Ko‘zqarash
6 may 2024

Shilqimlik! Hamma jim qarab turdi…

Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. Shu payt mening orqamdan kimdir qattiq ushladi. Shu zahoti o‘grilib qaradim, orqamda bir yosh yigit teskari o‘grilib qo‘llarini cho‘zgancha turardi. Shoshib qoldim, lekin yonimda o‘smir yigitlar ham ketayotgandi – bu voqeani ko‘rib bizning yonimizda o‘ting deb taklif qilishdi. Bunga javoban meni ushlagan odam avtobusdan tushsin, guvohlarim bor dedim. O‘smirlar bo‘yin tovlab boshlashdi.

Menga tegajoqlik qilgan yigit esa hech narsa qilmagandek, unga hech narsa bo‘lmasligini bilib bezrayib turaverdi. Unga «nega qo‘lingni yugurtirasan, hoziroq avtobusdan tush», dedim. Avtobus oldida o‘tirgan, voqeani umuman ko‘rmagan yoshi katta kishi tuxmat qilyapsan, bu yaxshi talaba yigitga o‘xshaydi deb oraga tushdi.

Shilqimga jon kirib dadillashdi «sen qachon avtobusdan tushasan, men bozorgacha boraman, baribir tushib qolmayman» dedi.

Oxiri men… yig‘lab avtobusdan tushib ketdim. Bu bezbetlar nega shundayligini tushunolmayman. Biror ayol mening yonimni olmadi, biror erkak meni himoya qilmadi. Hamma jim qarab turdi.

Kirpi kundaligi

Tag‘in o‘qing
26 mart 2020
«Vaqt mashinasi» rukni ostidagi bugungi hikoyamiz Rossiya istibdodi ostidagi Turkistonda ijtimoiy tanglik hukmron bo‘lgan davr – o‘tgan asr boshlarida ...
7 may 2021
Rassom Kirpi
1 iyun 2016
25 may kuni Toshkentda 15 yashar bola boshqargan Nexianing militsiya mashinasiga urilishi oqibatida bir ichki ishlar xodimining halok bo‘ldi. ...
27 fevral 2017
Oldingi dayjestlarimizda bir necha bor O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tgan elektron ommaviy axborot vositalarida uyg‘onish epkini esayotgani, ular avval umuman ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...