Asosiy mavzular
19 dekabr 2022

Qonunda belgilanmasa jinoyat ham jazo ham yo‘qdir

(Nullum crimen, nulla poena sine lege)

Davlatning kuch ishlatar tizimlari qarshisida shaxsning qadr qadr-qimmatini muhofaza qilishning eng muhim vositasi qonuniylik printsipiga amal qilishdir. Bu ko‘pchilik o‘ylagandek qonunlarga amal qilish degan umumiy tushuncha emas.

Jinoyat huquqida qonuniylik printsipi jinoyat va jazoning faqat qonun bilan belgilanishini anglatadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, jinoyat huquqida qonuniylik printsipi tor ma'noda “qonunsiz jinoyat yo‘q” (nullum crimen sine lege), “qonunsiz jazo yo‘q” (nulla poena sine lege) deganidir.

Insonlar oqibatlari nima bilan yakun topishini o‘zlari bilmagan harakatlari uchun jazoga tortilishi mumkin emas. Biron bir hatti-harakat qonunda aniq qilib jinoyat sifatida belgilab qo‘yilmas ekan bu harakatni sodir qilgan har qanday shaxs jazolanishi mumkin emas. Harakatni “ijtimoiy xavfli faoliyat”, ya'ni jinoyat deb belgilab bergan normativ hujjat tegishli protseduralar bilan amalga kiritilgan bo‘lishi kerak. Amalga kiritilmagan qonun hujjati yoki loyihasi asosida shaxs haqida sud hukmi chiqarilishi mumkin emas. Xuddi shu tarzda jazolar ham faqat qonun asosida belgilanishi kerak. Sudning qonunda belgilangandan farqli yoki og‘irroq jazo tayinlashi mumkin emas.

Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Olimjon Sobirning Anqara shahrida nashr qilingan “Qonuniylik printsipining xalqaro huquqdagi aksi” nomli ilmiy monografiyasi mana shu haqidadir.

Mazkur printsip ta'minlagan kafolatlar insonlarga xavfsizlik hissi yaratish uchun ishlatiladigan boshqa vositalardan kengroq ma'no kasb etadi. Binobarin, zamonaviy jinoyat protsessual huquqining asoschilaridan biri sifatida e'tirof etilgan Frensis A. Allen tomonidan “birinchi raqamli tamoyil” deb ataladigan qonuniylik printsipi shaxsning shaxsiy erkinliklarini sudyalarning o‘zboshimchaligidan himoya qiladi, davlat hokimiyati va kuch ishlatar tizimlarning vakolatlarini qonunlar bilan tizginga solib, siyosiy liberalizm tamoyillarini amalga oshirishni ta'minlaydi. Boshqa tomondan, fuqaroning erkinligiga o‘ta jiddiy aralashuvni ifodalovchi jinoyat va jazolarni belgilash vakolati faqat qonun chiqaruvchi organga tegishli ekanligini ko‘rsatib, hokimiyatlar bo‘linishi printsipiga asoslangan demokratik tartib o‘rnatilishiga ko‘maklashadi.

Qonuniylik printsipi bugungi kunda barcha jamiyatlar tomonidan qabul qilingan va ko‘plab mualliflar tomonidan huquqning umumiy printsipi sifatida qabul qilingan. Shu bilan birga, qonuniylik printsipi 1948 yildagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 1949 yilgi Jeneva konventsiyalari va 1977 yildagi qo‘shimcha protokollar, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda 1950 yildagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konventsiyasi kabi ko‘plab xalqaro va mintaqaviy hujjatlarga kiritilgan.

Ham milliy qonunchilikda, ham xalqaro huquqning muhim hujjatlarida o‘z o‘rnini topgan bo‘lishiga qaramasdan, qonuniylik printsipiga nisbatan turli huquq tizimlaridagi kontseptual yondashuvlar va huquqning turli sohalarida ushbu printsipning turlicha talqin qilinishi bahsli mavzu bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, xalqaro jinoyat huquqida xalqaro odat huquqi normalarining manba sifatida e'tirof etilishi tufayli qonuniylik printsipining pozitsiyasi bilan bog‘liq muammolar o‘z yechimini topmagan. Shuningdek, Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan tayyorlangan “Davlatlarning javobgarligi to‘g‘risidagi moddalar loyihasi”ni tayyorlash jarayonida ilgari surilgan “davlatlarning jinoiy javobgarligi” kontseptsiyasi doirasida qonuniylik printsipini amalga oshirish bo‘yicha munozaralar hali ham davom etmoqda.

