Ko‘zqarash
3 oktyabr 2015

«Hamma yantoq terimga!»

Kecha bozorga borgandim digin, katta rovotni bekitib Istam isvarkachi isvarka qip tashapti, katta binolardi tepasiga «Barcha yantoq terimiga», «Yantoq bizning g‘ururimiz, faxrimiz, boyligimiz» digan shiyorlar yopishtirip tashabti.

Odamlaram kam, iyag‘ini so‘raseng milisalardiyam yantoq terimiga opketishipti. Bir payt qizig‘ bo‘ldi, anovi eri yo‘g‘ ayollar yasheydigon domdi yonidan o‘tyatsam Uliq uchaskavoy uvazigida kepposa bo‘lami. Men o‘ylappan yana birarta bechara adaship domga keppogan bo‘sa shantaj qilishsa kerag dep.

Yo‘g‘, unaqamasakan, Uliq bilan yana bitta milisa birpasda domdagi ayollardi dod-voyiga qaramay o‘ntachasini uvazigdi orqasiga bosip op ketti, birekta ayollar pana pasqamda yashinip qop ketishti, kiyin sekin gapiga qulag‘ sosam, umrida qo‘lini sovug‘ suvga urmagan oqbilagoyimlardi ashi ketishta yantoq hasharga olip ketishipti.

Ha, hukumattiyam kallasi ishleydi omalekigin , o‘zi kiyingi paytta odamlar yantoq terimidan rasa bezillappogandida . Hich kim terimga chiqmey, planlar to‘lmey prakurordan so‘kish eshito‘rip permerlardi ko‘zini qorachig‘i bitta tomonga o‘tippolodida. Mana endi shiraga yapishkan pashshaga o‘xshap ko‘chadegi bekarchilaram yantoq bahona diydor g‘animat dip talani bir chekkasiga kapa tikishadi.
Ashi ketishta ketyaptursam digin ekta jarchi manag‘ dip baqirip yotipti:

  • Odamlar-u odamlar,
    G‘animatdir bu damlar,
    Hamma yantoq terimga,
    Bosib katta qadamlar.

Yantoqchilik g‘oyamiz,
Biz yantoqni suyamiz,
Kim yantoqqa tosh otsa
Ko‘zlarini o‘yamiz.

Yantoq kerak davlatga,
Biz tayyormiz xizmatga.
Yantoq terim biz uchun,
Aylangan urf-odatga.

Yantoq bizga siyosat,
Yantoq bizga baxt-omad.
Yantoq sotib fermerlar,
Qilar katta daromad.

Odamlar-ey odamlar,
Janoblar-u madamlar.
Eshitmadim demanglar,
So‘ng baloga qolmanglar.

Yo‘lvoshidan buyruq bor:
Dalaga chiq, yantoq ter!
Kim so‘zimga kirmasa,
Jazolasin prokuror!
Mashnaqa gaplar, mayli bolam, menam tezrag‘ talaga borey, pochtachi pensani yantoqzorda tarqatyaptiykan, qog‘anini kiyin gaplashamiz.

Akmal Nabiev,
Eltuz blogeri

Tag‘in o‘qing
16 may 2022
Assalomu alaykum Tuz og‘a, sizga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan murojaat qilyapmiz. Hech kimga sir emas, uch-to‘rt kundan keyin mahalla ...
19 dekabr 2016
Bosh vazir Abdulla Aripov yetakchiligidagi komissiya «Xalq qabulxonalari»ni ochishi lozimligi aytiladi prezident Mirziyoevning farmoyishida. Karimov an'analari ortidan borayotgan Mirziyoev ...
5 fevral 2020
Xitoyning Uxan shahridan uchgan Uzbekistan Airways aviashirkati uchog‘ida kelgan 84 nafar yo‘lovchi 5 fevral kuni Toshkent aeroportida himoya vositalari ...
10 yanvar 2017
Reina tungi klubini qonga belagan va 39 kishini qatl qilgan xujumchiga qatl buyrug‘ini berganlikda gumonlangan Ilyos Mamasharipov qo‘lga olindi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...