Ko‘zqarash
11 oktyabr 2015

Biz o‘zgarishlarni istaymizmi?

O‘zbekistonda dunyoviy, demokratik, savodli, ziyoli muxolifatning yo‘q qilinishi, kelajakda qo‘zg‘olonlar bo‘lgan taqdirda hukumat bilan dialog qilishga zarracha umid qoldirmadi.

Beqarorliklar muqarrar, chunki vaziyatning barcha “inqilobiy” alomatlari: iqtisodiy taranglik, ijtimoiy tanglik, siyosiy bo‘hron, islohotlar ehtiyoji, hukumatning vaziyatni o‘nglolmay faqat gaykalarni qotirishdan nari o‘tolmayotganida yaqqol ko‘rinib turibdi.

Umuman, mamlakatni inqilobga yetaklovchi klassik vaziyat yaraldi – «Yuqoridagilar eplolmaydi, quyidagilar istamaydi». Yuzaga kelgan holatni inkor etish va “sezmaslikka olish”ga qancha urinishmasin, real haqiqat ayon. Jamiyatning ommaviy degradatsiyasi, ta'lim tizimining tanazzuli, o‘rtacha statistik aholining savodi nochorligi ko‘rinib turibdi.

O‘zimizni aldash na hojat. Bu — radikal bir “voiz” ta'siriga berilish uchun bosh qadam. Keyin esa, iqtisodiy unsur, munosib haq to‘lanadigan ishning yo‘qligi, sanoat va qishloq xo‘jalik sohasidagi byurokratik-korruptsion to‘siqlar, hususiy biznesga bo‘lgan bosimlar, reyderlik bosqinlari, soliqning og‘ir yuki va hokazolar keladi. Buning bari, fuqarolarning mamlakat tashqarisiga mehnat migratsiyasiga chiqib ketishiga olib keladi.

Aksariyat baxt izlovchilar Rossiyaning olis o‘lkalariga intilishadi. Biroq u yerlarda ham ahvol binoyidekmas: iqtisodiy inqiroz va RF migratsiya qonunlarining keskinligi muhojir jamiyatning ancha qismini tag‘in, o‘z bolalariga “bir burda non topish” imkoni bo‘lmagan yurtlariga qaytishga majbur etadi.

Yopiq doira hosil bo‘ldi… O‘zbekistonning chekka maktablarda o‘qib, oddiy bilimlardan savodi to‘kis bo‘lmagan bola faqirning machitga borib mullaning nasihatini tinglashdan boshqa chorasi qolmaydi. Biroq shu yerda ham hukmatimiz paydo bo‘ladi va unga dinga amal qilishni taqiqlay boshlaydi. Xo‘sh, bu chalasavod va nohaqlikdan ahvoli tang bu odam nima qilishi kerak? U nima haqda o‘ylashi kerak?

Ziyoli muxolifatni yanchib tashlash mumkin, u kuch ishlatmaydi va qo‘n to‘kmaydi, u hamisha dialoglarga hozir va hech qachon faol qarshilik ko‘rsatishga tayyor emas. Biroq radikal muxolifatni kuch usullari bilan yanchib tashlash mumkin emas. Agar bittasini turmaga qamasang, u yerda u o‘z tashviqotini yuritadi va ozodlikka tag‘in o‘nlab radikallar chiqadi. Agar uni o‘ldirishsa, uni e'tiqod qurboni deya e'lon qilishadi, yaqinlari va do‘stlari uning ortidan ergashadi. Yoki uni mamlakatdan surgun qilishadi, u esa atrofida tag‘in o‘zi kabi yuzlab alamzada va chalasavodlarni yig‘adi…

Shu tariqa «gaykalarni qotirish» siyosati muhtamal ziddiyat o‘choqlarining geometrik progressiv o‘sishiga olib keladi. Bunga qarshi faqat ma'rifat, o‘ylangan va halol iqtisodiy siyosat, ijtimoiy adolat bilan qarshi turish mumkin. Taassufki, O‘zbekiston hukumatining iddaolari o‘zgacha.

Bugungi kunda uning harakatlari radikalizm rivoji manbai va katalizatoriga aylangan, boz ustiga ustivor shaklda — aynan diniy yo‘nalishda. Bu na jamiyatga, na hukumatning o‘ziga hech bir hosiyat olib kelmaydi. Rejim himoyachilari yorqin misol sifatida Suriya va Iroq, Afg‘oniston va Somalidagi voqealariga ishora qilishadi.

Biroq ayni mamlakatlarning shu qadar fojiali alfozga tushishlariga to‘liq mas'uliyat hokimiyat tepasida “boqimanda” bo‘lib uzoq qolib ketgan kasofatli hukmdorlari yelkasidadir! Zotan o‘z fuqarolariga, konstitutsiya, ijtimoiy adolatga ayni munosabat boshboshdoqlikning tug‘ilishiga bosh sababdir. Biz butun O‘zbekiston, shuningdek Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari hamjamiyati, ularning haqsiz fuqarolar uchun o‘z tarixlaridagi so‘nggi 25 yil ichida yuz bergan voqealarga razm solish vaqti keldi deb hisoblaymiz.

Qanot Odil, Said Safarov,
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 aprel 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qirg‘izistonga tashrifi paytida unga suiqasd qilishda ayblanib, 15 yilga qamalgan 30 yashar Dostonbekning otasi Xursandbek ...
31 mart 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
3 iyul 2020
Yomg‘irdan qutulib, do‘lga tutilishmi? O‘zbekiston paxta sektorini xususiylashtirish jarayonidagi xatarlar Power Briefs turkumining O‘zbekistondagi paxta sektorini xususiylashtirish jarayonida asosiy ...
10 fevral 2024
Aksilkorrupsiya xizmatining 43 yoshdagi general-leytenanti O‘ljas Bektenovning Qozog‘iston bosh vaziri etib tayinlanishi, shubhasiz, uning postsovet tarixidagi muhim voqeadir, deya ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...