Anons
19 fevral 2023

Rassom Tuz: Soatlarni sozlash instituti

Bugun arxivlarni titar ekanman yozuvchi Abdulla Qodiriyning o‘smonli adabiyotini muntazam o‘qigani va ilk turk ro‘mon yozari Shamsiddin Somiydan ta'sirlanganligini bildim.

Asnoda Qodiriy mansub bo‘lgan millatning yosh bo‘g‘ini o‘qishi kerak bo‘lgan 10 ta turk ro‘monini tavsiya qilish istagi tug‘ildi.

1. “Tal'at va Fithat sevgisi” (‘Taaşşuk-ı Tal’at ve Fitnat’). Bu asar turk tilida yozilgan ilk ro‘mondir. Ilk turk ro‘mon yozari Shamsiddin Somiy bu kitobni 1872 yili yozgan. Asar frantsuz ro‘monchiligining eng yaxshi qirralariga taqlidan yozilgan. Hissiyotlarga boy ro‘mon.

2. “Sentyabr” («Eylül»). Bu ro‘mon ham o‘qilishi zarur asardir. 1901 yili yozilgan bu ro‘mon muallifi – Mahmat Rauf. Ilk psixologik turk ro‘moni bo‘lgan “Sentyabr” asarini eskirmaydigan va doimo dolzarb deya baholagan bo‘lardim. Yengil satira va mutoiba bilan yozilgan ro‘monda jiddiy mujdalar bor. Bu mujdalardan biri¸ balki asosiysi – g‘arbcha yashash¸ modernizm¸ dunyoviylik kabi jadid qadriyatlaridir.

3. “Ijaraga beriladigan uy” («Kiralık Konak»). 1922 yili bu asarni Ëqub Qadri Qorao‘smono‘g‘li yozgan. Bu asarda jamiyat bir formatdan ikkinchi formatga o‘tish chog‘ida kishilarning ruhiy o‘zgarishi haqida hikoya qiladi. Sovet davrida yashab mustaqillik davrida qiynalgan yoshi kattalari biladi bu muammoni.

4. “To‘qqiznichi jarrohlikdagi palata” («Dokuzuncu Hariciye Koğuşu»). Safo Payomiy tarafidan 1930 yilda yozilgan ro‘mon. Asar qahramoni 13 yashar kasal bola. Ro‘mon vujud va ruh dialogi o‘laroq o‘qiladi.

5. “Soatlarni sozlash instituti” («Saatleri Ayarlama Enstitüsü»). Ro‘mon 1961 Ahmad Hamdiy Tongpinar tarafidan yozilgan. Birinchi turk modernist yozuvchisi Tongpinarning shox asari. U mutafakkir sifatida turk intellektual olamiga ulkan hissa qo‘shgan. “Soatni sozlash instituti” romani 200 yildan buyon turk madaniyatining muammosi bo‘lgan Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyat asosida yaratilgan ajoyib allegorik asardir. Soatni sozlash instituti, shubhasiz, turk adabiyotidagi eng kuchli romanlardan biridir. Rivoyat, Ahmet Hamdi Tanpinarga xos ramziy taqdimot uslubi bilan uyg‘unlashib, voqealar rivoji bilan o‘zgaradi. Romanda odamlar mashhurlik va pulga katta ahamiyat berishlari va odamlar qanday qilib birdaniga o‘zgarishi mumkinligi ta'kidlanadi.

6. “Quyijaqli Yusuf” («Kuyucaklı Yusuf) 1937 yili Sabaxattin Ali yozgan ro‘mon. Asarda qishloq va shahar o‘rtasidagi ziddiyat tilga olinadi. Sabahattin Alining romanida shahar va qishloq hayoti bir shaxsning ichki dunyosi, yolg‘izligi va qadriyatlari prizmasi orqali ko‘rsatiladi. Asarda shaharda faxriy fuqarolar tomonidan o‘rnatilgan adolatsiz tartib va byurokratiya tanqid qilinadi. Asar turk adabiyotida ijtimoiy qo‘zg‘olon va “aslzoda qaroqchilar” – eshkiya – har qanday jinoyat sodir etib, qo‘lida qurol-yarog‘ bilan tog‘larga chiqib, ta'qibdan yashiringanlar mavzusini ochib bergan ilk roman bo‘ldi. Asar trilogiyaning bir qismi bo‘lishi kerak edi, ammo muallif o‘z rejasini amalga oshirishga ulgurmadi.

