Asosiy mavzular
27 mart 2019

27 mart – Gagarin halok bo‘lgan kun

Ilk bor fazoni zabt etgan sovet kosmonavti Yuriy Gagarin va Seryoginning UTI MiG-15 uchog‘i, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1968 yilning 27 martida kunduzgi soat 10:31da Vladimir viloyatining Kirjach shahridan 18 km uzoqlikdagi Novoselovo hududida qulab tushgan.

Voqea guvohi bo‘lgan Valentin Surkov bunday deydi: «1968 yilda men Podolsk elektromexanika zavodida ishlardim. Chilangar bo‘lishimga qaramay, havo hujumidan mudofaa samolyotini boshqaruvchisiga nisbatan yomon bilmasdim. Fojea arafasida meni Moskvadan uzoq bo‘lmagan Dubrovo harbiy qismiga xizmat safari bilan jo‘natishdi. 27 mart kuni soat 8.30 da ofitserlar yotoqxonasidan chiqib, qo‘shni o‘rmondagi aloqa bo‘limini ta'mirlash uchun jo‘nadim. U yerga yayov 20-25 daqiqa ichida yetib olsa bo‘lardi.

rasm1025

Havo quyoshli, osmonda bulut ko‘rinmasdi. Soat 8.45 da butunlay tasodifiy holga guvoh bo‘ldim. Stromin shaharchasi yo‘lida quyoshga yaqin joyda allaqanday yarq etgan chaqnashni ko‘rdim. Qarab turdim: asta-sekin shu tomondan samolyot ko‘rina boshladi. Ha, jin ursin, axir bu uchish uchun taqiqlangan hudud-ku, deb ham o‘yladim. Chunki bu joyda maxfiy ob'ektlar xuddi bochkaga solingan seld balig‘idek sir tutilar edi. Keyin tushundimki, bu samolyotda qandaydir nosozlik yuz bergan. Fikrimcha, dvigateli ishdan chiqqan edi.

Uchoq arvohga o‘xshab, shimoli-sharqqa tomon 8 metr balandlikda 300 km tezlik bilan uchib o‘tdi. Xotiramga ko‘ra (aniq eslayman), sirli bu samolyot 40-43 darajaga pasayib borardi.

Uchishini 30 yoki 40 soniya kuzatdim. So‘ng UTI MiG-15 samolyoti ufqqa singib ketdi. Soat roppa-rosa 9.00 da ishga kelib, navbatchi mayorga ko‘rgan voqealarimni aytganimda, u ham xavotirga tushdi va tez orada qaergadir ma'lum qildi. Apparaturalarni tekshirib, yana yotoqxonaga qaytdim. Soat 10.00 da 3 ta qidiruv vertolyotining uchib o‘tganini payqadim.

Ular yerdan 50 metr balandlikda maydonni ko‘zdan kechirar edi. G‘alati kun bo‘ldi — taqiqlangan hududda hali samolyot, hali vertolyot uchardi. Keyin esa bu Gagarin va Seryogin Chkalov aerodromidan ko‘tarilgan samolyot ekanligini bildim.

Bu voqealar shu bilan tugab qolmadi, soat 11.00 da garnizon oyoqqa turdi, ikkita «Zil» mashinani askarga to‘ldirib qayoqqadir olib ketishdi. Kun yarmiga kelib radiodan «Gagarin halok bo‘ldi», degan xabar yangradi.

Gagarin samolyoti Melja daryosi bilan torf botqog‘i oralig‘ida qulab tushdi. Voqea sodir bo‘lgan punkt yaqinidagi Krutets shaharchasining Ryazants qishlog‘i aholisi voqeadan hayratga tushishdi. Halokat joyida paydo bo‘lgan chuqurlik tezda botqoq suvga to‘ldi.

Botqoq chekkasida o‘sayotgan daraxtlarda alyumin parchalari bargga o‘xshab osilib qoldi. Portlash bo‘lmadi — bo‘lsa men eshitar edim. Samolyot shunchaki daraxtga urilib parchalanib ketdi.

Keyin ma'lum bo‘ldiki, samolyot Chkalovdan Elektrostal shahrigacha uchishi, so‘ng Gorkiy shossesi yoqalab borishi kerak edi. Men haligacha tushunolmayman — Elektrostalda nima bo‘ldi, samolyot nima uchun taqiqlangan hududdan uchib o‘tdi.

