Ko‘zqarash
25 sentyabr 2015

«Yurtboshiga rahmat, tinchligimizni saqlab turibdi…»

– Dunyoda ikki yuzdan oshiq davlat bor, deyarli barchasida tinchlik, sanoqli davlatlardagina ma'lum sabablarga ko‘ra notinchlik xolos. Yurtimiz yuz yillar davomida tinch, Xudoga shukur. Bunga asosiy sabablardan biri yurtimiz aholisi tinchlikparvar va mehnatsevarligida.
– Endi katta davlatni shunchalik boshqarib turishi ham katta gap. Davlat ham bir oila kabi, davlat rahbari esa oilaning otasidir.
– Mana sizga bir misol, o‘zingiz aytgandek bir oilaning bolalari qo‘shnilarinikida qorin to‘ydirib yursa, oilani yaxshi boshqara olmayotgan kattasi bo‘lmish otaga isnod emasmi?
– Endi shuncha odamni boshqarishni o‘zi bo‘lmaydi-da.
– Eplay olmasa o‘rnini bo‘shatib qo‘ysin, boshqara oladigan inson o‘tirsin kursiga.
– Eplayapti, hamma ayb atrofidagilarda, saylab qo‘ygan hokimlari uchun u odam javob bermaydi-ku axir?!
– Iya, unda u kishimning vazifalari nimadan iborat? O‘zining qo‘l ostidagilarni nazorat qila olmasa, qanday qilib butun boshli davlatni boshqaradi?
– Mana asta-sekin o‘zgarishlar bo‘layapti-ku, hali hammasi yaxshi bo‘lib ketadi. Mustaqil bo‘lganimizga endigina yigirma besh yil bo‘ldi xolos.
– Mana sizga bir misol, qo‘shni Qozog‘iston ham biz bilan teng mustaqil bo‘lgan, rivojlanishda bizdan qanchalik ilgarilab ketganini bilasizmi? Fuqarolari bizga o‘xshab xorijda sarson bo‘lib yurgani yo‘q.
– Qozog‘iston bunga misol bo‘la olmaydi. Qozog‘istonning yeri ko‘p, keyin aholisi ham biznikidan oz.
– Yaxshi, unda sizga boshqa misol, Yaponiya aholisi bizdan to‘rt marta ko‘p, yeri esa biznikidan ancha kichik, yer osti qazilma boyliklari ham yo‘q hisobi. Keling unda Yaponiya bilan solishtiramiz, yoki Janubiy Koreya bilan…
– Xo‘p, maqsadga o‘ting, nima demoqchisiz o‘zi?
– Aytmoqchiman-ki, dunyoda ikki yuzdan ortiq davlat bor, ularni esa bizning yurtboshi boshqarmaydi, shunday bo‘lsa ham hamma joyda tinchlik, hamma joyda farovonlik hukmron. Demak, bizning yurtboshi bo‘lmasa ham tinchlik bo‘laverar ekan, bizning yurtboshi bo‘lmasa ham kimdir chiqib xalqini boshqaraverar ekan. Mana chorak asrdan beri bu kishimga imkoniyat berdik, hech narsani uddalay olmadi, o‘rnini bo‘shatib qo‘yish fursati kelmadimikan?
– Xabaringiz bo‘lmadimi, dollarning kursi qancha bo‘libdi?
– Nima dedingiz???

(texnik nokaut)

Akmal Nabiev,
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 aprel 2019
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda surunkali yoqqan yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan sellar natijasida odamlar qurbon bo‘lgani to‘g‘risida xalq orasida turli gaplar ...
19 may 2017
18 may kuni Navalniyga tupurganini bildirgan Alisher Usmonov videosi ijtimoiy tarmoqda tezgina ovoza bo‘ldi. Siyosatchi va bloger Navalniyni sudga ...
13 may 2022
2005 yilning 13 mayida O‘zbekiston hukumati harbiylari tomonidan Andijonning Bobur maydonidagi begunoh odamlar otilgandi… O‘sha kuni saharda Andijonda qo‘zg‘olonchilar ...
17 aprel 2018
Cinov tariqasida taqdim etilayotgan, 15 aprelda suratlari paydo bo‘lgan maktab formasi ijtimoiy tarmoqda bahslarni keltirib chiqarmoqda. «Sharq liboslari» dizaynerlik ...
Bloglar
3 noyabr 2022
1906 yilning 3 noyabrida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tgan Xalqaro radiotelegrafiya anjumanida SOS signali halokatni bildiruvchi ...
1 noyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 11-qismi Turk birligi g‘oyasi va ...
25 oktyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 10-qismida muxbir undan o‘z ota-bobolari ...