Ko‘zqarash
20 iyul 2022

Nima uchun biz Mustaqillik kunini rasmiy bayram sifatida nishonlaymiz?

O‘zbek xalqi kimga, qaysi rejimga qaram bo‘lib kelgan ediki, endi u o‘zini ozod, erkin millat deb biladi? Bir yarim asrdan ziyod vaqt davomida kim bizning erkimiz, haq-huquqimiz, milliy-diniy qadriyatlarimizni, ozodligimizni poymol qilib, miliy boyliklarimizni talon-toroj qilib kelgan edi? Kim ona tilimizni ikkinchi darajali til sifatida ko‘rib, bizga o‘z tilini davlat tili sifatida tiqishtirib kelgan edi?

Toki bir umr o‘risga qul bo‘lib kelgan, hozirgacha o‘risni o‘zidan ustun, aqlli ko‘rib, unga ong-la tobe bo‘lib qolgan, Rossiya tomonidan bugungi kunda, ha, ayni damda sodir etilayotgan genotsid va xalqaro terrorchilik harakatlarini to‘g‘ri amal deb topib, o‘risning jinoyatlarini oqlashga urinayotgan avlod vakillari omon bo‘lib, yurtimizning turli vazirlik va idoralari, muassasa va tashkilotlarida faoliyat yuritib kelar ekan, yuqorida qo‘yilgan savollarga rasman to‘g‘ri va to‘liq javob berishga jur'at eta olmaymiz, yurtimiz haliveri o‘z milliy mustaqilligiga tom ma'noda erisha bilmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, odamlarning shunday bir toifasi bo‘lar ekanki, qarigan sari millatdan qarg‘ish olib borishni o‘ziga kasb qilib olar ekan.

Astag‘firulloh! Olloh bizdan go‘zal oxiratini darig‘ tutmasin!

Iste'fodagi podpolkovnik

Shokir Dolimov

Tag‘in o‘qing
10 oktyabr 2019
Bugun respublikada matbuot xizmatlariga e'tibor qaratilmoqda, urra, urra bilan prezident qarori asosida barcha shahar, tuman tashkilotlarida, hokimliklarida yangidan axborot ...
1 iyul 2022
Nukusdagi norozi guruh ko‘chaga odam olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Buni 1 iyul kuni telegram sahifasida bir qadar yoritdik. Eltuz ...
23 yanvar 2018
World Politics Review onlayn jurnalida muallif ko‘plab sharhlovchilar «o‘zbek iliqligi» deya atayotgan so‘nggi voqealar tahlili haqida maqola e'lon qildi. ...
22 dekabr 2017
22 dekabr kuni prezident Mirziyoev O‘zbekiston Oliy Majlisiga murojaatida mamlakat harbiy doktrinasi butunlay boshqatdan ko‘rib chiqilayotgani haqida gapirdi. «Hokimlar ...
Bloglar
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni ...
20 avgust 2023
Fayzulla Ubaydullo Xo‘ja o‘g‘li, ya'ni Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 15 martda Buxoro amirligida tug‘iladi. Otasi ...