Video
2 may 2023

Umraga borgan o‘zbek ayollarining o‘g‘irlangani va zo‘rlangani haqida

Xaj va umra ziyoratiga borgan kamida ikki o‘zbek kelinning o‘g‘irlab ketilgani va qizi xamroxligida borgan 40 yashar nogiron o‘zbek xotinning Saudiyada jinsiy zo‘rlab tashab ketilgani haqidagi audio guvohlikni eshitdim. Bundan oldin Jalolobodlik (Qirg‘iziston) o‘smir yigitning o‘shlik hajboshilar tarafidan Saudiyadagi pedofil erkaklarga sotilgani haqidagi hujjatlar bilan tanishgandim. Har yili yuz minglab musulmon xotin qizlar Makkaga Haj qilish uchun Saudiya Arabistoniga kelishadi. Ammo hamma xotinlar ham diniy xuzurga sho‘ng‘iy olmaydi. Buning sababi erkak ziyoratchilar tomonidan qilinayotgan jinsiy zo‘ravonlikdir. 2017 yilning fevral oyida pokistonlik ayol Sabina Xon (Sabina Xon) ning haj paytida unga qarshi seksual ta'qiblar haqida ochiq aytgan hikoyasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ingliz tilidagi segmentida keng tarqaldi. Pokistonlik ayol o‘z sahifasida tavof (Ka'ba toshini tavof qilish marosimi) paytida o‘z tanasining hassos joylarini kimdir atay ushlanganini va ezg‘ilaganini his qilganini yozgan. «Men haqoratlanganimni his qildim. Shu bilan birga, men bu haqda (boshqalar bilan) gaplasha olmasligimni angladim. Men jim bo‘ldim, chunki onamdan boshqa hech kim menga ishonmasligini yoki so‘zlarimni jiddiy qabul qilmasligini bilardim», dedi pokistonlik ayol voqea haqidagi his-tuyg‘ularini.

Bir necha kundan keyin Sabina Xon Facebook-dan jinsiy ta'qib qilish haqidagi hikoyasini o‘chirib tashladi. Ko‘rinishidan, bu yerda erkaklarning tajovuzkor va tahdidli sharhlari rol o‘ynagan. Pokiston esa o‘z huquqlarini himoya qilishga qaror qilgan ayollar va qizlarga qarshi diniy radikallarning shafqatsiz rijollari bilan mashhur.

Shunga qaramay, Sabinaning hikoyasi boshqa musulmon ayollarning faol reaktsiyasini keltirib chiqardi. #MosqueMeToo xeshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlarda haj paytida ayollarni ta'qib qilishning yangi dalillari paydo bo‘la boshladi. CNN Sabina Xon bilan bir xil vaziyatda o‘zlarini topishga majbur bo‘lgan bir nechta ziyoratchilar bilan suhbatlashdi.

Asra Nadeem, Pokistonda tug‘ilgan, Aqshda yashaydi

» 2006 yilda Haj qilganimda 21 yoshda edim. Birinchi salbiy taassurotni «shaytonni toshbo‘ron qilish»paytida ezilganimda his qildim . Bu dahshatli edi.

Biroq, bir necha kundan keyin men Makkaga Umra o‘qish uchun qaytib keldim (yilning istalgan vaqtida o‘qilishi mumkin bo‘lgan hajning qisqa shakli). Ka'ba atrofida tavof qilayotganimda hech kimni tanimas edim.

Ka'ba toshiga qanchalik yaqin bo‘lsangiz, shuncha ko‘p odamlar bor. Hamma muqaddas toshga tegishni xohlaydi. Men unga yaqinlashishga harakat qildim. Ka'ba yaqinida bo‘lganimda, kimdir dumbalarimni ushladi. Men buni faqat olomon ichida to‘planish tufayli deb o‘yladim, tiqilinch edi.. Ammo keyin, men Ka'badan uzoqlasha boshlaganimda, kimdir ko‘kragimni ushladi. Men boshimni o‘girdim va bu menga qarab tirjaygan yigit ekanligini ko‘rdim. Men hech narsa qila olmadim va u bir muddat ko‘kragimni ushlab ezib turdi. Men unga baqira boshladim, lekin atrofimdagi odamlar «yalla» («harakat», «shoshiling») deb meni oldinga surishdi.

Men bu voqea yuzasidan men uchrashgan birinchi ikkita xavfsizlik xodimiga xabar berdim, lekin ular ingliz tilini bilishmadi va men oldinga borishim kerakligini aniq aytishdi.

