Toliblardan qo‘rqqan Karimov Afg‘oniston chegarasidagi Termizga kelmoqdami?
Bugun Termiz shahrida soat 10-30 atrofida, vaxima Prezident Islom Karimov kelyapdi deb, toliblardan qo‘rqqan IIB xodimlari butun Termiz shahrini yo‘llarini «Blokirovat» qilib, katta-katta mashinalar bilan yo‘lni to‘sib qo‘yishdi.
Xozirgacha ochilgani yo‘q. Shaharning asasan At-Termiziy ko‘chasi va qolgan markaziy yo‘llarda odamlarni, xatto piedalarni yurishga qo‘yishmayapdi.
Tadbirkorlarning do‘konlarini va restoran hamda oshxonalarni mijozlarini ko‘chaga xaydab yuborib savdo-sotiq qilishlariga yo‘l qo‘yishmayapdi. Tushlik vaqtiga tayyorlangan osh, somsa va hakozalarni sota olmayapdilar. Oshxona va do‘konlar ishchilarini ichkariga qamab, eshikni oldida IIB xodimlari turib olib xatto hojatga chiqishga ruxsat berishmayapdi. Tadbirkorlar qachon chiqamiz deyishsa, soat 18-00 larda qo‘yib yuboramiz deyishmoqda.
Ko‘chada hatto qush xam uchmayapdi. Dukonlarni va oshxona shitlaridan tortib tandir o‘choqlarigacha, ariqlar, ko‘prikchalarning tagigacha IIB xodimlari nimanidir axtarib yurishibdi.
Termizlik blogger,
www.eltuz.com