Video
20 may 2023

Mushtum va Eltuzning shiori birdir

Eltuzning dushman emas balki do‘st ekanligini eng birinchi anglab tushunib yetgan ilk rasmiy kishi bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bo‘ldi. 2017 yil Shavkat Mirziyoev selektor yig‘ilishida Eltuzdagi maqolani to‘la o‘qib berdi. Bu haqda Bi Bi Si ham yozuvdi . Davlat rahbarining bu e'tibori atrofdagi mulozimlarga bir signal edi. Sekin¸ sekin bo‘lsa ham amaldorlar Eltuz bilan muloqotga kirisha bordi. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi Bahrom Sharipov Eltuz savollariga rasman javob qaytargan ilk yuqori lavozimlii amaldor bo‘ldi. Ammo baribir Karimov zamonida uydirilgan «dushman obrazi» Eltuzni ta'qib etdi. Yaqinda O‘zbekiston prezidenti Berlinga kelganida Eltuzning uch muxbiri akreditatsiya olib tashrifni yoritdi. Eltuz «shirin tilli dushman» emas balki «achitib gapiradigan do‘st» ekanligini rahbariyat tushunib yetgandi. Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Mana 19 may kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jaev Mushtum jurnalining 100 yilligi munosabati bilan Eltuz savollariga to‘la va atroflicha javob berdi. Bu yangi O‘zbekistonning ijobiy tarafi. Kim nima desa desin¸ hamkorlik «partizan»likdan yaxshi. Bugungi suhbatda 100 yoshini to‘ylayotgan Mushtum jurnali Bosh muxarriri Nosirjon Toshmatov ham Eltuz savollariga javob berdi. Zotan Mushtum bilan Eltuzning shiori bir. «El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi»

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
30 avgust 2019
Co‘nggi yillarda muzey va galereyalardagi saroy san'atiga muxolif ko‘cha tasviriy san'ati ancha rivoj topdi. Bu san'atni tijoratga aylantirish va ...
19 iyun 2018
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati o‘zining facebokdagi sahifasida bildirishicha, 2014 yili AQSh vatandoshligini olgan asli qashqadaryolik Zokir Aliev AQShda xalqaro ...
11 aprel 2021
Prezident Shavkat Mirziyoev o‘zining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Qosimovni ishdan “sharmanda qilib” haydadi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...