Haj-bu kuchli ruhiy tajriba, siz ongning o‘zgargan holatidasiz. Siz uchun muhim bo‘lgan narsalar uchun ibodat qilasiz. Haj paytida erkaklardan bunday jinsiy ta'qiblarga duchor bo‘lish men uchun juda yoqimsiz edi.

2006 yilda hajdan keyin men boshqa Makkaga bormadim. Birinchi sayohat juda salbiy ta'mni qoldirdi-avval tanamni ezishdi, keyin esa bu jinsiy ta'qiblar.»

Hozir Osiyoda yashovchi ingliz ayol( ismini ko‘rsatmaslikni so‘radi)

«2007 yilda Makkaga borishdan oldin meni hech qachon jinsiy zo‘rlashmagan edi. O‘sha paytda men 32 yoshda edim. Birinchi marta ta'qib qilish tavof qilmoqchi bo‘lganimda sodir bo‘ldi. Noma'lum bir erkak men tomon kelayotgan yedi va u juda yaqinlashganda, u qo‘lini cho‘zdi va ko‘kragimdan ushlab oldi. U shunchalik qattiq ushlaganidan ko‘kraklarim qattiq og‘ridi. Va u darhol qo‘yib yubormadi. U butun vaqt davomida ko‘kragimni siqib, ko‘zlarimga qarab tirjayib turardi.

Ikkinchi voqea al-Haram masjidi hovlisida sodir bo‘ldi. Men orqamda tanamning umurtqa pog‘onasi ostiga kimdir menga tiralib atay bosayotganini his qildim. U yer gavjum edi, shuning uchun odamlar bir-biriga yopiishib qolgandi. Ammo bosim davom etdi. Men orqasiga o‘girilib, bu bir erkak ekanligini ko‘rdim va u menga ataylab yaqinlashayotganini angladim, unga o‘z qilig‘i yoqqanini yuz ifodasi ko‘rsatib turardi. U ham quchoqlashda davom etar ekan, doim menga qarab tirjayib turardi.

Men qochib, politsiyachini topdim. Men unga (ingliz tilida) nima bo‘lganini aytdim. U menga befarq bo‘ldi. U meni tinglashni xohlamadi. Men hatto olomon ichida bir odamga ishora qildim, lekin politsiyachi baribir menga e'tibor bermadi.Uchinchi jinsiy ta'qib qilishni, savdo guzarida bo‘lganimda, rastalarda Haj bilan bog‘liq sovg‘alarga qarab turganimda his qildim. Men o‘zimni orqadan urilgan qattiq zarbani his qildim. Ma'lum bo‘lishicha, chol meni dumbalarimga juda qattiq urgan. Shappatlagan. Bu kutilmaganda sodir bo‘ldi va men qichqirdim. Chol menga qaradi, jilmayib » Alhamdulillah » dedi. O‘sha paytda peshtaxtaning narigi tomonidagi savdogar menga orqasini o‘girdi va hech narsa ko‘rmaganday turib oldi.

Safardan oldin (Hajga) erkaklar menga noo‘rin tarzda tegishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan edim. Ammo men baribir Makkadagi ta'qiblardan shok holatini boshdan kechirdim. O‘ylaymanki, ta'qib qilish Haj paytida musulmon jamoalaridagi odamlarga qaraganda tez-tez sodir bo‘ladi. Jinsiy zo‘ravonlik haqida gapirish juda qiyin va Islomning ustuni bo‘lgan Haj bilan bog‘liq holda ular haqida gapirish yanada qiyinroq.

Bir necha yildan keyin yana Makkaga bordim. Ammo men bu safar shaxsiy makonimni himoya qilishda juda extiyotkor edim. Hech kim menga teginmasligi uchun tirishdim va tunda yoki erta tongda atrofda odamlar kam bo‘lganida ommaviy marosimlarni o‘tkazdim. Bu safar men tavofni rad etdim.»

Anush Mushtaq, Avstraliyada yashovchi pokistonlik ayol

«Men 10 yoshda bo‘lganimda, Otam Pokiston havo Kuchlarida xizmat qilgani va to‘rt yil davomida bu mamlakatga yuborilgani uchun oilam Liviyaga ko‘chib o‘tdi. 1980 yilda ota-onam Haj qilishga qaror qilishdi. Esimda, men juda hayajonlangan yedim, chunki Makkaga sayohat kam odam uchun imkon. Opam va men bu sayohatni intiqlik bilan kutardik.

Ka'ba toshiga kelganimizda, u yer juda gavjum yedi. To‘satdan, bir yigit meni orqamdan ushladi. Men juda noqulay ahvolda edim. Men onamning qo‘lidan ushlab, uning oldidan yurdim. Men onamga aytishni yoki aytmaslikni bilmasdim, shuning uchun nima bo‘lganligi haqida jim turdim.

