Asosiy mavzular
7 fevral 2022

Imperativ 42. Fikrlarning shiddatli umri

(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 42-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.)

SO‘ZBOShI O‘RNIDA

Sof san'at. Bu termin Sharq she'riyatida deyar- li qo‘llanilmaydi.

Balki bu termin Sharqda «san'at zotan doimo sofdir» deb tushunilgani uchun qo‘llanilmas, kim biladi.

Ammo bugun men G‘arb she'riyati hakda yozmoqchi- man. Uzoq yillar avval bitilgan bir she'rim bor edi. Unda Sharqning shoiri gul butog‘iga bog‘lab qo‘yilgan devga qiyoslanardi. Bu Sharq klassik she'riyatining aksilijtimoiy tabiatiga ishora qiluvchi musbat(pozitiv)tashbih edi.

ShARQ ShOIRLARI

Ko‘karaver, o‘saverar, bir kun

«Gul» bo‘lajak baribir isming.

Garchi, sen bulturgi guldan boshqasan,

Garchi, bulturgisi – xotira,

Sen bo‘lsa, xayolsan ko‘karayotgan.

O‘sarkan, sen o‘zing o‘smaysan,

Sening isming o‘sar har yili –

Bo‘yi bir xil uning, yaprog‘i bir xil,

O‘zgarmas ismingning hidlari.

Bu ne muhabbatdir,

Bu ne mo‘'jiza -necha asrdirki,

Sharqning shoiri

Nozik bir o‘simlikning butog‘iga

Bog‘langan bandi dev kabi talpinar!

(1980)

 (Valfajr 1983)

Bugun ham kamina bu fikrda sobitman. Sharq she'riyati o‘zining eng yuksak cho‘qqilarida asotsi- aldir, g‘ayriijtimoiydir. Balki, bu xususiyat she'riyatning san'at o‘laroq o‘z sofligini muhofaza qilish (instinkti) refleksidir. (Albatta, bu hususiyat dolzarb masala- larni tasvirlashga moyil, sotsial yo‘nalishdagi she'riyatning ahamiyatini kamsitadigan bir omil sifatida ko‘rilmasligi kerak).

Bizning zamonimizda «Sof san'at» va bu tu- shuncha tarafdorlari sotsialistik realizm ada- biyotshunosligining tanqid ob'ekti edi.

Garchand 20 asr sovet adabiyotining ilg‘or yosh naslining botiniy dohiylari aynan «sof san'at

» tushunchasi vakillari edilar. Ular sovet maf- kurasi tarafidan targ‘ib qilingan sovet yozuvchi shoirlari emas, balki, ko‘pincha ta'qiqlangan G‘arb yozuvchi-shoirlari edilar.

Yosh sovet shoirlariga «G‘arb she'ri taqlidchi- si» tamg‘asi urilib, ular milliy ildizlarini inkor etgan osiylar deya e'lon qilinardi.

Ammo bir oz vaqt o‘tgandan keyin aynan bu

«osiylar» yaratgan adabiyot «eng milliy» adabi- yot ekanligi o‘rtaga chiqardi.

Haqiqatan ham, asl milliy bo‘lgan san'at — milliylikusti san'atdir.

Chunki, haqiqiy san'at sof aql bilan emas, ruh tarafidan yaratiladi. Shu bois ham haqiqiy san'- at asari — asrorlidir, sirlidir.

Inson ruhi naqadar sirli borliq bo‘lsa, sof san'at ham shu qadar sirlidir.

Shuning uchun ham, sof san'atni jiddiy tahlil- ga tobe tutish imkonsizdir. Va bu sohadagi eng te- ran tadqiqotlar ham hamisha yuzakidir.

Har qanday «She'riyat maktabi» — uydirmadir. She'riyatda maktab yo‘qdir. Buyuk  so‘z  ustala- ri bor, ammo muallimlar yo‘q. Taqlidchilar bor,

ammo talabalar yo‘q.

Adabiyot va san'at tarixida ustoz va talaba (shogird) rolini o‘ynagan insonlar ko‘p. Ammo bu o‘yinning qoidasidir, san'atniki emas.

Stefan Mallarme yosh shoir Pol Valerining

«maslahat bering» degan iltimosiga javobi shu edi «Yolg‘iz qoling». Tafakkur insoni uchun eng buyuk murshid – yolg‘izlikdir.

