Document UZ
6 fevral 2022

«Psixolog Nargiza Sattorovaga tuhmat qilinayapti»

U ko‘p gaplarni o‘zining auditoriyasidagi savol hamda muammolardan kelib chiqib gapirayapti (videoni to‘liq ko‘rishni tavsiya qilaman).

Treningda erga tegishni hohlamayotgan lekin u onasi tarafidan erga tegishga majburlanayotgani xaqida gap ketdi. Keyin, boshqa qiz «oila qurish shartmi» degan ma'noda savol berdi.
Psixolog bu savolga aniq javob berolmasligini, bu nozik savol ekanini aytdi. Chunki, hammaning ichki dunyosi har xil bo‘ladi. Va trening interaktiv ko‘rinishda bo‘lgani uchun psixolog bu savolni o‘rtaga tashladi.
Psixolog oila kerak emas demadi!!! Oila nega kerak deya savol berdi!!!
Oilaning o‘z funktsiyasi bor, albatta. Majburiyatlari ham bor. Psixolog buni judayam yaxshi biladi. Lekin, bizdagi muammolardan kelib chiqib aynan shu savolni o‘rtaga tashlayapti. Bizda esa kaltak yeb oilasini saqlashga urinadiganlar ko‘p.
Psixologning oilaning hosil bo‘lish tarixini uzoqdan kelib gapirgashidan maqsad, avvalgi muxtojlik bn xozirgi muxtojlik bir xilmi, xozir ham muxtojliklar bormi, ular nimalardan iborat, degan savollarga javob topish edi. Ya'ni “oila qurish nega kerak?” degan savolga aniqroq javob berish.
Odam o‘ziga bunday savol berishi mumkin emasmi? Yoki bu savolga noto‘g‘ri javob olib o‘sha javobni hazm qilib ketaverish kerakmi? Shumi bizni milliyligimiz? Yoki ortiqcha savol bermaslik bizni mentalitetimizmi?
Yoki har bir o‘zbek ayoli erga tegishidan oldin xo‘rlanishga tayyor bo‘lishi kerakmi? Nahotki, bizni qadriyatimiz shu bo‘lsa?
Ko‘pchilikni shu savollardan olinadigan javob qo‘rqitayapi, aslida. Chunki, jamiyatimizning hamma kasalini yuzaga chiqaradi savollar.
Yoshlarda oila qurishga nisbatan ishonchlsizlik yoki nafrat paydo bo‘layotgan bo‘lsa, bunda psixolog aybdor emas.
Bizda oila qurishni istamaydigan yoki ajrashayotgan odam odatda o‘zbek oilalaridagi noxaqliklar, zug‘umkorlik va mantiqsizliklarni sabab qilib keltiradi.
Shu uchun, “Oila qurishga men tayyormanmi?”, “Oila qurish menga kerakmi?”, “menga er yoki hotin nega kerak” degan savolni hamma o‘ziga berishi kerak va bunga hammaning xaqqi bor.
Hech qachon o‘zingizga bunday noqulay va o‘tkir savollar berishdan cho‘chimang. Unga javob izlashdan ham cho‘chimang.
Oila qurishga hali tayyor bo‘lmay turib uylanadigan yoki erga tegadigan qizlar juda ko‘p. Natijada, oldini olish mumkin bo‘lgan xatoliklar qilishadi.
Har xil psevdodindorlar va psevdomoralistlarning tanqidlariga quloq tutmang.
Islom, albatta, inson jufti bilan yaraladi deydi, oila qurib nasl qoldirish kerakligini aytadi. Lekin, oila qurmay yashashni ta'qiqlamaydi va oila qurmaganlarni jazolamaydi. Islomning bizga mehribonligi bu.
Milliy qadriyatlar ham bizni muammolardan saqlaydi. Lekin, unga ham ko‘r-ko‘rona amal qilish bizni bahtsiz qilishi mumkin.
Dinimiz va milliy qadriyatlarimiz bizni individual jixatlarimiz, fikrlashimiz va istaklarimiz bilan ishlamaydi. Bu bilan psixologiya fani ishlaydi. Afsuski, bu fan bizda endi kurtak ochayapti. Oila instituti hali yaxshi ishlamaydi.
Oila va munosabatlar psixologiyasi xaqida hammada ozgina tushuncha bo‘lishi kerak. Bundan faqat yutasiz. O‘qing, o‘rganing, savollar bering va ustingizda ishlang. Mana shu baht kaliti. Psixolog Nargiza Sattorova mana shularni jon kuydirib gapirdi. Garb qadriyatlarini kiritayapti, Islomga qarshi chiqayapti degan gaplar esa – tuhmat.
Mana bunaqa radikallar esa vaziyatni faqat og‘irlashtiradi.

Nodira Musa Ismoil

Feysbuk tarmog‘idan

Tag‘in o‘qing
17 dekabr 2020
Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Qahramon qishlog‘ida yashovchi E.J. dekabr oyining o‘zida ikki marta joniga qasd qilgan. Avvalroq u o‘z nabirasini zo‘rlaganiga oid video ...
28 oktyabr 2020
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Frantsiya mollarini boykot qilishga chaqirdi. Tushundik. Xitoy mollariga boykot qilsak qandoq bo‘lar ekan, rais? ...
27 sentyabr 2017
Axmadjon Odilov 27 sentyabr kuni ertalab, soat 5.30 da 92 yoshida olamdan o‘tdi. Janozasi G‘urumsaroyda soat 4 da bo‘lishi ...
26 aprel 2018
O‘zbekiston mudofaa vazirligi ansambli artistlari Toshkent metrosida 9-mayga kuniga atagan aktsiyalarni boshlashdi va bunga qarshi rossiyaparastlik tadbirini to‘xtatish chaqiriqlari ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...