Haj paytida Makkadan Madinaga avtobusda borishimiz kerak edi. Men avtobusda opamning yonida o‘tirardim, ota-onamiz esa orqamizdagi o‘rindiqlarda edi. Konduktor salondan o‘tib, chiptalarni tekshirdi. U mening o‘rindig‘im yonida bo‘lganida, u xuddi mening o‘rindig‘im ichida biror narsani tuzatmoqchi bo‘lgandek o‘zini tutdi. U qo‘lini ko‘kragimga qo‘ydi, keyin oyog‘imni silay boshladi. Men g‘azablandim va jirkandim, lekin nima qilishni bilmasdim. Keyin u qo‘lini cho‘zdi, xuddi pardalarni to‘g‘rilagandek bo‘lib semiz qornini yuzimga bosib meniz ezg‘iladi.

Men nima bo‘lganini hech kimga aytmadim, chunki oilam sharafidan uyaldim. Men sizga Haj paytida, yaqinda ijtimoiy tarmoqda [Makkada] jinsiy zo‘ravonlik haqidagi xabarni ko‘rganimda nima bo‘lganini aytib berishga qaror qildim. Ammo olgan salbiy tajribamga qaramay, agar imkoniyat tug‘ilsa, kelajakda ikkinchi bora Haj qilaman.»

Makkaga har yili uch milliongacha ziyoratchi tashrif buyuradi. Misol uchun, 2016 yilda xoji ayollar 42% foizni tashkil qilgan. Va Saudiya hukumati rasmiy Makkadagi diniy marosimlar paytida ta'qib faktlarni tan olib 2017 yilda jinsiy ta'qib uchun jazoni qattiqlashtiruvchi bir qonun qabul qildi. Bundan tashqari, hozirda Makkada tartibni ta'minlaydigan xavfsizlik xodimlari orasida ayollar paydo bo‘ldi.

Islomda jinsiy tengsizlikning eng aniq shakllaridan biri bu erkakning to‘rtta xotin olishiga imkon beradigan norma va joriyalar bilan cheklovsiz seks qilish huquqi. Garchi bu norma hamma joyda amalga oshirilmasa ham. Masalan, Eronda, davlatning ancha konservativ diniy tabiatiga qaramay, ko‘pxotinlilik qabul qilinmaydi. Jamiyatning o‘qimishli shahar qatlamlari orasida yerkakning bir nechta xotini bo‘lsa, bu» vahshiylik » hisoblanadi.

Ko‘pxotinlilikni savodsiz qishloq muhitida uchratish mumkin.

Masalan, sunniylar-balujiylar ustunlik qiladigan Ostan viloyati¸ Sistan va Balujistonda.

Shu bilan birga, qo‘shni Afg‘onistonda yosh go‘dak qizlarini nikohlashni shariat normasi sifatida mullalar oqlashini ko‘ramiz. 8-10 yoshli qizlar 40-60 yoshli erkaklarga erga berilgani holatlari mavjud. Chunki qizlarning ota-onalari bunga qaror qilishadi. Afg‘onistondan tashqari, bunday nikohlarning yuqori foizi Saudiya Arabistoni va Yamanda kuzatilmoqda.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘oniston va Yamanda 12 yoshgacha bo‘lgan qizlarning 20 foizigacha turmushga chiqish xolatlari mavjud. Rossiyaning Checheniston Respublikasida esa voyaga yetmagan yosh qizlarni chollarga erga berishi kuzatiladi. Kremlparast rahbar Ramzan Qodirov bu nikohlarga homiylik qilgani tanqid qilinadi.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
26 dekabr 2019
Kechgan yilda O‘zbekiston tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirdi, biroq bundan o‘zbek xalqi ro‘shnolik ko‘rmadi. 2018 yil boshidan «O‘zbekneftgaz» ...
17 mart 2021
Baxtiqaro, sho‘rtumshuq Oliy Majlisimizning yagona shovvoz adekvat deputati bo‘lib ko‘ringan Rasul Kusherboev yo‘l harakati qoidalarini buzganlar to‘g‘risida xabar bergan, ...
9 iyul 2024
Rossiyaning urushdagi talofati, Afg‘onistondan keltirilayotgan havfli ichimlik, Xalq puli degan tushuncha yo‘qligini aytgan o‘zbek mulozimiga ko‘rilgan chora va bu 600 ...
3 sentyabr 2018
2 sentyabr kuni militsiya bo‘limiga chaqirilgan toshkentlik interer dizayner va bloger, 41 yoshli Miraziz Ahmedov uyidan chiqib ketganicha hanuz ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...