7. “Oriq Mamat 1” («İnce Memed 1») 1955 yilda nashr qilingan. .“Oriq Mamat ” – Yashar Kamolning muhtasham “dostoni”. Turkiy tilning muhtashamligi, tuyg‘u va ishtiyoq uyg‘otuvchi syujeti bilan hamisha kitobxonlar ongida alohida o‘rin tutib kelgan. Yozuvchiga 32 yil vaqt ketgan to‘rt jildlik “Oriq Mamat” romani Chukurovada yashovchi, rejimga qarshi isyon ko‘targan Mamat haqida hikoya qiladi. Kitobda odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, bu hududning tabiati va ranglari tasvirlangan. Yashar Kamolning o‘zi ta'biri bilan aytganda, bu «ichida norozilik hissi bilan tug‘ilgan» inson haqidagi romandir.

8. “Onayurt mehmonxonasi” («Anayurt Oteli»). 1973 yilda Yusuf Otilgan tarafidan yozilgan. Syujet bosh qahramon (hatto, yagona qahramon deyish mumkin) Zeberjetning munosabatiga asoslangan. Zeberjetning ichki dunyosi va uning o‘z joniga qasd qilishi tahlili. Bu kitob turk adabiyotida alohida o‘rin tutadi. 1986 yilda kinochi Omer Kavur kitob asosida xuddi shu nomdagi filmni suratga oldi, u asarning o‘zidan kam mashhur bo‘lmadi. Roman tunda Anqaraga kechikkan poezdda mehmonxonaga kelgan xonimning ertasi kuni qaytib kelishga va'da berib, uni tark etishi bilan boshlanadi. Bu tashrif Zeberjetda «haqiqiy sevgi tuyg‘usini va u bilan yashashi mumkin bo‘lgan ayolga ega bo‘lish istagini» uyg‘otdi.

9. “Davlat ona” («Devlet Ana”) Ko‘p muhokama qilingan yozuvchi Kamol Tohirning eng muhim romani hisoblangan «Davlat ona» asari 1968 yilda TDK (Turk dil qurumi. Turk tilini rivojlantirish idorasi) mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Davlat ona” tarixiy romani tezisli roman bo‘lgani uchun ham tanqidga uchradi. Lekin, nima bo‘lishidan qat'iy nazar, “Davlat ona ” turk adabiyotida jiddiy iz qoldirgan va muhokama qilinadigan muhim asardir.

10. “Qora kitob” Nobel mukofoti sovrindori O‘rxon Pamukning durdona asaridir. “Qora kitob” asariga qarshi Turkiyada kamida o‘nlab tanqidiy maqola va kitoblar yozilgan. Kitobda Istanbul dunyo miqyosidagi adabiy shahar, ertak, tarix, tirik mavjudot sifatida ko‘z oldimizga ko‘rinadi. Sharqona hikoya qilish uslubi har bir insonni, binoni, voqeani shahar hayoti aks etgan surat matosiga kiritadi. Bularning barchasini hisobga olsak, roman turk adabiyotida mustahkam o‘rin egallaydi va albatta o‘qishga arziydi.

Bu 10 kitobni albatta o‘qing deb tavsiya qilaman. 

Rassom TUZ

Tag‘in o‘qing
2 dekabr 2017
1 dekabr kuni Toshkent shahri sudida odam savdosida ayblanib, 10 yilga qamalgan 28 yashar Sherali Mahmudov shikoyati bo‘yicha appelyatsiya ...
21 mart 2017
Farg‘onadagi o‘rta maktabning birinchi sinf o‘quvchilariga dars paytida qo‘l ko‘tarib haqoratlagan o‘qituvchi ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mart boshida ...
15 noyabr 2016
O‘zbekistonda 4 dekabrda o‘tadigan saylov har galgidek cho‘ntak partiyalarning o‘zaro kelishuvi natijasida o‘tishi aytilmoqda. Birorta partiya hokimiyat tepasiga kelishni ...
28 sentyabr 2017
Andijon shahrida, mahalla faollari gaz ballon berish va'dasi bilan odamlarni paxta terimiga jalb qilishmoqda. «Eltuz» muxbiriga ko‘ra, Andijon shahridagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...