Taxminimcha, men samolyotni ko‘rgan vaqtda ham Gagarin va Seryogin tirik emasdi. Tirik bo‘lganda, ular samolyotni bemalol yerga qo‘ndira olmasmidi, mashinani to‘g‘rilashga urinmasmidi yoki katapulta qilolmas edimi? Menga yana bitta savol tinchlik bermaydi. Qanday maqsadda uzoq vaqt davomida bizga birinchi raqamli kosmonavt haqida yolg‘on ma'lumot berishgan? Axir Novoselovoda hozir ham halokat qoldiqlari mavjud-ku…».

Yuriy Gagarin o‘limidan oldingi 19 daqiqa…

Ilk fazogir o‘limidan keyin sayyoraning birinchi raqamli kosmonavti qanday halok bo‘lganligi bilan bog‘liq bir qancha taxminlar urchidi.

Bu sirli jumboq yuzasidan quyidagi ma'lumotlar ham bor:

«1968 yil 27 mart, chorshanba.

Gagarinning kun tartibi ertalabdan kechgacha belgilab qo‘yilgan edi. Shu kuni u 3 marta havoga ko‘tarilishi, birinchi marta polk komandiri bilan, xullas, u uchish dasturini albatta bajarishi kerak edi. Ammo Gagarin tashvishda, chunki xotini kasalxonada edi. Yo‘l-yo‘lakay uning yoniga kirdi, keyin general Kuznetsov bilan aerodromga jo‘nadi. Yetib kelgach, yon-atrofga boshqacha nazar bilan razm soldi. Birinchi navbatda vrach ko‘rigidan o‘tdi, muhandis oldiga borib qismning «texnik tayyorgarligi»ni ko‘zdan kechirdi. Sinoptiklar ma'lumotlarini olgach, kabinaga chiqdi. Seryogin ham ishdan bo‘shamagani sababli Chkalov garnizoni boshlig‘i uchishga ruxsat bermagan edi. Transport samolyotining sinovlari anchaga cho‘zildi. Nihoyat Seryogin kabinaga chiqdi.

10.12 da samolyot yerdan ko‘tarildi. Gagarin va Seryogin halokatiga 19 daqiqa qoldi. 5 minutdan so‘ng Gagarin uchish boshqaruvchisiga ma'lumot berdi:
— 625-chi, maydonni band qildim. Balandlik — to‘rt!
— 625-chi, buyruqni bajaring! — buyurdi parvoz boshqaruvchisi.
Belgilangan rejani bajarish uchun hammasi bo‘lib 20 daqiqa kerak edi. Balki 23-25 daqiqa…
Lekin 5 daqiqadan so‘ng Gagarin yerga ma'lum qildi:
— Maydondagi topshiriqni bajardim.

U hushyor bo‘lish o‘rniga vaqtdan tig‘iz foydalanardi. Kabinada turgan polk komandiri topshiriqni o‘zgartirish huquqiga ham ega edi. Shu sabab yerga xabar bermasa ham bo‘laverardi. Parvoz boshqaruvchisi hech narsa so‘ramay qo‘ydi.

Seryogin biror marotaba ham aloqaga chiqmadi. 10.30 da Gagarin va Seryoginning ikki kishilik UTI MiG-15 samolyoti yer bilan aloqani uzdi. Aynan soat 10.30 da kosmonavtning qo‘l soati ham to‘xtab qoldi. Xuddi hayotiga ham nuqta qo‘yilgandek.

Fojea sodir bo‘lgan joyda harbiy qutqaruvchi guruhlar paydo bo‘ldi. Atrofdan kuchli kerosin hidi anqib turardi. Samolyot qanotlarini kesib tashlagan ikkita qayin daraxti shoxlarida Gagarin kurtkasi bo‘laklari osilib turardi. Hamma yoqda samolyot parchalari sochilgan, tor yo‘lakda pastki jag‘ tishlari yotardi…».

Hozirgacha birinchi kosmonavtning qanday halok bo‘lganini hech kim aniq ayta olmaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 avgust 2017
Mug‘anniy (G‘anijon Holmatov) 1949 yil O‘sh shahrida tug‘ilgan. Toshkent Teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Shoir 2014 yilning 9 iyunida ...
1 sentyabr 2015
Ya'ni¸ javobni aniqlashtirsak qadimiy haykalni o‘zbek jangarilari Tolibon siyosiy irodasiga ko‘ra vayron qilishdi. Bu men uchun yangilik bo‘lgan yo‘q ...
26 oktyabr 2021
Yuliy Yusupov, iqtisodchi, Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori (O‘zbekiston)  Sovet latifasi: 1917 yilda dekabristning nabirasi ko‘chadagi shovqinni eshitib, xizmatkorini nima ...
5 avgust 2016
O‘zbekiston MXX raisi 72 yashar general Rustam Inoyatov 1995 yildan beri respublikani kuchli nazorat ostida tutib keladi¸ Rassom Tuz ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...