Insonni she'r yozishga va yoki rasm chizishga o‘r- gatish mumkin emas, huddi ovozi bo‘lmagan kishini qo‘shiq aytishga o‘rgatib bo‘lmaganiday.

Ovozi bo‘lgan kishi esa, aslo muallimga muhtoj bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, haqiqiy shoirlar(- san'atkorlar) hamisha yolg‘izdirlar.

Bu yolg‘izlarni birlashtiradigan yagona omil — yolg‘izlikdir.

Bu gap san'atning butun turlariga maxsusdir, tegishlidir. Chunki san'atning butun turlari — birbutundir, yakporadir.

She'riyat, rasm, musiqa — bir butundir.

Biz ularni faqat ko‘rinishda har xil ko‘ramiz.

Rasm — bo‘yoqlarda ifodalangan she'rdir yoki bo‘yoqlarda tasvirlangan musiqadir.

Musiqa — kuyda ifodalangan rasm va yoki she'- rdir.

She'riyat ham — so‘zda ifodalangan rasm yoki musiqaning so‘zdagi ifodasidir.

Faqat she'riyatning bir xususiyati bor, bu uning til orqali, so‘z orqali ifodalanganidir. Shu bois, she'riyat, rasm va musiqadan farqli o‘laroq, insonlarni bir-biridan ayiradiganday ko‘rina- di. Ammo ilk qarashda shunday ko‘rinadi. Aslida, u ham — rasm va musiqa kabi — insonlarni bir- lashtirishga xizmat qiladi. Chunki, she'r ham —ta'kidlaganimizdek — inson ruhining mahsulidir. Til esa, bu mahsulni bizning dunyomizga yetkazishga mas'uldir xolos.

Birlashtiruvchi jarayon badiiy tarjimalar asosida yuz beradi. Ya'ni, turli xalqlar she'riya- tilarining o‘zaro ta'siri jarayon etadi.

70-yillarda men fransuz tilini bilmagan hol- da (rus tilidan) fransuz shoirlarining asarlari- ni o‘zbekchaga tarjima etdim. Bugun bu tarjimalar- ning zamonaviy o‘zbek adabiyotiga ta'sir qilganiga shubham yo‘q. Aynan shu nuqtada she'riyatning, har qanday san'at asarining millatusti hususiyati zohir bo‘ladi.

Men Jak Preverning «Kuzgi yaproqlar» she'- riga yozilgan qo‘shiqni hoh Iv Montan ijrosida

— fransuzcha, hoh Met Monro ijrosida inglizcha tinglayin, ayni go‘zallik nafasini his etaman. Ruh mahsuli bo‘lmish san'atning milliylikusti mohiyati til to‘siklarini oshib o‘tadi.

Ammo ba'zi mutafakkirlar, masalan, Edgar Po san'atning ruhiy tarafiga uncha ham ahamiyat bermaydilar. U, masalan, «Qarg‘a» poemasining alliteratsion sistemasi matematik bir aniqlik bilan hisoblangan, deydi. Boshqa tarafdan, u ay- nan shu alliteratsiya, shu ratsional hisoblangan sas sistemasi poemadagi sirlilikni, irratsio- nal ruhni kuchaytirganini tan oladi.

Albatta, ustalik bilan qo‘llanilgan allitera- tsion silsila o‘quvchiga ruhiy ta'sir qilishning kuchli vositasiga aylanishi mumkin.

«Qarg‘a» poemasini shoir har satr oxirida «hech qachon» so‘zini takrorlashdan boshlaydi. Bu takror sasda ifodalangan mudhish bir kuchga aylanadi. Ichki qofiyalar, alliteratsiya — «Qarg‘a» poemasi- dagi asosiy jodudir. Bu jodu ipak matohga qo‘rquv va zulmatni kashtalaydi.

Qarg‘aning «Quoth the Raven “Nevermore”» qichqi- rig‘i dahshatli bir assonansdir.

Hatto buyuk tsinik Pol Gogen ham bir paytlar bu joduga asir tushgandi. Gogen odamlarni kuza- tib o‘tirgan qush rasmi ifodalangan bir rasmi- ning so‘l, ust burchagida «NEVERMORE» («HYeCh QAChON») yozib qo‘ygan.