Xususan, xalqaro jinoyat huquqidagi qonuniylik printsipi bilan bog‘liq mavjud voqelikni uchta misol bilan bemalol tushuntirish mumkin.

Birinchi misol, arman ziyoli doiralari tomonidan Turkiyaga nisbatan siyosiy maqsadlarda ilgari surilayotgan da'volardir. Shuni ta'kidlash kerakki, arman ziyoli doiralarining 1915 yilgi voqealarni genotsid jinoyati sifatida talqin qilishlari va ushbu voqealarni, Gitler tomonidan yahudiy xalqiga qarshi sodir etilgan genotsid bilan solishtirishlari aql bovar qilmaydigan holatdir.

Boshqa tomondan, quyidagi misollarga ham to‘xtalish kerak bo‘ladi:

Ikkinchi jahon urushi oxirida Yaponiya mag‘lubiyatga uchragani aniq bo‘lsa-da, Amerika Qo‘shma Shtatlari Xirosima va Nagasaki shaharlariga qarshi qo‘llagan atom bombalari bilan bir necha soat ichida yuz mingdan ortiq odamni yo‘q qildi. Biroq bu masala hali kun tartibiga kiritilmagan.
Belgiya va Frantsiya tomonidan yagona til va madaniyatga ega hutu va tutsi qabilalarini ataylab qarama-qarshi qo‘yish va hatto tomonlarga qurol yetkazib berish orqali mojarolarni avj oldirish natijasida 1994 yilda yuzaga kelgan Ruanda qatliomida 800 000 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

Xitoy davlati tomonidan uyg‘urlarga qarshi oxirgi 6 yildan beri shiddat bilan amalga oshirilayotgan va dunyo davlatlari, ayniqsa islom davlatlari tomonidan e'tibordan chetda qolayotgan genotsid eng oxirgi misoldir.

Ko‘rinib turibdiki, xalqaro huquq normalari nafaqat o‘rta va zaif davlatlar tomonidan balki, AQSh, Xitoy, Rossiya kabi qudratli davlatlar tomonidan ham buzilishda davom etmoqda.

Shu ma'noda, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Olimjon Sobir tomonidan tayyorlangan “Qonuniylik printsipining xalqaro huquqdagi aksi” nomli tadqiqot xalqaro huquqning sohalaridan biri hisoblangan xalqaro jinoyat huquqida qonuniylik printsipi bilan bog‘liq ziddiyatlarga yechim izlashi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Chunki xalqaro jinoyat huquqida qonuniylik printsipiga oid vaziyat milliy huquqdan biroz boshqachadir. Milliy huquqdan farqli o‘laroq, xalqaro huquq manbalariga, xalqaro odat huquqi normalari va huquqning umumiy tamoyillari ham kiradi. Shu sababli aytish mumkinki, mazkur tadqiqotda ilgari surilgan g‘oya qonuniylik printsipining xalqaro huquqdagi o‘rni borasida mavjud muvozanatga jiddiy ta'sir qiluvchi ilmiy yangiliklarni o‘z ichiga oladi.

Professor Ilyos Do‘g‘on
Anqara Hoji Bayram Vali Universiteti
(Turkchadan tarjima)

Tag‘in o‘qing
6 aprel 2018
Facebook ning 87 milliontagacha foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlar Cambridge Analytica kompaniyasi tomonidan siyosiy konsalting maqsadlarida yig‘ib borilgani haqidagi xabarlar ortidan ...
15 may 2017
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi sayti, Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining nomi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish ...
13 iyul 2016
Turli nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbeknavo raxbari Farhod Jo‘raevning xonandaga sahnaga chiqish emas, ruhshunosga uchrash tavsiyasini bergani haqidagi xabar ...
14 sentyabr 2020
O‘zbekistonda 14 sentyabrdan boshlab ayrim maktablar an'anaviy tarzda navbatdagi o‘quv yilini boshladi. Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmasining xabar berishicha, ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...