Ko‘zqarash
10 oktyabr 2024

Cekulyar davlat ko‘zini shamg‘alat qilish

Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv o‘quvchilar bu tuxmat deb ayuhannos soldi. Yana shuncha obunachilar maktabdagi gender ayirmachiligi rost ekanini tasdiqladi.

Kishilar o‘ziga yoqmagan, rost ma'lumotga nisbatan “bu tuhmat”, “buyurtma” va boshqa asossiz haqoratlar yog‘dirishi tabiiy himoya mexanizmi. Biroq vaziyatga sovuq qarab, “Yukaslish”ning ijtimoiy tarmoqdagi faoliyatini kuzatsak maktabda ta'limga diniy tus berilishini ko‘ramiz. Bu yondashuv hatto reklamalarda, o‘qituvchilarning tashqi ko‘rinishida yaqqol aks etadi.

Reklamalarda asosan erkak jamoa e'tibor markazida. Qiz bola o‘quvchilar esa maktabda pishiriq sotish chellenjini uyushtiradi. Urg‘u faqat shakl-shamoyil, tashqi ko‘rinishga berilgan.

Psevdo-psixologlar, motivatorlar sahnasiga aylangan “Yuksalish” maktabi Milliy gvardiya bilan aloqalar o‘rnatdi. Gender separatizm, ta'limga yuzaki motivatsiya va tashqi ko‘rinish prizmasidan qarovchi Muhammadali Eshonqulov qo‘mondon o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov bilan uchrashdi. Direktor nazarida uchrashuv “Yuksalish” legitim, sekulyar maktab deyish uchun asos bo‘ladi.

Muhammadali Eshonqulov Milliy armiya qo‘mondoni bilan ham uchrashishi mumkin. Istasa DXX raisi bilan birga suratga tushsin. Bu haqiqatni aslo o‘zgartirmaydi – “Yuksalish” gender ayirmachiligiga asoslangan, passiv din targ‘ibotchilarini to‘plagan maktabligicha qolaveradi.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
29 aprel 2020
Andijon viloyatining Andijon tumanida uchastka nozirlari va mahalla faollari yangi tuzilgan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobiga aholidan uyma-uy yurib ...
29 yanvar 2019
Marhum prezident Islom Karimovning suyangani uni salkam payg‘ambar o‘rnida ko‘rgan yoshlar va qariyalar edi. U bir parcha non uchun ...
1 avgust 2018
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi qaroriga asosan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi statsionar davolanish va profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil ...
18 mart 2017
Keyingi 2 oy mobaynida Andijon shahrida oltita pichoqbozlik qayd qilingan. Andijon shahar Ichki Ishlar boshqarmasining o‘tgan payshanba maxalliy nashrlarga ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...