Mening qadrdon do‘stim, Latviya xalq shoiri Uldis Berzinsh Qur'oni Karimni arabchadan la- tish tiliga tarjima qildi. U tarjima jarayonida Kitobdagi oyatlarning ichki qofiyalanish sistema- sini buzmasdan latish tiliga o‘tkazishga harakat qilganini sevinarak e'tirof etgandi.

Haqiqatan ham, qofiya — she'riy san'atning muhim atributlaridan biridir. Garchand biz qo- fiyaga u loyiq bo‘lgan diqqatni ko‘rsatmaslikka odatlanganmiz.

Butun olamlarni Yaratgan Zot tarafidan indi- rilgan Qur'oni Karim — shu ilohiy joziba bilan yo‘g‘rilgan tengsiz Kitobdir.

Qofiya, alliteratsiya naqadar ratsional hi- soblansa hisoblansin, ijodkor Shaxs Ruhining ifodachisidir.

Boshqacha aytsak, qofiya ustaning qalbidan yuk- salgan bir jazbadir. Uning daf'atanligi, oniy- ligi har qanday hisobni ostin ustun qiladi. Ayt- moqchimanki, sof san'at hali ham mavjuddir. Biz uni yaratmasak ham yoki hech qachon yaratmagan bo‘lsak ham.

Quyida o‘qiyajagingiz matn G‘arb she'riyati mi- solida sof san'at uchun yuritilgan mujodala haqdagi kichik lavhalardan iborat.

FIKRLARNING ShIDDATLI UMRI

Pol Valerining adabiy qaxramoni janob Test kechinmalarini takror o‘qiyotib, «Quduqdagi oy» to‘plamidan quyidagi she'rni xotirladim:

Kun – fikrlar bitilgan qog‘oz.

Mayli.

Tunlar – kuydirilgan qo‘lyozma.

Mayli.

Baribir mamot yo‘q,

Hayot bor faqat –

Fikrlarning shiddatli umri.

Asrlarni teshar qorachiq

Orzularning metin ko‘miri!

(1975)

«Beshinchi fasl».1977

Bu kichik she'riy matn aslida o‘tgan asr 70-yil- lar o‘rtasida mening ijodiy manifestim edi. Ha, bizning avlod ko‘z qorachiqlari yongan orzularning qop-qora ko‘miri edi.

Bu she'r ishg‘olchi Sovet tuzumida voyaga yetayot- gan bir o‘zbek yigitining ekzistentsial (bor bo‘- lish) mujodalasi bayoni edi.

Orzular ushalmadi, ular yonib, ko‘mir qatlami bo‘ldi va ko‘z qorachiqlarimizga aylandi. Ammo bu qorachiqlar asrlarni teshib o‘tadigan kuchda. Or- zular ushalmadi, ammo ular yonarkan, boshqa bir energiyaga aylandi. Asrlarni teshishga shaylana- yotgan energiyaga.

Bu energiya – fikrlarning shiddatli umri edi. Bu iddaoli, optimistik kayfiyat o‘tgan asr

70-yillar adabiyotining yosh bo‘g‘inini kommuni- stik mafkuraning biqiq muhitida oyoqda tutgan faktor edi.

(Davomi bor)

Muhammad Solih

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2017
Mirziyoevning talabalar, o‘qituvchilar va mediklarni paxta dalalaridan qaytarish qarori, ta'kidlash joiz, Jahon banki prezidenti bosimi ostida amalga oshdi. Biroq ...
13 iyul 2017
15 iyuldan tabiiy gaz, issiqlik va elektr narxlari qimmatlaydi. 21 iyuldan esa suv narxlari ko‘tariladi. O‘zbekiston moliya vazirligi reestriga ...
16 fevral 2017
15 fevral kuni Shavkat Mirziyoevga videoshikoyat bilan murojaat qilgan toshkentlik tadbirkor Olim Sulaymonov qamoqqa olindi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida ...
26 oktyabr 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Ijtimoiy tarmoqda javlon urayotgan do‘stlarimdan biri yozg‘irib qoldi. “Gruppamda rosa “troll” ko‘payibdi, ikkiyuztachasini “blok” qildim!” Bir ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...