘zi» gazetasining yozishicha, Toshkent viloyati bo‘yicha 1158 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 11 mingdan ziyod maslahatchilarini ...
30 avgust 2016
Keyingi uch kun ichida, Karimovning miyasiga qon quyilgani va o‘lgani haqida Internetda xabarlar paydo bo‘ldi, shu munosabat bilan Chexiyadan ...
15 avgust 2017
Paxta koalitsiyasi Jahon bankiga O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamayotgani borasida o‘z havotirini bildirib keladi. «Majburiy mehnatga barham berilmaguniga qadar, Jaxon ...
5 mart 2019
Shu kunlarda ba'zi bir ishlar bilan band bo‘lganim sababidan kanalga yozishga vaqtim bo‘lmayapti. Ammo Navoiy tili haqidagi postlardan so‘ng ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...