Islom Karimovdan Mirziyoev hukumatiga qattiq zarba
Karimova egalik qilgan mol-mulkni O‘zbekistonga qaytarish haqidagi Fransiya qaroriga Islom Karimov e'tiroz bildirib chiqdi.
15 fevral kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora egalik qilgan mulkning 10 million dollari Fransiyadan O‘zbekistonga qaytarilganini ma'lum qilgandi. Islom Karimovning nevarasi Islom Karimov Instagram sahifasida yozishicha, Fransiyadagi qaror joriy hukumat ayblarini yashirgan O‘zbekistonning yopiq sudlari qarorlariga asoslangandir.
Islom Karimov onasi Gulnora Karimovaga chiqarilgan hukumni siyosiy vajlarga asoslangan deya baholadi. Uning ta'kidlashicha, onasiga hozirga qadar o‘zini himoya qilish imkoni berilgaman.«O‘zbekistonning amaldagi hukumati korruptsiyaga botishda davom etmoqda, lekin nimagadir mamlakatdagi bugungi holat uchun mana 8 yildan buyon ozodlikni ko‘rmagan GKni ayblash osonroq,» deya istehzo qiladi Islom Karimov.
U onasining davlat byudjetidan foydalanish imkoniyati yo‘qligini esga soldi.«Agar amaldagi hokimiyat idoralari byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflangan deb hisoblasa, bu haqda mamlakatning amaldagi Bosh vaziri – O‘zaSI bosh direktori, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasi rahbari lavozimlarida ishlab kelgan Abdulla Aripovdan so‘rash kerak,» deya Abdulla Aripovni so‘roqqa tutish zarurligiga ishora qiladi Islom Karimov. Abdulla Aripov prokurorlarning rasmiy so‘rovidan keyin ham Shvetsiyadagi sudga borishdan bosh tortdi. O‘zi uzoq vaqt uy qamog‘ida bo‘lgan janob Bosh vazir nimani yashiradi? – deya ritorik savol beradi Islom Karimov. @eltuz
Bu savol javobini II Islom Karimov yaxshi biladi, Bosh vazir Abdulla Aripov ham yaxshi biladi. Eltuz ham biladi. Faqat uch taraf ham ayta olmaydi hozircha. Yagona aytishimiz mumkin bo‘lgan narsa shuki, Gulnorning o‘g‘irlaganlari bugungilarning o‘g‘irlaganlari oldida semichka po‘chaq, o‘rtag‘!
Rassom Tuz sahifasidan