Rahimjon Raxmat: Alkashlik
Bir xil alkashlar aroqqa to‘ygach, hovlidagi so‘ri yoki ayvonda kelini, qizi ko‘zi o‘ngida bitta yupqa ishtoncha – trusida uxlaydi, uxlayotib oyoqlarini yirib ag‘dariladi, shunda uyat joylari ko‘rinib qoladi. Uyqusida “jonim” deb, allaqanday ayolga erotik so‘zlar aytadi. Hovlidagilarning bari uyalganidan bir-birlariga qarayolmaydi, yerga qaraydi.
Ba'zi cho‘chqasifat alkashlar ovqat qoldiqlari, yuviqsiz idish-tovoqlar, non bo‘laklari tartibsiz sochilib yotgan dasturxon ustida uxlaydi.
Gomiklikka moyil alkashlar kayfi oshib qolsa, bir-birining betiga manqasini ishqab o‘pishadi. Hatto bir-birining avratiga qo‘l yuboradi.
Ayrim alkashlar o‘rta ko‘chaga chiqvolib, duch kelganga bema'ni so‘zlar aytib, hammaning asabini buzadi.
Aroqning ta'sirida yarim kechasi mahalladagi beva xotinning uyiga kirib boradiganlari ham bor…
Yoshroq alkashlar aroqqa to‘ygach, moshinaga minib shahardagi fohishalar ko‘p yashaydigan massivga jo‘naydi. Devor yoki daraxt tagiga qayt qilib, keyin o‘sha iflosini ustiga yotib uxlaydigan alkashlarniyam ko‘p ko‘rganman.
Ichgan arog‘ini gapirib maqtanadigan alkashlar ham yetarli. Odatda ichib duch kelgan joyda uxlaydigan alkashlar qaytib uyg‘onmaydi. Ichib, uyiga velosipedda qaytayotgan alkashni moshina bosib ketadi.
Men bilgan alkashlarning bari sharmandali o‘lim topgan.
Alkashlik – eng rasvo, sharmandali, aytishga til bormaydigan jinoyatlarga yo‘l ochadigan illatdir.
Yozuvchi Rahimjon Rahmat sahifasidan